3-mavzu: analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja: Organizm faoliyatida sezgi organlarining roli



Yüklə 138,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix08.04.2022
ölçüsü138,97 Kb.
#54932
1   2   3   4   5   6
2 5363868124921730904

 

Ko‘rish analizatorlari 

Ko‘rish  analizatori  tashqi  dunyodagi  narsalarni  rangi,  shakli  haqida  tasavvur  hosil 

qilishimizga  yordam  beradi.  Ko‘zning  bevosita  ta’sirlovchisi  yorug‘lik    bo‘lib,  yorug‘lik  ko‘z 

retseptorlariga  ta’sir  etib  kuruv  sezgisini  hosil  qiladi.  Kuruv  organi  bolaning  11-12  yoshigacha 

rivojlanib boradi. 

Ko‘zning  tuzilishi.  Ko‘z  soqk,asi  va  uni  o‘rab  to‘rgan  apparatdan    tashkil  topgan.  Ko‘z 

soqkasi  sharga  o‘xshash    bo‘lib,  ko‘z  kosasida  joylashgan.  Ko‘z  soqkasining  devori  uch 

qavatdan: tashqi - oqsil parda (sklera), o‘rta - tomirli parda va ichki - tur pardadan iborat. Oqsil 

pardaning  rangi  oq  bo‘lib  uning  bir  qismi  ko‘rinib  turadi.  Skleraning  orqa  tomonidagi  qismi 

teshikdir,  kuruv  nervi  shu  erdan  o‘tadi.  Skleraning  oldingi  qismi  tinik,  qabarik  bo‘lib  shox 

pardani  hosil  qiladi.  Shox  pardada  qon  tomirlar  bo‘lmaydi.  Tashqi  pardaning  ichki  qismida 

tomirli  parda  bor.  Bu  pardada  kon  tomirlar  va  pigment  ko‘p.  Pigment  miqdori  har  xil  bo‘ladi. 

Tomirli parda oldingi rangdor o‘rta - kipriksimon tana va orqa xususiy tomirli qismiga bo‘linadi. 

Rangdor pardada radial va xalqa shaklidagi sillik muskullar joylashgan  bo‘lib, xalqa muskullari 

qisqarganda  ko‘z  qorachig‘i  torayadi,  radial  muskullar  qisqarganda  ko‘z  qorachig‘i  kengayadi. 

Rangdor pardaning o‘rtasi teshik bo‘lib o‘nga ko‘z qorachig‘i deyiladi.  Ko‘z soqkasining ichki 

pardasi  ya’ni  tur  parda  murakkab  tuzilgan  bo‘lib,  taraqqiy  etish  jihatidan  kuruv  nervi  bilan  bir 

butun  hisoblanadi.  Tur  parda  ko‘zning  butun  bo‘shlig‘ini  qoplab  turadi.  To‘r  pardaning 

                                                           

1Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa  Alemaya University  Yosief Tsige  Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, 

The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education  2003. 355-370 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.

 

 




retseptorlari bo‘lib, 130 mln. tayoqcha va 7 mln. kolbochka shaklidagi bir necha qavat hujayralar 

hisoblanadi.  

Ko‘z akkomodatsiyasi. Akkomodatsiya (ko‘zning moslanishi) bu ko‘zni turli uzoqlikdagi 

narsalarni aniq ajratish qobiliyatidan iboratdir.  

Yaqindan va uzoqdan ko‘rish  yaqindan va uzoqdan ko‘rish tug‘ma bo‘lishi shuningdek, 

hayot  davrida  ortirilishi  mumkin.  Normal  ko‘rishda  narsalarning  tasviri  to‘r  pardada  hosil 

bo‘ladi. Yaqindan ko‘rishda esa narsalarning tasviri to‘r pardaning oldida hosil bo‘ladi. Uzoqdan 

ko‘rish esa narsalarning tasviri to‘r pardaning orqasida hosil bo‘ladi. Yaqindan ko‘ruvchi kishilar 

narsalarni  ravshan  ko‘rishlari  uchun  ikki  tomoni  botik,  ko‘zoynak  taqishlari  kerak.  Uzoqdan 

ko‘radigan kishilarga esa ikki tomoni qavariq. ko‘zoinak taqish tavsiya etiladi. Bunday linzalar 

ko‘z gavharini qo‘shimcha ravishda nur to‘plash kuchini orttiradi. Keksa kishilarda  gavharning 

elastikligi va akkomodatsiyasi yo‘qoladi. Natijada ko‘z uzoqdan ko‘radigan  bo‘lib qoladi. 

To‘r  pardaning  yorug‘lik  ta’sirini  sezadigan  hujayralari  tayokchalar  bilan  kolbachalardan 

iborat. Tayokchalar to‘r pardaning chetlarida, kolbachalar esa markazida joylashgan bo‘ladi. 

Odamda ko‘z olmasi bir nechta manbaadan: yorug‘lik sezuvchi to‘r parda miya pufagining 

yon devoridan, ko‘z gavhari -ektodermadan, tomirli va fibroz pardalar - mezenximadan taraqqiy 

etadi

2



 

Homila  taraqqiyotining  2  oyi  boshlarida  birinchi  miya  pufagining  yon  devorida  bir  juft 

o‘simta  ko‘z  pufagi  paydo  bo‘ladi.  Uning  uchi  kengayib  ektodermaga  qarab  o‘sadi.  Miyaga 

qo‘shilgan  oyoqlari  torayib  ko‘ruv  nervini  hosil  qiladi.  Taraqqiyotning  keyingi  oylarida  ko‘z 

pufagining  oldingi  devori  ichkariga  botib  kirib  ikki  qavatli  ko‘z  jomini  hosil  qiladi.  Jomning 

tashqi  devori  keyinchalik  to‘r  pardaning  tashqi  pigmentli  qismiga,  ichki  devori  esa  yorug‘lik 

sezuvchi  qismiga  aylanadi.  Shu  davrda  ko‘z  jomi  oldida  turgan  ektoderma  avval  qalinlashadi, 

keyin unda gavhar chuqurchasi paydo bo‘lib, gavhar pufagiga aylanadi.  

 

Homila  hayotining  2  oyida  ko‘z  jomi  ichiga  mezenxima  hujayralari  o‘sib  kirib,  ko‘z 



jomining  ichki  tomonida  tomirli  pardani,  tashqi  tomonida  esa  fibroz  pardani  va  qon  tomirlar 

to‘rini hosil qiladi. Fibroz pardaning oldingi qismi rangsizlanib shox pardaga aylanadi. Homila 

hayotining 3 oyida ustki va pastki qovoqlar ektoderma burmalari holida paydo bo‘ladi. Ko‘zning 

biriktiruvchi to‘qimali pardasi (kon‘yunktiva) epiteliyasi ham ektodermadan taraqqiy etadi. Ko‘z 

yoshi  bezi  kon‘yunktiva  epiteliyasning  o‘simtalaridan  homila  hayotining  3  oyida  qovoqlarning 

tashqi qismida taraqqiy etadi. 

Yangi  tug‘ilgan  va  emizikli  bolalarda  ko‘z  olmasi  qini  yupqa,  ko‘z  kosasining  yog‘ 

tanachasi kam taraqqiy etgan bo‘ladi.Ustki va pastki qovoqlar (palpebra superior et inferior) ko‘z 

olmasini  old  tomondan  qoplab  turgan  teri  burmalaridir.  Ular  yopilgan  vaqtda  ko‘z  olmasini 

himoya  qiladi.  Ustki  qovoqni  peshona  bilan  chegarasida  ko‘ndalang  bolish  shaklidagi  tuklar 

bilan  qoplangan  qosh  (supercilum)  joylashgan.  Qovoqlarning  oldingi  yuzasi  (facies  anterior 

palpebrae)  qavariq  bo‘lib,  terisi  yupqa  va  nozik.  Ko‘z  olmasiga  qaragan  orqa  yuzasi  (facies 

posterior  palpebrae)  botiq  bo‘lib,  kon‘yunktiva  (tunica  conjunctiva)  bilan  qoplangan.  Ularning 

oldingi chekkasida 2-3 qator kipriklar (cilia) joylashadi. Orqa chekkasiga yaqin joyda meybomiy 

bezlarining  teshiklari  ochiladi.  Ustki  va  pastki  qovoqlarning  ichida  zichligi  tog‘aynikiga 

o‘xshagan    biriktiruvchi  to‘qimali  qatlam  ustki  va  pastki  qovoqlar  tog‘ayi  (tarsus  superior  et 

inferior),  ko‘z  kosasining  aylanma  mushagi,    qon  tomirlar  va  yuqori  qovoqni    ko‘taruvchi  

mushak  tutamlari  yotadi.  Ustki  va  pastki  qovoqlarning  chekkalari  ko‘ndalang  ko‘z  tirqishini 

(rima  palpebrarum)  chegaralaydi.  Ular  ichki  va  tashqi  tomonda  birikib,  qovoqlarning  ichki 

(commissura  medialis  palpebrarum)  va  tashqi  bitishmasini  (commissura  lateralis  palpebrarum) 

hosil  qiladi.  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqning  qovoq  tog‘aylari  yaxshi    rivojlangan  bo‘ladi.  Uning  

balandligi  katta  odamnikining  yarmiga    teng  bo‘lib,  5  yoshda  o‘zining  doimiy  o‘lchamini 

egallaydi.  Qovoqning  uzunligi  esa  18-19  mm.  Kipriklar  ingichka  va  kattalarga  nisbatan  ko‘p. 

Bola  tug‘ilganidan  keyin  uning  qovoqlari  yaxshi  ochilib,  yopilib  turadi.  Yangi  tug‘ilgan 

                                                           

2Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa  Alemaya University  Yosief Tsige  Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, 

The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education  2003. 355-430 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.

 



chaqaloqning  ko‘z  tirqishi  tor,  ichki  burchagi  buralgan  bo‘ladi.  Keyinchalik  ko‘z  tirqishi  tez 

kattalashadi. 

Ko‘ruv  o‘tkazuv  yo‘li  (tractus  opticus)  ko‘ruv  sezuvchi  va  ko‘ruv  reflektor  yo‘llarga 

bo‘linadi.Ko‘ruv  sezuvchi  yo‘l  to‘rt  neyrondan  iborat.  Uning  birinchi  neyroni  ko‘z  olmasi  to‘r 

pardasining    tayoqchalar    va  kolbachalardan  iborat.  Ularda  hosil  bo‘lgan  nerv  impul’si  to‘r 

pardadagi ko‘ruv sezuvchi yo’lning ikkinchi neyroni bipolyar hujayralarga, ulardan esa uchinchi 

neyronning  ganglioz  hujayralariga  o‘tadi.  Ganglioz  hujayralarning  o‘simtalari  ko‘ruv  nervini 

hosil  qiladi.  Hosil  bo‘lgan  ko‘ruv  nervi  o‘z  nomidagi  kanal  orqali  ko‘z  kosasidan  kalla 

bo‘shlig‘iga    kiradi.  Kalla  bo‘shlig‘ida  turk  egarining    oldingi  chekkasida  nerv  tolalari  qisman 

kesishib,  ko‘ruv  nervi  kesishmasini  (chiasma  opticum)  hosil  qiladi.  Kesishmada  o‘ng  va  chap 

ko‘zning  to‘r  pardasini  ichki  yarmidan  kelayotgan  tolalar    ishtirok  etadilar.  Ko‘zning  to‘r 

pardasini  tashqi  (chakka)  qismidan  kelayotgan  tolalar  esa  o‘z  tomonida  qoladi  va  kesishmada 

ishtirok etmaydi. Shuning uchun ko‘ruv nervi kesishmasidan  keyin hosil bo‘lgan ko‘ruv  trakti 

tarkibida o‘z tomonidagi ko‘zning  tashqi qismi tolalari va qarama-qarshi  tomonidagi ko‘zning  

ichki  qismi  tolalari  bo‘ladi.  Ko‘ruv  trakti  po‘stloq  osti    ko‘ruv  markazlari  bo‘lgan  tashqi 

tizzasimon  tana  va  ko‘ruv  bo‘rtig‘i  yostiqchasida  tugaydi.  Po‘stloq  osti    ko‘ruv  markazi 

hujayralari    aksonlaridan  hosil  bo‘lgan  to‘rtinchi  neyron  ichki  kapsulaning  orqa  oyoqchalari  

orqali  o‘tib,  bosh  miya  ensa  bo‘lagining  medial  yuzasida  pix  egati  (sulcus    calcarinus)  sohasi 

po‘stlog‘ida    joylashgan  ko‘ruv  markazida  tugaydi.  To‘r  pardaga  tushgan  tasvir  0,05  sek 

davomida ko‘ruv markaziga yetib boradi

3




Yüklə 138,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin