3-mavzu: Gimnastika, voleybol va basketbolda tayyorgarlik turlarining o’rni



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə12/16
tarix12.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#142913
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3-SEMENAR

19.1. Maxsus kuchni rivojlantirish

Voleybolda qator o‘yin malakalari – to‘p kiritish, zarba berish, to‘siq qo‘yish – aksariyat kuch sifatining yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi. Binobarin, ushbu malakalarni samarali bajarish uchun qo‘l va oyoqlar, umuman tana qismlarining mushaklari tez va kuchli qisqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, mushaklarning qisqarishi portlovchi kuch bilan amalga oishirilishi kerak.


Demak, voleybolchi kuchini shakllantirishda asosiy e’tibor tezkor-kuch sifatini rivojlantirishga oid maxsus mashqlarga qaratilishi darkor.
Ushbu maxsus mashqlarni o‘yin malakalari bilan bir vaqtda qo‘llanilishi yaxshi samara beradi.
Tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash, ayniqsa ularni og‘irlik moslamalari (oyoq va belga qo‘rg‘oshindan qilingan moslama, zarba berishda bilakka o‘rnashtiriladigan og‘irlik moslama) va turli trenajorlar yordamida rivojlantirish umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Quyida ayrim tana qismlari mushaklarining kuchini rivojlantiruvchi namunaviy mashqlar yoritilgan:
Bilak mushaklari kuchini rivojlantiruvchi mashqlar:
- gantellarni (1-3 kg) qo‘llarda ushlab, bilak-kaft bo‘g‘imida o‘ng va chap tomonga aylanma harakat qildirish;
- shu bo‘g‘imda-gantelni yuqoriga va pastga harakatlantirish;
- to‘ldirma to‘pni uloqtirish (qo‘llar yuqoriga yozilgan holatdan, bilak-kaft bo‘g‘imiga urg‘u berish lozim);
- to‘ldirma to‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish va hokazo.
Yelka mushaklari:
- har xil holatlardan turli uzoqlikka to‘ldirma to‘pni uloqtirish;
- o‘ng va chap qo‘l bilan amortizatorda zarba malakasini taqlid qilish;
- qo‘llarga tayanib yotgan holatda qo‘l bilan «yurish», «siljib yurish», «sakrab yurish»;
- shu holatda – turli yo‘nalishlarga;
- to‘p (yoki to‘ldirma to‘p) bilan zarba berish;
- o‘tirgan holatda oldinga va orqaga to‘ldirma to‘pni uloqtirish va hokazo.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin