Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning turlari va o‘ziga xos xususiyatlari. 9. 1. Tijorat banklari aktivlari va ularni boshqarish.
9. 2. Bank aktivlarining sifati darajasi va ularni balansda joylashishi.
9. 3. Bank aktivlari va ularning tarkibi.
Tijorat banklarining aktivlari ularning passiv operatsiyalarini amalga oshirish natijasida shakllanadi.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalar orqali ularning milliy iqtisodiyotdagi roli va faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Umumiy jixatdan olganda banklarning iqtisodiyotdagi roli asosan pul resurslarini qayta taqsimlashda va kredit muomala vositalarini yaratishda namoyon bo‘ladi.
BANK AKTIVLARI, ULARNING MOHIYATI VA TARKIBI
Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.
Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.
Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.
TIJORAT BANKLARINING AKTIVLARI LIKVIDLILIK DARAJASIGA KO‘RA 5 YIRIK GURUHGA BO‘LINADI: