3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi



Yüklə 162,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix05.12.2023
ölçüsü162,57 Kb.
#173758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16

$4 



100 

Q
D
-Talab 
PxQ=$400 
Daromad 


Narx o’zgarishining umumiy daromadga ta’siri (mahsulot miqdori va narx) talab 
elastikligiga bog’liq. a chizmada takab egri chizig’i noelastik. Bunday holatda narxning 
oshishi, kichik miqdorda talab hajmining kamayishiga olib keladi shuning uchun jami 
daromad oshadi. Bu yerda narxning 1 $ dan 3 $ ga ko’tarilishi talab hajmining 100 da 
80 ga pasayishiga sabab bo’lgan. Jami daromad 100 $ 240 $ ga ko’tarilgan. b chizmada 
talab egri chizig’i elastik. Bunday holatda narxning oshishi talab hajmining ko’proq 
kamayishiga olib keladi. Bu yerda narxning 4 $ dan 5 $ ga ko’tarilishi talab hajmining 
50 dan 20 ga pasayishiga sabab bo’lgan. Jami daromad 200 $ dan 100 $ ga kamaygan. 
(a) Talab noelastik bo’lgan holat. 
3.3-rasm. Narx o’zgarganda umumiy daromad qanday o’zgaradi 


3.4-rasm. Chiziqli talab elastikligi 
 
 
 
Talabning boshqa elastikliklari 
Talabning narx elastikligiga qo’shimcha ravishda, iqtisodchilar bozordagi 
haridorlarning xatti-harakatini tasvirlash maqsadida elastiklikning boshqa turlaridan 
ham foydalanishadi.
Talabning daromad elastikligi
Talabning daromad elastikligi iste’molchi daromadi o’zgarganda talab 
miqdorining qanday o’zgarishini bildiradi. Bu talab miqdorining foizdagi o’zgarishini 
iste’molchilar daromadining foiz o’zgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni: 
4-bo’limda muhokama qilganimizdek, ko’plab tovarlar normal tovarlardir: 
Yuqori daromad talab miqdorini oshiradi. Chunki talab va daromad bir xil yo’nalish 
bo’yicha harakatlanadi, normal tovarlar ijobiy daromad elastikligiga ega. Ba’zi tovarlar, 
misol uchun avtobusda qatnash, past mavqeli tovarlar hisoblanadi: yuqori daromad talab 
miqdorini kamaytiradi. Chunki talab va daromad qarama-qarshi yo’nalishda 
harakatlanadi, past mavqeli tovarlar salbiy daromad elastikligiga ega. Hatto normal 
tovarlar o’rtasida ham daromad elastikliklari hajm jihatdan sezilarli darajada o’zgaradi. 
Oziq-ovqat va kiyim kabi zaruriyatlar kichik daromad elastikligiga ega bo’ladi, chunki 
iste’molchilar daromadlari past bo’lganda ham bu tovarlarning ba’zilarini sotib olishni 
tanlaydilar. Qimmatbaho taqinchoqlar kabi hashamat tovarlar katta daromad 
elastikligiga ega bo’ladi, chunki iste’molchilar daromadlari juda ham past bo’lganda 
ham ularsiz ish qila olishligini bilishadi 

Yüklə 162,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin