Tahlilda qo’llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajratishimiz mumkin
bo’ladi:
1.
Reja ma`lumotlari manbalari;
2.
Hisob va hisobot ma`lumotlari manbalari;
3.
Qo’shimcha ma`lumotlar manbai.
Reja ma`lumotlari manbalari tarkibiga biznes reja ko’rsatkichlari, belgilangan limitlar, belgilangan
norma va normativlar, shartnoma ko’rsatkichlari kiradi.
Hisob va hisobot ma`lumotlari manbalariga buxgalteriya hisobi va hisoboti ma`lumotlari, statistik
hisob va hisobot ma`lumotlari, o’erativ hisob va hisobot ma`lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy
ma`lumotlar manbai bu buxgalteriya hisobi va hisoboti ma`lumotlari bo’lib, ular korxona xo’jalik
faoliyatining barcha jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bunda mablag’lar harakati, ularning manbalari,
ularning xo’jalik aloqalari aks etadi.
Buxgalteriya balansida mablag’lar, ularni manbalarining joylashishi va hosil bo’lish manbalariga
qarab ifodalanadi.
Statistik hisob va hisobot ma`lumotlari tahlil uchun asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Bu hisobotda
hodisa va jarayonlarning jami ko’rsatiladi, ularni miqdor jihatdan xarakterlaydigan muayyan iqtisodiy
qonunlarni aniqlaydigan tarzda aks ettiriladi.
O’erativ hisob va hisobot ma`lumotlari buxgalteriya hisobi va hisoboti ma`lumotlariga va statistik
hisobot ma`lumotlariga nisbatan zarur informatsiyani bir muncha tezroq olishga imkon beradi.
Iqtisodiy tahlilni yanada chuqurroq amalga oshirish uchun hisob ma`lumotlariga taaluqli
bo’lmagan, ya`ni qushimcha ma`lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi. Bunday ma`lumotlar tarkibiga
bank, moliya, soliq ins’ektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, ins’ektorlarni taqdim etgan
ma`lumotlari, auditor xulosalari, radio va televideniya ma`lumotlari, ommaviy axborot vositalari
manbalari, ishchi va xizmatchilar bilan bo’lgan muloqot natijalari kiradi.
Odatda tahlil ma`lumotlari va ularni natijalari uni kim va nima maqsadda o’tkazilganligiga qarab
turli shaklda umumlashtirilishi mumkin. Korxona va tashkilotlarni xo’jalik faoliyati tahlilining natijalari
analitik mavzular yoki xo’jalikni yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko’rinishida ifoda etiladi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o’tkazganligimizga qarab
bajariladi. Masalan, korxonalarning yillik hisoboti asosida o’tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy
xulosalar yozish va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi
boshqa tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislarni ma`ruzasi, korxona rahbarining buyrug’i,
jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtirilishi mumkin.
Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natijalar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar hamda
yutuqlar aniq raqamlarda va faktlar bilan ko’rsatilgan bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, yo’l qo’yilgan
kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari, ya`ni takliflar ham ko’rsatiladi.
Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlashtirishga korxonaning umum majlis
materiallari, turli xil diagramma, jadval va grafiklar tuzib mehnatkash ommaga ko’rsatma sifatida osib
qo’yish, oynoma va ro’znoma saxifalarida ma`lumotlarni cho’ etish, axborot doskalaridagi
ko’rsatkichlarni e`lon qilib borish ham hisoblanadi.
Analitik yozuv korxona va tashkilotlarni xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha yillik yoki choraklik
hisobotiga tushuntirish xatlari, yuqori tashkilotlarni ularga bo’ysinuvchi tashkilotlar xulosalari kabi
bo’ladi.
Tushuntirish xati rejani bajarilishi haqidagi umumiy xarakteristikada va ko’rsatkichlarni avvalgi
davrlarga nisbatan o’zgarganlik ma`lumotlaridan boshlanadi. So’ngra natijaning rejadan tafovuti
sabablari, ayrim omillarning o’zaro bog’lanishi va ularning xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlari ifodalanadi.
Analitik hisob – kitoblar analitik jadvallar ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Ularni har biriga
xulosalar va ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligini yechib beruvchi matnli ilovalar beriladi.
Bayonnomani xotima qismida xulosalar, aniqlangan kamchiliklarni tuzatish yo’l-yo’riqlari, ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishga doir rezervlardan foydalanish yuzasidan konkret (aniq) takliflar
bayon qilinadi. Bayonnoma tushunarli, ilmiy asoslangan, ixcham, analitik jadvallar bilan bog’langan
bo’lishi kerak bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday tahlil korxona rahbarining xaridorlarni
umumiy yig’ilishidagi ma`ruzasi uchun zarur bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi sub`ektlarni moliyaviy va boshqaruv tahlil qilishdan olinadigan natija uni
axborot va metodik qo’llanmalar bilan ta`minlanganlik darajasiga bog’liq. Tahlilni axborot bilan
ta`minlashda bosh rolini buxgalteriya hisobi va hisoboti egallaydi, sababi bu manbalarda xo’jalik faoliyati
va uning natijalari o’z aksini to’gan. Birlamchi va jamlangan hisob registoridagi ma`lumotlarni o’z
vaqtida va to’la-to’kis tahlil qilish rejani bajarilishiga, xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratiladi.
Ayniqsa yillik moliyaviy hisobot ma`lumotlarini mazmunan tekshirish tahlil ishlarini samarali
o’tishini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda ma`lumotlarni tahlil qilishdan oldin
ularning to’g’riligi tekshirib olinadi. Ma`lumotlarning to’riligiga ishonch hosil qilish uchun esa ayrim
ko’rsatkichlarni ma`lum bir hisobot ma`lumotlari bilan taqqoslab ularning bir-biriga mosligi o’rganiladi.
Agar bir xil ko’rsatkichlar turli manbalarda bir xil tartibda aks ettirilgan bo’lsa, u holda ushbu
ma`lumotlar qo’g’ri deb tan olinishi mumkin bo’ladi.
Moliyaviy hisobotning turli shakllaridagi ma`lumotlarni bir - biriga mosligini o’rganish quyidagi
jadvalda keltirilgan(3.1-jadval).
|