bosadigan tovar bo’lmagani uchun tuxumga bo’lgan talab saryog’ga nisbatan kamroq
elastik bo’ladi.
Zaruriyat hashamatga qarshi.
Zaruriyatga bo’lgan talab odatda noelastik
bo’ladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga tashrif buyurish narxi oshgan
vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish sonini keskin kamaytirmaydi.
Lekin yelkanli
qayiq narxi oshsa, unga bo’lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki odamlar
shifokorga zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat hisoblanadi. Albatta,
tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki xususiyatlariga bog’liq
emas, balki haridorlarning xohishiga bog’liq. Sog’lig’iga kamroq munosabatda bo’lgan
dengizchi uchun yelkanli qayiq talab elastikligiga ega bo’lgan zaruriyat bo’lishi
mumkin va shifokorga borish elastik talabga ega bo’lgan hashamat bo’lishi mumkin.
Bozor tavsifi.
Har qanday bozor talab elastikligi
bozor chegaralarini qanday
chizishimizga bog’liq. Tor doirada aniqlangan bozor keng doirada aniqlanganidan ko’ra
elastikroq talabga ega, chunki tor doirada aniqlangan tovarlar uchun birbirini o’rnini
bosuvchi tovarlar topish oson. Misol uchun, oziq-ovqat
noelastik talabga ega, chunki
oziq-ovqatning o’rnini bosadigan tovar mavjud emas. Muzqaymoq elastik talabga ega,
chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa ham bo’ladi. Vanillin muzqaymog’i
juda
ham elastik talabga ega, chunki muzqaymog’ning ko’plab boshqa tamlilari uning
o’rnini bosadi.
Vaqt birligi.
Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda ko’proq elastik talabga ega
bo’lishadi.
Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga bo’lgan talab miqdori biroz
kamayadi. Lekin, vaqt o’tgan sayin, odamlar yoqilg’i tejaydigan mashinalar sotib
olishadi, jamoa transportidan ko’proq foydalanishadi va
ish joylariga yaqin joyga
ko’chishadi. Bir necha yil ichida benzinga bo’lgan talab sezilarli darajada tushadi.
Dostları ilə paylaş: