Jinsiy bezlarning endokrin qismi
Erkaklarda moyak, ayollarda tuxumdon jinsiy hujayralardan tashqari, qonga jinsiy
gormonlar ham ishlab chiqaradi. Bu gormonlar ta’sirida ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi.
Moyakning endokrin qismi buralma urug’ naychalarining o’rtasidagi qon va limfa kapillyarlari
yonidagi interstitsial to’qimada joylashgan o’ziga xos Leydig hujayralaridan iborat. Bu
hujayralar erkaklar jinsiy gormoni testosteronni ishlab chiqaradi. Bundan tashqari kamroq ta’sir
kuchiga ega gormonal moddalar va oz miqdorda ayollar jinsiy gormoni estrogen ishlab
7Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative,
The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 355-370 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
chiqariladi. Androgenlar jigar, buyrak va ayniqsa mushaklarda oqsil moddalar sintezini
kuchaytiradi va oliy nerv faoliyatiga ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: |