3-mavzu. Ilmiy uslub. Reja: Ilmiy ishlarning turlari: ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop va ilmiy-uslubiy ishlar



Yüklə 38,28 Kb.
səhifə2/7
tarix17.05.2023
ölçüsü38,28 Kb.
#114838
1   2   3   4   5   6   7
3-MA\'RUZA

O‘quv dasturi — taʼlim tizimidagi har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda Oʻquv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir Oʻquv dasturi uqtirish xati, oʻquv fani mazmunining qisqa bayoni, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar singari 3 qismdan iborat. Oʻquv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish Oʻquv dasturining muhim belgisidir. Chunki ayni shu narsa yaratiladigan oʻquv darsligi muallifiga muayyan nuqtai nazarni tanlash, oʻqituvchiga esa pedagogik moʻljalni toʻgʻri belgilash imkonini beradi. Taʼlim amaliyotida Oʻquv dasturi yaratishning konsentrik (markazlashgan) hamda tizimli usullari bor. Konsentrik yoʻl bilan tuzilgan Oʻquv dasturida taʼlimning mazmuni yoki oʻquv materiallari oʻqitishning keyingi bosqichida yuksakroq darajada takrorlanishi koʻzda tutiladi. Boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan oʻquv fanlari boʻyicha Oʻquv dasturlari shu usulda tuziladi. Tizimli usuldagi Oʻquv dasturlarida oʻquv materiallari fan mantigʻiga muvofiq soddadan murakkabga qarab ketma-ket joylashtiriladi. Maktabning boshlangʻich sinfdan keyingi bosqichlarida qoʻllaniladigan bu usulda ortiqcha takrorlarga yoʻl qoʻyilmaydi, har bir mavzuning oʻz oʻrnida oʻtilishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning Oʻquv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qurol va metodik tavsiyalarda toʻla namoyon boʻladi.
Darslik — muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. D.lar 2 asosiy guruhga boʻlinadi: oʻquvchilar uchun D.lar va talabalar uchun D.lar. Oʻzbekistonda oʻquvchilar uchun moʻljallangan D.lardan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus taʼlim maktablari va maxsus internat maktablarning oʻquvchilari; talabalar uchun nashr etilgan D.lardan oliy oʻquv yurtlari talabalari mustaqil hamda oʻqituvchilar rahbarligida foydalanadilar.

Yüklə 38,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin