Elastiklik va foiz o’zgarishini hisoblashning yaxshiroq yo’li bu talab egri
chizig’idagi 2 nuqta orasidagi talabning narx
elastikligini hisoblasangiz, muammoni
tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha bo’lgan elastiklik, B dan A gacha bo’lgan
elastiklikdan farqlidek tuyuladi.
A nuqta: Narx=4$, miqdor=120
B nuqta: narx=6$, miqdor=80.
A
dan B gacha yurilsa, narx 50%ga ko’tarilgan,miqdori 33%ga pasaygan
talabning narx elastikligi =33/50 yoki 0.66. Bunga zid holda B nuqtadan A ga yurilsa
narx 33% ga pasaygan miqdor 50% ga ko’tarilgan talabning narx elastikligi 50/33 yoki
1.5. Bu farqlar yuzaga keladi, chunki foizlar o’zgarishi turli xil asosda hisoblanadi.
Bu muammoni yechishning 1 yo’li elastiklikni hisoblash uchun o’rta
nuqta
metodidan foydalanishdir. Foizning o’zgarishini hisoblash uchun standart jarayon
boshlang’ich bosqich orqali o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Bunga zid holda, o’rta nuqta
metodi boshlang’ich va so’nggi bosqichlari orqali o’zgaruvchilarni bo’lish orqali foizda
hisoblaydi. Misol uchun 5$ 4$ va 6$ o’rtasida o’rta nuqta. Shuning uchun , o’rta nuqta
metodiga ko’ra 4dan 6 ga o’zgarish 40% li o’sish deb hisoblanadi. (6-4)/5*100=40 %;
shunga ko’ra, 6 dan 4 ga o’zgarish 40% pastlashni anglatadi.
O’rta nuqta metodi o’zgarish yo’nalishidan qat’iy nazr bir xil javobni bergani
uchun u tez-tez 2 nuqta orasida talabning narx egri chizig’ini hisoblashda foydalaniladi.
Bizning namunada, A va B o’rtasida o’rta nuqta: narx=5$ miqdor=100 o’rta
qiymat
metodiga ko’ra, A dan B ga borganda narx 40% ga oshadi va miqdor 40% ga tushadi.
Shu kabi, B dan A ga borganda narx 40% ga tushadi va miqdor 40% ko’tariladi. 2
yo’nalishda ham talabning narx elastikligi 1 ga teng.
Quyidagi formula 2 nuqta orasida talabning narx elastikligi hisoblash uchun o’rta
nuqta metodi bo’lib unda (Q
1
, P1) va (Q2, P2)lar belgilab olingan.
[
]
[
]
.
Surat o’rta nuqta metodi orqali hisoblangan miqdordagi foiz o’zgarish. Mahraj
o’rta nuqta orqali hisoblangan narxda foiz o’zgarishi. Agar sizga elastiklikni hisoblash
shart bo’lsa, bu formuladan foydalanishingiz kerak.
Bu kitobda, biz kamdan – kam bu kabi hisoblashlarni ko’rsatamiz. Bizning
maqsadimizning
asosiysi uchun, elastiklik qanday ifodalanishidan ko’ra nimani
ifodalanishi muhimroq.
Dostları ilə paylaş: