3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi


Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi



Yüklə 162,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix05.12.2023
ölçüsü162,57 Kb.
#173758
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi 
Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi bir tovarga bo’lgan talab miqdori 
boshqa bir tovarning narxidagi o’zgarishiga munosabati qanday bo’lishini ifodalaydi. 


Bu 1-tovarga bo’lgan talabning foizdagi o’zgarishi 2-tovar narxining foizdagi o’zgarishi 
nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni: 
Bu elastiklik manfiy yoki musbat songa ega bo’lishi tovarlarning bir-birini 
to’ldiruvchisi yoki o’rnini bosishiga bog’liq. Masalan, hot dog narxining oshishi 
odamlarni gamburger olishga undaydi. Chunki hot dog narxi va gamburgerga bo’lgan 
talab bir xil yo’nalish bo’yicha harakatlanadi, narxlar kesishishidagi elastiklik ijobiydir. 
Bu misol bir-birini o’rnini bosadigan tovarlar uchun xosdir. Endi bir-birini to’ldiradigan 
tovarlarni ko’rib chiqamiz. Masalan, kompyuter va dasturiy ta’minot bir-birini 
to’ldiradi. Bu holda elastiklik salbiy bo’ladi. Chunki kompyuter narxining oshishi 
dasturiy ta’minotga bo’lgan talabning qisqarishiga olib keladi. 
3.2.Taklif elastikligi 
Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari 
Taklif qonuni shuni ko’rsatadiki, yuqori narx taklif miqdorini oshiradi. Taklifning 
narx elastikligi narxdagi o’zgarishga qancha taklif miqdori o’zgarishini ifodalaydi. Agar 
taklif narx o’zgarishiga sezilarli darajada javob qaytarsa, tovar taklifi elastik deyiladi. 
Agar taklif narx o’zgarishiga biroz javob qaytarsa, tovar taklifi noelastik deyiladi.
Taklifning narx elastikligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan tovarlar 
miqdori o’zgarishiga bog’liq. Masalan, sohil bo’yi yerlari noelastik taklifga ega, chunki 
ularni ko’proq ishlab chiqarish deyarli imkonsizdir. Bunga zid holda, kitob, mashina va 
televizor kabi tovarlar elastik taklifga ega, chunki ularni ishlab chiqaruvchi firmalar 
yuqori narxlarga javoban o’z faoliyatlarini uzoqroq davom ettirishadi.
Ko’plab bozorlarda, taklifning narx egiluvchanligining asosiy aniqlovchisi 
vaqtdir. Taklif qisqa muddatdan ko’ra uzoq muddatda elastikroq bo’ladi. Qisqa muddat 
mobaynida, korxonalar ishlab chiqarish ko’lamini birdaniga oshira olmaydilar. Demak, 
qisqa muddatda, taklif miqdori narxning o’zgarishiga kamroq javob qaytaradi. Bunga 
zid holda, uzoq muddatda yangi zavodlar qurishi yoki eskilarini yopishi mumkin. 
Bundan tashqari bozorga yangi korxonalar kirishi va eskilari tugatilishi mumkin. 
Demak, uzoq muddatda taklif miqdori narx o’zgarishiga sezilarli javob qaytaradi. 

Yüklə 162,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin