Bir necha davlatlar tarkibida qolib ketgan xalqlar:
Afgʻonlar (Afgʻoniston bilan Pokistonda), panjoblar (Pokiston bilan Hindistonda)
Afrika qitasi aholining milliy tarkibiga koʻra 3 etnik oblastga boʻlinadi:
Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Afrika. Bu rayonlarda oʻzaro yaqin arablar va barbarlar yashaydi;
Sharkiy va Gʻarbiy Sudan. Bu yerlarda fulbe, volof, gvineyaliklar, gurlar, xausa, ibo kabi xalqlar yashaydi;
Tropik va Janubiy Afrikada madaniyati, urf-odati va tili oʻzaro yaqin boʻlgan bantu xalqdari yashaydi.
Amerika qitʼasi aholisining milliy tarkibida koʻpchilikni (95 %) Yevropadan koʻchib borgan xalqlar va ularning aralashuvidan vujudga kelgan guruhlar yashaydi. U yerda millatlar qaysi davlatda yashasa, shu davlat nomi bilan ataladi (amerikaliklar, kubaliklar va hokazo).
Avstraliya va Okeaniya aholisini etnik tarkibga koʻra ikki qismga ajratish mumkin: Avstraliya va Yangi Zelandiyada inglizlar va Yangi zelandiyalik inglizlar istiqomat qiladi.
Polineziya, Melaneziya va Mikroneziya orollarida aholi etnik qabila-qabila boʻlib yashaydi. Bu xalqlar umumiy nom bilan papuaslar deb ham ataladi. Oʻzbekiston ham koʻp millatli davlat. Respublikada 120 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Asosiy millat — oʻzbeklar (aholining 71,4 %); shuningdek ruslar (8,3 %), Tojiklar (4,7 %), Qozoqlar (4,1 %), Tatarlar (2,4 %), Qoraqalpoqlar (2,1 %) ham yashaydi.
XULOSA:
Ma’lumki, din jamiyat hayotida, turmushimizda juda kata rol o’ynaydi. Ya’ni aholining diniy tarkibini bilish va uni to’g’ri baholash dunyoda bo’lib o’tayotgan voqea va hodisalarning ko’pchiligini to’g’ri tushunish va anglashga imkon beradi.