Eshitish analizatori
Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funksiyasini bajaradi, Eshitish
analizatori 3 qismga - tashqi, o‘rta va ichki qismga bo‘linadi. Tashqi quloq, quloq suprasi va
tashqi eshituv yo‘lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yunalishini bilishga xizmat
qiladi. Tashqi eshituv yo‘lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo‘li devorchalarida maxsus bezchalar
bo‘lib, ular yopishkoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan o‘rta quloq o‘rtasida 01 mm
qalinlikdagi nog‘ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo‘lib elastikdir. Nog‘ora parda
havo to‘lqinlarining ta’sirida tebranib, bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida o‘rta
quloqka o‘tkaziladi. O‘rta quloq nog‘ora bo‘shlig‘idan, eshituv suyakchalaridan ya’ni -
bolg‘acha, sandon va uzangi va evstaxiydan iborat.
O‘rta quloq bo‘shlig‘i evstaxiy nayi yordamida burun xaliga to‘tashadi. Eshituv
suyakchalari nog‘ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga ko‘paytiradi.
O‘rta quloq bo‘shlig‘idagi bosim tashqi bosimga barobar bo‘lgandagina nog‘ora pardasi normal
ravishda tebranadi. O‘rta quloq bo‘shlig‘i evstaxiy nayi orqali burun halqumiga to‘tashganligi
tufayli nog‘ora pardasining ikki tomonidagi bosim muvozanatlanib turadi. Bosim farq qiladigan
bo‘lsa, eshitish o‘tkirligi bo‘ziladi. Nog‘ora pardasining ikki tomonidagi bosim xaddan tashqari
ko‘p farq qiladigan bo‘lsa, parda yirtilib ketishi mumkin. Ichki quloq chiranoq yarim aylana
kanallar - labirint va daqlizdan iborat. Labirint ichida endolimfa suyuqligi bor. Bu erda gavda
holatini sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Bu er muvozanat organi hisoblanadi.
Bolalarda muvozanat oragani ba’zan ko‘zg‘aluvchan bo‘lib, buning natijasida dengiz
kasalligi vujudga keladi. Chig‘anoq eshitish organi, uning ichida tovush sezuvchi Kortiev organi
joylashgan. Odam qo‘log‘ining tovush sezadigan muayyan chegarasi bo‘lib, sekundiga 16 dan
20000 gs gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish
chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog‘lombo‘lishi uchun uning gigiyenasiga rioya qilish
kerak. Quloqni toza saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. O‘rta quloqning
yallig‘lanishi, ya’ni ottit kasalini oldini olishga harakat qilish kerak. Qulog‘i yaxshi
eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga o‘tkazish tavsiya etiladi.
O‘rta quloq (auris media) nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv (Yevstaxiy) nayidan tashkil topgan.
3Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative,
The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 420-450 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
Nog‘ora bo‘shlig‘i (cavum tympani) chakka suyagining toshsimon qismi bag‘rida joylashgan
bo‘lib, tashqi tomondan bo‘shliq sifatida nog‘ora pardasi bilan chegaralanadi.
Nog‘ora bo‘shlig‘ining hajmi 0,75-0,1 mm3 bo‘lib, uni oltita devor chegaralab turadi:
1. Yuqori devori - paries tegmentalis (nog‘ora bo‘shlig‘ining tomi - tegmen tympani) chakka
suyagi piramida qismining yupqa plastinkasidan tuzilgan bo‘lib, o‘rta quloqni kalla bo‘shlig‘idan
ajratib turadi.
2. Orqa devori - so‘rg‘ichsimon o‘siqqa qaragan devori (paries mastoideus), u nog‘ora
bo‘shlig‘ini so‘rg‘ichsimon o‘siq ichidagi havo saqlovchi katak (cellulae mastoideae) bilan
qo‘shadigan bir nechta teshikchalardan iborat. Bu teshikchalardan eng kattasi g‘orsimon katak
(antrum mastoideum) deb ataladi. Kirish teshigidan pastroqda eminentia pyramidalis do‘mbog‘i
bo‘lib, unda m.stapedius joylashgan.
3. Pastki (bo‘yinturuq venasiga qaragan devori – paries jugularis) chakka suyagining
piramida qismidagi pastki yuzada joylashgan bo‘yinturuq chuqurchasi (fossa jugularis) bilan
chegaralanadi. Bu chuqurchada bo‘yinturuq vena joylashgan.
4. Oldingi (ichki uyqu arteriyasi devori - paries caroticus) yupqa plastinkadan tuzilgan bo‘lib,
nog‘ora bo‘shlig‘ini ichki uyqu arteriyasi joylashgan kanaldan ajratib turadi. Bu plastinkaning
yuqorisidan Yevstaxiy nayining ichki teshigi - oseteum tympanicum tubae auditivae ko‘rinadi.
Bu teshik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va bolalarda keng ochilib turadi. Shuning uchun ham
burun, tomoqqa tushgan infeksiyalar o‘rta quloq va kalla bo‘shliqlariga o‘tishi mumkin.
5. Ichki (ichki quloqqa qaragan devori - paries labyrinthicus) yupqa plastinkadan tuzilgan.
Devor o‘rtasida turtib chiqqan do‘nglik (promontorium) bo‘lib, u ichki quloq chig‘anog‘ining
turtib chiqishidan hosil bo‘lgan. Do‘nglik pastida joylashgan dumaloq teshik (fenestra cochleae)
nog‘ora parda (membrana tympani secundaria) bilan qoplangan. Do‘nglikning yuqorirog‘ida
joylashgan oval teshikka fenestra vestibuli deyiladi. O‘rta quloqda joylashgan uzangi suyak asosi
uni berkitib turadi. Oval teshik tepasida yuz nervi o‘tadigan kanal (canalis fascialis) joylashgan.
Kanal devori juda yupqa bo‘lib, o‘rta quloq kasallanganda yuz nerviga ham ta’sir qiladi.
6. Tashqi (nog‘ora pardaga qaragan devori - paries membranaceus) o‘rta quloq bilan tashqi
quloq chegarasida joylashgan nog‘ora parda (membrana tympani) bilan chegaralangan. Nog‘ora
parda bo‘shlig‘ining yuqori gumbaz shaklida kengaygan qismi - recessus membranae tympani
superior da bolg‘acha boshchasi va sandoncha joylashgan. Nog‘ora parda tashqi quloq bilan o‘rta
quloq chegarasidagi gardish egatcha (sulcus tympanicus)ga fibroz to‘qimadan tuzilgan aylana
gardish (anulus fibrocartilagineus) yordamida bir oz qiyshaygan holda yopishib joylashgan.
Chaqaloqlarda nog‘ora parda tik holatda ko‘rinadi. Bolg‘acha dastasi nog‘ora pardaga tegib, uni
tashqi tomonga bo‘rttirib, parda kindigi (umba membrana tympani)ni vujudga keltirgan. Nog‘ora
parda tashqi tomondan yupqalangan teri (stratum cutaneum) bilan, ichki yuzasi esa shilliq qavat
(stratum mucosum malleus) bilan yopilgan.
Nog‘ora bo‘shlig‘ida tovush to‘lqinlarini tashqi quloqdan ichki quloqqa o‘tkazuvchi uchta
eshituv suyakchalari: bolg‘acha - malleus, sandoncha - incus va uzangi - stapes zanjir kabi
tutashadi. Bolg‘achaning boshi (caput mallei) bo‘yni (collum mallei) orqali dastasi (manibrium
mallei)ga davom etadi. Bolg‘acha dastasi va old o‘sig‘i (processus anterior) vositasida nog‘ora
pardaga tegib turadi. Bolg‘achaning ikkinchi tomoni - yumaloq boshi (caput mallei) esa
sandonchaga (incus) tanasi (corpus incudis)dagi bo‘g‘im yuzasi (bolg‘acha boshi) bilan bo‘g‘im
hosil qilib qo‘shiladi.
Sandonchaning ikkita oyoqchasi bo‘lib, kaltasi - crus brevis ning uzun uchi (o‘rta quloqdagi
uchinchi suyakcha) uzangi – stapes boshchasi (caput stapedis)ga bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi.
Uzangi boshchasidan boshlangan old va orqa oyoqchalar (crus anterius va crus posterior)
uzangining asosi (basis stapedis)ga o‘tadi. Bu asos labirint dahlizdagi ovalsimon teshikni yopadi.
Nog‘ora pardaning tarang bo‘lishida va uning tebranishida bolg‘acha dastasiga yopishgan
nog‘ora pardani taranglovchi muskul (m.tensor tympani) naysimon kanaldan boshlanadi va
uzangining orqa oyoqchasiga yopishgan muskul - m. stapedius (piramidasimon tepalikdan
boshlangan) katta ahamiyatga ega.
Shunday qilib, havo to‘lqini tashqi quloq yo‘lidan nog‘ora pardaga tegib, uni harakatlantiradi.
Bu to‘lqinlanish harakati esa o‘z navbatida o‘rta quloqda joylashgan eshituv suyakchalari
(bolg‘acha, sandoncha va uzangi)ni harakatlantiradi. Natijada eshitish (havo) to‘lqinini
ovalsimon teshik orqali ichki quloq (labirint)ga o‘tkazadi.
Yevstaxiy nayi (tuba auditiva) o‘rta quloq bo‘shlig‘i va yutqinning burun qismi oralig‘ida
joylashgan. Nayning uzunligi o‘rta yoshdagi odamlarda 30-40 mm bo‘lib, ikki (suyak va tog‘ay)
qismdan tuzilgan. Suyak qismi (10-15 mm) voronkasimon shaklga ega bo‘lib, chakka suyagi
tarkibidagi muskul-nay kanali (canalis musculotubarius)ning pastki yarmidan iborat. Yevstaxiy
nayining qolgan 2/3 qismi 20-25 mm bo‘lib, yutqin tomonda joylashgan. Yevstaxiy nayining bir
uchi (ostium tympanicum tubae auditivae)ga kengayib, o‘rta quloqqa ochiladi. Uning ikkinchi
voronkasimon kengaygan qismi yutqin (ostium pharyngeum tubae auditivae)ga ochiladi. Nayni
shilliq chiqaruvchi bezlarga boy shilliq qavat qoplab turadi.
Yevstaxiy nayi yutqin orqali o‘rta quloq bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan bog‘lab turadi.
Binobarin, nay o‘rta quloq bo‘shlig‘idagi havoni almashtirib, bir muvozanatda saqlab turish
vazifasini bajaradi. Tovush to‘lqinlarining normal o‘tishiga imkoniyat tug‘diradi. Nay shilliq
qavati yallig‘lanib, teshik berkilib qolganda muvozanat o‘zgarib, odam eshitish qobiliyatini
yo‘qotadi
4
.
Bolalar va yoshlar sog’lom turmush tarzini yaxshilashning, ularning oila qurishi va
yashash tarzini yo’lga solishning ko’zlangan muhim yondashuvidir. Bu esa ko’pincha ijtimoiy
resurslarni taqsimlashdagi universal siyosat hisobiga amalga oshiriladi. Universal siyosat o’zidan
bir yo’lli siyosatni olib kelmaydi. Jamiyatning sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yishni, aholini
sog’lom turmush tarziga o’tkazish borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy Gradientni ta’minlash uchun esa
rahbariyat avvalam bor buning uchun amalga oshirilishi mumkin bolgan rejalarni ko’rib
taqqoslab chiqishi lozim. Umumiy kamchilik natijasi, masalan, sogliqni saqlash borasidagi
amalga oshirilayotgan chora tadbirlarning tub mohiyatini yuzaga chiqarish uchun ana shunday
universal siyosatning tutgan o’rnini belgilab otish masalasi ilgari surilishi kerak.
5
Dostları ilə paylaş: |