3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi


Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari



Yüklə 162,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix05.12.2023
ölçüsü162,57 Kb.
#173758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari 
Tovar narxining pasayishi unga bo’lgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. 
Talabning narx elastikligi narx o’zgarganda talab qanday o’zgarishini ifodalaydi. Biror 
mahsulotga bo’lgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi o’zgarishga 
sezilarli ravishda javob qaytarsa. Biror mahsulotga bo’lgan talab noelastik bo’ladi, agar 
talab miqdori narxdagi o’zgarishlarga birozgina javob qaytarsa.
Har qanday mahsulot uchun talabning narx elastikligi o’sha mahsulotning narxi 
oshganda iste’molchilarning haridi qanday ekanligini hisoblaydi. Shunday qilib, 
elastiklik iste’molchi xohishlarini shakllantiradigan ko’plab iqtisodiy, ijtimoiy va 
psixologik kuchlarda aks etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz talabning narx 
elastikligini nima aniqlab berishi haqida bir necha umumiy qoidalarini bayon qilamiz. 
Yaqin o’rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi.
O’rnini bosuvchisi bor bo’lgan 
tovarlar ko’proq elastik talabga ega, chunki bir tovar o’rniga boshqasini sotib olish 
iste’molchilar uchun osonroq. Masalan, saryog’ va margarin bir-birini o’rnini bemalol 
bosadi. Margarin narxi o’zgarmaganda saryog’ narxining biroz ko’tarilishi saryog’ning 
sotilish miqdori tushushiga sabab bo’ladi. Bunga zid holda, tuxumning o’rnini 


bosadigan tovar bo’lmagani uchun tuxumga bo’lgan talab saryog’ga nisbatan kamroq 
elastik bo’ladi. 
Zaruriyat hashamatga qarshi.
Zaruriyatga bo’lgan talab odatda noelastik 
bo’ladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga tashrif buyurish narxi oshgan 
vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin yelkanli 
qayiq narxi oshsa, unga bo’lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki odamlar 
shifokorga zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat hisoblanadi. Albatta, 
tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki xususiyatlariga bog’liq 
emas, balki haridorlarning xohishiga bog’liq. Sog’lig’iga kamroq munosabatda bo’lgan 
dengizchi uchun yelkanli qayiq talab elastikligiga ega bo’lgan zaruriyat bo’lishi 
mumkin va shifokorga borish elastik talabga ega bo’lgan hashamat bo’lishi mumkin. 
Bozor tavsifi.
Har qanday bozor talab elastikligi bozor chegaralarini qanday 
chizishimizga bog’liq. Tor doirada aniqlangan bozor keng doirada aniqlanganidan ko’ra 
elastikroq talabga ega, chunki tor doirada aniqlangan tovarlar uchun birbirini o’rnini 
bosuvchi tovarlar topish oson. Misol uchun, oziq-ovqat noelastik talabga ega, chunki 
oziq-ovqatning o’rnini bosadigan tovar mavjud emas. Muzqaymoq elastik talabga ega, 
chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa ham bo’ladi. Vanillin muzqaymog’i 
juda ham elastik talabga ega, chunki muzqaymog’ning ko’plab boshqa tamlilari uning 
o’rnini bosadi. 
Vaqt birligi.
Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda ko’proq elastik talabga ega 
bo’lishadi. Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga bo’lgan talab miqdori biroz 
kamayadi. Lekin, vaqt o’tgan sayin, odamlar yoqilg’i tejaydigan mashinalar sotib 
olishadi, jamoa transportidan ko’proq foydalanishadi va ish joylariga yaqin joyga 
ko’chishadi. Bir necha yil ichida benzinga bo’lgan talab sezilarli darajada tushadi. 

Yüklə 162,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin