3-mavzu: dunyo aholisi geografiyasi



Yüklə 232,16 Kb.
səhifə4/7
tarix10.06.2023
ölçüsü232,16 Kb.
#128047
1   2   3   4   5   6   7
DUNYO AHOLISINING DINIY TARKIBI

BUDDA DINI – Buddaviylik


Buddaviy dini ham jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan.
Budda dini tarixi 2500-yildan ortiq davrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmni taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida budda dini Kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. 9 asr Muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan Budda dini Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo budda dini Shri Lanka, Janubiy Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Janubiy - Sharqiy Osiyoning materik qismida budda Txeravadasi (qadimiy Anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarqaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar budda dini bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari budda diniga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik buddaviylik jamoalari tashkil topdi. Budda dinining bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
Hozirgi kunda budda dini Shri Lanka, Myanma, Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. Budda dini muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Budda dinida 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlingan.
Boshqa dinlardan farqli ravishda budda dinida hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto Xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Budda dini taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), “bodxi”, yaʼni “xotirjamlik”ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azob uqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Budda dini zaminida 3 narsa — Budda (Muqaddaslangan zot), Dharma (ta’limot) va Sangxa(rohiblar jamoasi)ga eʼtiqod qilish yotadi.

Yüklə 232,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin