tuziladigan buxgalteriya provodkalari
(1) Mazkur byudjetga kelib tushgan soliqlar, yig`imlar va boshqa daromadlar
summasiga g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 010 - «Respublika byudjeti mablag`lari» subschyoti yoki
Debet 011 - «Mahalliy byudjet mablag`lari» subschyoti;
Kredit 040 - « Byudjetlar daromadlari» subschyoti.
(2) Mazkur byudjetga bir tur daromadlar bo`yicha
ortiqcha kelib tushgan
daromad summasi boshqa tur daromadlar bo`yicha to`lanmay qolgan qarzni
qoplashga o`tkazilgan bu o`tkazilgan summaga g`aznachilik
organlarida
quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 040 - « Byudjetlar daromadlari» subschyoti;
Kredit 040 - « Byudjetlar daromadlari» subschyoti.
(3) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan tushumlar muayYan
byudjetning daromadiga o`tkazilganda bu o`tkazilgan summaga g`aznachilik
organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 041 - «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 040 - « Byudjetlar daromadlari» subschyoti.
(4) Mazkur byudjetga ortiqcha yoki noto`g`ri kelib tushgan mablag`lar
tegishli
Yuridik yoki jismoniy shaxslar qaytarilganda bu qaytarilgan summaga g`aznachilik
organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 040 - «Byudjetlar daromadlari» subschyoti;
Kredit 010 - «Respublika byudjeti mablag`lari» subschyoti yoki
Kredit 011 - «Mahalliy byudjet mablag`lari» subschyoti.
(5) Hisobot davrida mazkur byudjetga kelib tushgan daromadlar summasi
«Byudjetlar ijrosi natijalari» subschyotiga o`tkazilganda bu o`tkazilgan daromadlar
summasiga g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 040 - «Byudjetlar daromadlari» subschyoti;
Kredit 090 – «Byudjetlar ijrosi natijalari» subschyoti.