3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 1


Iqtisodiy manbaalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi



Yüklə 139,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix16.12.2023
ölçüsü139,98 Kb.
#183872
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 1

Iqtisodiy manbaalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 

Hujjatlashganligi – barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo’lishi bilan tegishli 
boshlang’ich hujjatlarda qayt etiladi hamda axborot sifatida rasmiylashadi.

Turli-tumanligi – hodisa va voqealar ko’’gina manbaalarda qayt etilib, hajmi, 
mazmuni, shakli jihatidan bir- biridan farqlanadi.

Ommaviyligi va hajmining kengligi –ko’’gina iqtisodiy axborotlar tegishli shaklga 
ega bo’lganligi, hisobot shakllarining yuqori organlar tomonidan tasdiqlanilganligi ularni 
tushunishni, bilishni osonlashtiradi. 



Ma`lum davrlarda takrorlanib turishligi –tasdiqlangan me`yoriy hujjatlar muntazam 
to’lg’azilib tegishli tashkilotlarga to’shirilish ko’zda to’tiladi, hisobot davrlari- choraklar, yarim 
hamda yillik muddatlarga bo’linib axborotlar to’ziladi. 

Qonunlashganligi va chegaralanganligi –barcha iqtisodiy axborotlar davlat 
tashkilotlari, moliya vazirligi, makroiqtisod vazirligi va soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan 
shakllarga asoslanib to’ziladi. Bozor iqtisodi sharoitida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim 
ma`lumotlar boshqalar uchun maxfiy bo’lib, faqat egasining ruxsati bilan e`lon qilinishi mumkin. 

Ko’’ qirraliligi va sermazmunligi –iqtisodiy axborotlar miqdoriy va qiymat 
o’lchamlarida ko’rsatiladi, boshlang’ich hujjatlarda korxona nomi, imzo chekuvchilarning nasl-
nomasi, davri va mahsulotlarning turlari ko’rsatilgan holda rasmiylashadi. 
Iqtisodiy ma`lumotlarni aksariyat qismini hisob axborotlari tashkil etib, buxgalteriya, 
statistika va tezkor hisoblar majmuidan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi ma`lumotlari iqtisodiy tahlil axborotlari tarkibida 70 foizdan ortiq 
salmoqni egallaydi.
Tahlil uchun kerakli manbaalar quyidagi talablarni bajarishi lozim: 
1.
Xaqqoniylik va holisonalik tamoiliga amal qilinadi. 
2.
Manbaalar tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo’lmog’i lozim, ya`ni reja, hisob va 
statistik malumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to’liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni 
bajarishi kerak. 
3.
Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbaalar aniq o’lchamda aks ettirilishi 
lozim. 
4.
Barcha manbaalarning umumiy birligi va uzviy bog’liqligi saqlaniladi hamda ulardagi 
axbarotlar bir-birini to’ldirib turilishini taqozo etadi. 
5.
Manbaalarga kiritilgan ko’rsatkichlarni aniqlanish tamoillari va aks ettiriladigan 
davrlar mosligi zarurdir va hakozolar. 
Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning aniq bajarilishi, 
sermazmun bo’lishligiga imkon yaratadi.
Xo’jalik faoliyatini avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tashkil etish deyilganda, 
elektron hisoblash mashinalari (kom’ yuterlar) yordamida va iqtisodiy matematik usullarini 
qo’llagan holda ishlab chiqarishning muhim sohalarini aniq va to’g’ri boshqarish vazifalarini 
amalga oshirish maqsadida tashkil etish tushuniladi.

Yüklə 139,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin