O‘zaro pul fondlari foizlar bilan to‘lanadigan omonatlarni qabul qiladi, buning uchun mijozlarga chek yozib berishi mumkin. Chek bo‘yicha qo‘yilgan omonat summasi kabi hajmi ham ma’lum darajada chegaralangan bo‘ladi.
Moliya muassasasining bunday turi ko‘p minglab omonatchilarning mablag‘larini jalb etadi hamda hosil bo‘lgan fond daromad keltiradigan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun ishlatiladi. Sanab o‘tilgan moliya muassasalaridan farqli o‘laroq, o‘zaro pul fondlaridagi omonatlar sug‘urta qilinmaydi, biroq ularning aktivlari (omonatchilarning mablag‘iga sotib olingan qimmatli qog‘ozlar) yuqori likvidli bo‘lgani sababli katta foizlar olib keladigan yetarli darajada ishonchli jamg‘arma vositasi hisoblanadi.
Depozit multiplikatori – bankka qo‘yilgan mablag‘larning har bir pul birligidan ko‘riladigan umumiy daromad hajmining o‘zgarishini tav-siflovchi ko‘rsatkich. Bank tizimining bir qadar qiziqarli xususiyati shundan iboratki, aytaylik, agar alohida tijorat banki o‘zidagi mavjud zaxira hajmidagina ssuda bersa, butun bank tizimi uning zaxirasidan bir necha barobar ortiq miqdorda ssuda taqdim etishi mumkin.
Bunday hodisa depozitlarning multiplikatsiya tarzida kengayishi (ko‘p karrali omonatlar orqali kengayish) degan nom olgan.
Depozitlar bank mablag‘larini tashkil qilishning asosiy man-bayidir. Ammo bankning kreditlari va investitsiyalarini qoplash uchun depozitlar hajmi yetarli bo‘lmasa, bank boshqaruvchisi qanday tadbir-larni amalga oshirishi lozim, degan savol yuzaga keladi. Bunda bank o‘z mablag‘larini nodepozit qo‘yilmalar hisobiga to‘ldiradi.
Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida nodepozitlarning quyidagi turlari bank mablag‘lari manbayining asosiylari hisoblanadi:
qayta sotib olish sharti bilan banklarning qimmatli qog‘ozlari hisobidan ularga Markaziy bank tomonidan beriladigan qarzlar;
kliring chek hisobvaraqlari.
Bank boshqaruvchisi bank mablag‘larini tashkil qilish bilan passivlarni boshqaradi. Shu maqsadda boshqaruvchi mijozlar talabini qondirish uchun qancha miqdorda va muddatga depozit mablag‘lar kerakligini, uning qaytarilishini ta’minlashni hisoblab chiqishi lozim.
Bu o‘rinda Markaziy bankning qisqa muddatli qarzlari ancha qo‘l keladi. Chunki bu qarzlar Markaziy bankning boshqa banklar mablag‘-lari jamlanib, saqlanadigan majburiy zaxiralar fondidan olinadi.