3-Mavzu : Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi



Yüklə 278,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix16.12.2023
ölçüsü278,91 Kb.
#181983
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
3-ма\'ruza



3-Mavzu
:
 Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi 
Reja: 
3.1.Davlat byudjeti daromadlari hisobining vazifalari.
3.2.G‘azna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlari hisobini tashkil etishning 
о‘ziga xos xususiyatlari.
3.3.G‘azna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlarining kassa ijrosi hisobi.
3.4.G‘azna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlarini buxgalteriya hisobi 
hisobvaraqlari va hisob registrlarida aks ettirish. 
3. 5.Moliya organlarida shu jumladan g‘aznachilik va uning hududiy bо‘limlarida 
Davlat byudjeti daromadlari hisobining hususiyatlari. 
 
3.1.Davlat byudjeti daromadlari hisobining vazifalari.
Davlat byudjeti quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
1)
respublika byudjeti; 
2) Qoraqalpog`iston Respublikasining byudjeti va mahalliy byudjetlar. 
Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari ham jamlanadi. 
 
Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog`iston Respublikasining 
respublika byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog`iston) bo`ysunuvchi tumanlar 
va shaharlar byudjetlarini o`z ichiga oladi. 
ViloYatning byudjeti viloYat byudjetini, viloYat tarkibiga kiruvchi tumanlar 
va shaharlar byudjetlarini o`z ichiga oladi. 
Tumanlarga bo`linadigan shahar byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga 
kiruvchi tumanlar byudjetlarini o`z ichiga oladi. 
Tumanga bo`ysunadigan shaharlari bo`lgan tumanning byudjeti tuman 
byudjeti va tuman tarkibiga kiruvchi shaharlar byudjetlarini o`z ichiga oladi. 
Demak, O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti o`z ichiga respublika 
byudjeti, Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni oladi. 
Bundan tashqari Davlat byudjeti tarkibida Respublika yo`l fondi, O`zbekiston 
Respublikasi Davlat mulki qo`mitasining maxsus hisobvarag`i, Ish bilan 
ta’minlashga ko`maklashuvchi davlat fondi, maktab ta’lim fondi hamda 
O`zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi mablag`lari 
jamlanadi. 
G`azna hisobvaraqlariga kelib tushayotgan byudjetlarning daromadlari hisobi 
har bir daromad turi bo`yicha tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida Yuritiladi. 
G`azna hisobvaraqlariga kelib tushayotgan byudjetlarning daromadlari hisobi 
byudjet tasnifining bob va paragraflari bo`yicha Yuritiladi. 


Davlat byudjeti g`azna hisobvarag`idan ko`chirmani bank muassasasi 
g`aznachilik organiga har kuni jo`natadi. 
G`aznachilik organi bankning davlat byudjeti g`azna hisobvarag`idan olgan 
ko`chirmalarning to`g`riligini uning ma’lumotlarini unga ilova qilingan hujjatlar 
ma’lumotlari bilan solishtirish yo`li orqali tekshiradi. So`ng, daromad turlari 
bo`yicha hujjatlarni guruhlab, davlat byudjeti g`azna hisobvarag`iga tushgan 
daromadlar to`g`risida ma’lumotnomani tuzadi. Ma’lumotnoma har kuni tuziladi. 
Daromadlar unga byudjet tasnifining har bir bo`linmasi bo`yicha umumiy 
summalarda yoziladi. Ma’lumotnoma asosida memorial order tuziladi va sintetik 
hisob schyotlari bo`yicha «Bosh-jurnal» kitobiga va analitik hisobning schyotlari 
bo`yicha «Byudjet mablag`lari bo`yicha daromadlar va tushumlar hisobi» kitobiga 
(5-k–shakl) yoziladi.

Yüklə 278,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin