talab qilinadigan miqdor narx o’zgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik
deyiladi.
Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar
kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini o’lchaydi. Elastiklik
iste’molchi afzal ko’radigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi.
Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi
haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni ko’rib chiqamiz.
O’rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi.
O’rin bosuvchi tovarlar ko’proq
elastik bo’ladi, chunki haridor uchun bu tovardan boshqa tovarga o’tish ancha oson.
Masalan, saryog’ va margarin oson o’rin almasha oladi. Saryog’ narxining kichik
miqdorda o’sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryog’
miqdorining kamayishiga sababchi bo’ladi.
Teskari ravishda, tuxumning o’rin bosuvchisi bo’lmaganligi sababli tuxum uchun
talab saryog’nikiga qaraganda deyarli elastik emas.
Qulay hayot kechirishga teskari muhumlik.
Qulay hayot kechirishda elastik
talab bo’lganligiga teskari ravishda muhimlik noelastik talabdir. Shifokor ko’rigining
narxi oshgani bilan insonlar shifokor qabuliga yozilishni kamaytirishmaydi, hatto
kamroq borishi mumkin bo’lsa ham. Bunga teskari ravishda talab qilinadigan qayiqlar
miqdorining kamaytirishga olib keladi.
Bunga sabab ko’pchilik odamlar shifokor qabuliga muhimlik sifatida qayiqlarni
esa qulay hayot kechirish sifatida baholaydi albatta. Tovar muhimlik yoki qulaylik
sifatida baholanishi nafaqat tovarning vaqtinchalik ma’lumotiga, balki sotuvchining
afzalliklariga ham bog’liq. Bunga ahamiyat bermaydigan qiziquvchi dengiz suzuvchisi
uchun qayiqlar noelastik, doctor uchun qulaylik va elastik talab bo’ladi.
Elastiklik - talab qilinadigan yoki taklif qilinadigan miqdorning uning omillaridan
biriga ta’siring o’lchovi.
Talabning narx elastikligi - tovarning talab qilinadigan miqdori, shu tovarning
narxiga qay darajada ta’sir qilishini o’lchaydi va talab qilinadigan miqdorning o’zgarish
foizi narxning o’zgarish foiziga nisbati bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: