O‘quv qo‘llanmalari darsliklarni (yoki uning qismlarini) o‘qitish usullari, uslublari, yo‘llari va vositalari, jihozlari, texnologiyasi haqida ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarga yo‘l ko‘rsatadigan metodik maslahatlar majmuidir.
Elektron darslik – materiallarning gipermatnga o‘tkazilgan va animatsiyalar hamda giper-rasmlar bilan boyitilgan multimedia elementlari qo‘yilgan elektron ta’lim muhitida kompyuter vositasida o‘rganiladigan darslik.
“Dayjest” so‘zining umumiy mazmuni qandaydir sohalar, mavzular, jarayonlarga tegishli yoki ularda bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqealar, tadbirlarga oid hujjatlar, maqolalar, yangiliklar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar to‘plamidir. Ta’lim sohasiga tegishli dayjest ta’lim tizimiga tegishli hujjatlar, maqolalar, yangiliklar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar to‘plami hisoblanadi.
Tayancho‘quv-reja- muayyan ta’lim turi, ta’lim muassasida o‘qitiladigan fanlar bloklari va nomlari, ularga ajratilgan soatlar, o‘qitilish shakli ko‘rsatib o‘tiladigan
me’yoriy hujjat.
O‘quv qo‘llanmasi DTS, o‘quv rejasi, dasturidagi ta’lim mazmunining yanada qulayroq, qisqa va mazmunli holda, ayniqsa, murakkab mavzular bo‘yicha yangicha ta’lim usullari, uslublari asosida (masalan, test reyting nazorat uslubi, pedagogik texnologiyalar asosida va hokazo) qaytadan ishlab chiqishi mumkin. Qo‘llanmalar biror sinf yoki darslikning biror qismi bo‘yicha ham tayyorlanishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar: fan-texnika taraqqiyoti, jamiyat tuzilishining rivojlangan davlatlar demokratik andozalarga intilishi va boshqa ko‘plab omillar uzluksiz ta’lim tizimini, shu jumladan, umumta’lim maktablarida mehnat ta’limini hozirgi zamon talablari asosida tubdan yangilashni, isloh qilishni talab etmoqda.
Uzluksiz ta’lim tizimida umumta’lim maktablarining o‘rni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida bunday deyiladi:
“Umumiy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimida asosiy bo‘g‘in bo‘lib ta’lim oluvchilar ilmi, bilimi, mehnat va boshlang‘ich kasbkor ko‘nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallashlarini, shuningdek o‘z ijodiy qobiliyatlari va ma’naviy fazilatlarini rivojlantirishini ta’minlaydi”.