3. Namunaga qarab yozish usuli. Husnixatga o‘rgatish usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib
ko‘rsatish va yozdirishdir.
Har bir harfning namunasi doskada barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb qilgan
holda yoki ayrim o‘quvchilarga daftarda alohida-alohida ko‘rsatiladi. O‘quvchining
vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarni (harf, bo‘g‘in, so‘zlar) o‘z daftarlariga
to‘g‘ri aks ettirishidir.
Doskada yozib ko‘rsatilgan har bir harf barcha o‘quvchilarga aniq ko‘rinib
turishi shart. Agar ayrim o‘quvchilar uni aniq ko‘rmagan bo‘lsalar, qaytadan
takrorlab ko‘rsatiladi. Ayniqsa, yangi harf yoki ularning bog‘lanishini ko‘rsatish
vaqtida qayta-qayta takrorlash juda muhimdir.
O‘qituvchi har bir harf bilan harflarning bog‘lanishi, og‘zaki yoki doskada
tushuntirish orqali qo‘lni qayerga qo‘yish kerak, qayerda qo‘l harakati buriladi,
harflarning baland-pastligi qay darajada bo‘lishi orqali ko‘rsatmalar orqali
tushuntiriladi.
Keyinchalik o‘quvchi u yoki bu harfni o‘qituvchi bergan ko‘rsatmalar asosida
tushuntirib beradilar.
4. Nusxaga qarab ko‘chirish usuli Bu usul qadimiy usul bo‘lib, hozirgi kunda ham qimmatini yo‘qotmagan holda
qo‘llanilib kelinmoqda. Bu usulda o‘quvchilar harflarni «Husnixat» kitobi yoki
«Yozuv daftari»dagi namunalarga qarab ko‘chirib yozadilar.
Namunaga qarab ko‘chirib zish, tayr harflarning ustidan yozishga nisbatan
ancha murakkab bo‘lib, ularning har ikkalasini qaysi vaqtda qo‘llashni o‘qituvchi
yaxshi bilishi kerak.
Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo‘lni yurgizib mashq
qilish mexanik jarayon bo‘lib, o‘quvchilar bu topshiriqni oson bajaradilar.
«Husnihat» darsligida berilgan namunaga qarab yozdirish o‘qituvchining
vaqtini tejaydi, unumli ishlashga imkoniyat yaratadi. Bunga erishish uchun barcha
o‘quvchilar darslik bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.