5. Nusxa ko‘chirish usuli (harf surati ustidan yozish) Bu metod harf shaklini to‘g‘ri tasavvur qila olmaydigan, yozayotganda daftar
chiziqlaridan pasga yoki yuqoriga chiqib ketadigan o‘quvchilar uchun
qo‘llaniladi.
Masalan, o‘quvchi D harfini ¸zishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, o‘qituvchi
daftarga qalamda uni nuqtalar bilan ifodalab ko‘rsatadi, o‘quvchi esa uning ustidan
ruchkada yurgizib chiqadi. Bu usul o‘quvchilarning shu harf haqidagi tasavvurini
shakllantiradi.
Ayrim hollarda o‘qituvchi chiroyli ¸zuvga o‘rgatishning dastlabki davrida
o‘quvchilarni harf, uning elementlari haqida, to‘g‘ri tasavvurga esa qilishi uchun
yupqa xitoy (kalpka) qog‘ozidan ham foydalanishi mumkin. Lekin bunday mashqlar
qo‘l harakatini o‘stirish uchun ¸rdam beradi. Bundan uzoq foydalanish yaxshi
samara bermaydi, o‘quvchi harf shaklini mustaqil ¸ki namunaga qarab ¸zishda
qiynaladi. Shuning uchun nusxa ko‘chirish usulidan faqat yakka shug‘ullanganda
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
6. Tasavvur orqali yozish usuli. Yuqoridagi usullar bilan bir qatorda, bolalarga tasavvur orqali havoda harflar
shaklini ¸zdirish ham qo‘llaniladi.
O‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatgan harf yoki uning bog‘lanishlarini
o‘quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirib ko‘rsatadi va bu orqali o‘quvchida
harf haqida tasavvur hosil qilinadi. So‘ng o‘quvchi daftarga ¸zishga kirishadi.
Bunday mashq usuli o‘quvchining qiziqishini oshiradi hamda jismoniy mashqlarni
bajarishga ham imkon beradi.
Bu usulning salbiy jihati ham bor. Chunki, o‘qituvchi bu usuldan
foydalanganda, barcha o‘quvchilarning qo‘l harakatini to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini
bir paytda tekshira olmaydi. Bunda bir necha o‘quvchining qo‘l harakatini kuzatib,
tegishli ko‘rsatma berish mumkin.
Nusha ko‘chirish, tasavvur orqali zish husnixatga o‘rgatishda yordamchi usul
sanaladi.