3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 1


Tahlilda qo’llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajratishimiz mumkin



Yüklə 139,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix16.12.2023
ölçüsü139,98 Kb.
#183872
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 1

Tahlilda qo’llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajratishimiz mumkin 
bo’ladi: 
1.
Reja ma`lumotlari manbalari; 
2.
Hisob va hisobot ma`lumotlari manbalari; 
3.
Qo’shimcha ma`lumotlar manbai. 
Reja ma`lumotlari manbalari tarkibiga biznes reja ko’rsatkichlari, belgilangan limitlar, belgilangan 
norma va normativlar, shartnoma ko’rsatkichlari kiradi. 
Hisob va hisobot ma`lumotlari manbalariga buxgalteriya hisobi va hisoboti ma`lumotlari, statistik 
hisob va hisobot ma`lumotlari, o’erativ hisob va hisobot ma`lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy 
ma`lumotlar manbai bu buxgalteriya hisobi va hisoboti ma`lumotlari bo’lib, ular korxona xo’jalik 


faoliyatining barcha jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bunda mablag’lar harakati, ularning manbalari, 
ularning xo’jalik aloqalari aks etadi. 
Buxgalteriya balansida mablag’lar, ularni manbalarining joylashishi va hosil bo’lish manbalariga 
qarab ifodalanadi. 
Statistik hisob va hisobot ma`lumotlari tahlil uchun asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Bu hisobotda 
hodisa va jarayonlarning jami ko’rsatiladi, ularni miqdor jihatdan xarakterlaydigan muayyan iqtisodiy 
qonunlarni aniqlaydigan tarzda aks ettiriladi. 
O’erativ hisob va hisobot ma`lumotlari buxgalteriya hisobi va hisoboti ma`lumotlariga va statistik
hisobot ma`lumotlariga nisbatan zarur informatsiyani bir muncha tezroq olishga imkon beradi. 
Iqtisodiy tahlilni yanada chuqurroq amalga oshirish uchun hisob ma`lumotlariga taaluqli 
bo’lmagan, ya`ni qushimcha ma`lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi. Bunday ma`lumotlar tarkibiga 
bank, moliya, soliq ins’ektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, ins’ektorlarni taqdim etgan 
ma`lumotlari, auditor xulosalari, radio va televideniya ma`lumotlari, ommaviy axborot vositalari 
manbalari, ishchi va xizmatchilar bilan bo’lgan muloqot natijalari kiradi.
 
Odatda tahlil ma`lumotlari va ularni natijalari uni kim va nima maqsadda o’tkazilganligiga qarab 
turli shaklda umumlashtirilishi mumkin. Korxona va tashkilotlarni xo’jalik faoliyati tahlilining natijalari 
analitik mavzular yoki xo’jalikni yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko’rinishida ifoda etiladi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o’tkazganligimizga qarab
bajariladi. Masalan, korxonalarning yillik hisoboti asosida o’tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy 
xulosalar yozish va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi 
boshqa tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislarni ma`ruzasi, korxona rahbarining buyrug’i,
jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtirilishi mumkin. 
Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natijalar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar hamda 
yutuqlar aniq raqamlarda va faktlar bilan ko’rsatilgan bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, yo’l qo’yilgan 
kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari, ya`ni takliflar ham ko’rsatiladi. 
Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlashtirishga korxonaning umum majlis
materiallari, turli xil diagramma, jadval va grafiklar tuzib mehnatkash ommaga ko’rsatma sifatida osib
qo’yish, oynoma va ro’znoma saxifalarida ma`lumotlarni cho’ etish, axborot doskalaridagi 
ko’rsatkichlarni e`lon qilib borish ham hisoblanadi. 
Analitik yozuv korxona va tashkilotlarni xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha yillik yoki choraklik 
hisobotiga tushuntirish xatlari, yuqori tashkilotlarni ularga bo’ysinuvchi tashkilotlar xulosalari kabi 
bo’ladi. 
Tushuntirish xati rejani bajarilishi haqidagi umumiy xarakteristikada va ko’rsatkichlarni avvalgi 
davrlarga nisbatan o’zgarganlik ma`lumotlaridan boshlanadi. So’ngra natijaning rejadan tafovuti 
sabablari, ayrim omillarning o’zaro bog’lanishi va ularning xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlari ifodalanadi. 
Analitik hisob – kitoblar analitik jadvallar ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Ularni har biriga 
xulosalar va ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligini yechib beruvchi matnli ilovalar beriladi. 
Bayonnomani xotima qismida xulosalar, aniqlangan kamchiliklarni tuzatish yo’l-yo’riqlari, ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishga doir rezervlardan foydalanish yuzasidan konkret (aniq) takliflar 
bayon qilinadi. Bayonnoma tushunarli, ilmiy asoslangan, ixcham, analitik jadvallar bilan bog’langan 
bo’lishi kerak bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday tahlil korxona rahbarining xaridorlarni 
umumiy yig’ilishidagi ma`ruzasi uchun zarur bo’ladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub`ektlarni moliyaviy va boshqaruv tahlil qilishdan olinadigan natija uni 
axborot va metodik qo’llanmalar bilan ta`minlanganlik darajasiga bog’liq. Tahlilni axborot bilan 
ta`minlashda bosh rolini buxgalteriya hisobi va hisoboti egallaydi, sababi bu manbalarda xo’jalik faoliyati 
va uning natijalari o’z aksini to’gan. Birlamchi va jamlangan hisob registoridagi ma`lumotlarni o’z 
vaqtida va to’la-to’kis tahlil qilish rejani bajarilishiga, xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratiladi. 
Ayniqsa yillik moliyaviy hisobot ma`lumotlarini mazmunan tekshirish tahlil ishlarini samarali 
o’tishini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda ma`lumotlarni tahlil qilishdan oldin 
ularning to’g’riligi tekshirib olinadi. Ma`lumotlarning to’riligiga ishonch hosil qilish uchun esa ayrim 
ko’rsatkichlarni ma`lum bir hisobot ma`lumotlari bilan taqqoslab ularning bir-biriga mosligi o’rganiladi. 
Agar bir xil ko’rsatkichlar turli manbalarda bir xil tartibda aks ettirilgan bo’lsa, u holda ushbu 
ma`lumotlar qo’g’ri deb tan olinishi mumkin bo’ladi.
Moliyaviy hisobotning turli shakllaridagi ma`lumotlarni bir - biriga mosligini o’rganish quyidagi 
jadvalda keltirilgan(3.1-jadval). 



Yüklə 139,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin