Depozit sertifikati kredit muassasasining omonatchiga depozitni olish huquqini tasdiqlovchi, pul mablag‘lari deponent qilin-ganligi haqidagi yozma guvohnomasidir. Boshqacha qilib aytganda, depozit sertifikati – kredit muassasasining pul mablag‘ini saqlashga top-shirilganligi haqida omonatchining depozitni olish huquqini tasdiq-lovchi yozma guvohnomasi.
Depozit banki– pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa boyliklarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi bank.
Depozit indossamenti – depozitlarni boshqasiga o‘tkazish haqidagi o‘tkazma xat.
Depozit muassasasi – pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va bosh-qa boyliklarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi muassasa. Depozit muassa-salarining umumiy xususiyati shundan iboratki, ular chek yoki jamg‘ar-ma hisobvaraqlarini ochish yo‘li bilan mablag‘larni jalb qiladi hamda ulardan turli xil kreditlar berish, hukumat va korporatsiyalarning qim-matli qog‘ozlarini olishda foydalanadi.
Depozit moliya muassasalari ikkita katta toifaga bo‘linadi:
tijorat banklari;
bank bo‘lmagan depozit muassasalar.
Bank bo‘lmagan depozit muassasalari o‘z tarkibiga jamg‘arma-kredit uyushmalarni, kredit uyushmalarini va o‘zaro pul fondlarini oladi.
Jamg‘arma-kredit uyushmalar jamg‘arma hisobvaraqlarini ochish yo‘li bilan mablag‘larni jalb qiladi hamda ulardan aniq maqsadga mo‘l-jallangan garovli kreditlar berishda foydalanadi. G‘arbda jamg‘arma-kredit uyushmalarga o‘xshash o‘zaro jamg‘arma banklari keng tarqal-gan, biroq ularning farqi shundaki, bunday banklarning xizmatidan mayda omonatchilar foydalanadi. Odatda ular omonatlarning eng yuqori chegarasini belgilab qo‘yib, omonatlarning barqaror ravishda oqib keli-shiga umid bog‘laydi.
Kredit uyushmalar nisbatan mayda jamg‘arma-kredit muassasalar bo‘lib, iste’mol kreditlarini berishga yo‘naltirilgan. Ular diniy tashkilot-lar, kasaba uyushmalari va shunga o‘xshash tuzilmalar tomonidan tashkil etiladi. Kredit uyushmalar o‘z a’zolarining jamg‘arma hisobva-raqlarini ochadi hamda qarzni ham faqat o‘z a’zolariga beradi, ya’ni kredit uyushmalar omonatchilar tomonidan «jamoatchilik asosida» idora qilinadi.