3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja


Ishlab chiqarishning ommaviy turi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#166775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
3 (3)

Ishlab chiqarishning ommaviy turi. 
Ommaviy ishlab chiqarish bir xildagi mahsulotni 
uzluksiz ravishda uzoq davr davomida ko’plab va takroran ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi. 
Uchastkada, liniyada, ish joyida ishlab chiqarish jarayoni qat’iy ravishda qaytariladi. Bunday 
korxonalar dam-badam bir yoki ikki xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. 
Ishlab chiqarishning ommaviy turi quyidagi asosiy xususiyatlari bilan xarakterlanadi: 

mahsulotning uncha ko’p bo’lmagan nomenklaturasini doimiy ravishda ko’plab 
ishlab chiqarish

doimiy ravishda biriktirilgan bitta operatsiyani bajarish uchun ish joyini 
ixtisoslashtirish; 

maxsus uskunalar va yuqori unumli anjomlarning ulushini ma’lum darajada 
ko’paytirish; 

mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan jarayonlarning ulushini ko’paytirish va 
qo’l mehnati bilan bajariladigan ishni keskin kamaytirish

ishlab chiqarish jarayonini qisqartirish (seriyalab ishlab chiqarishga nisbatan); 

ishlab chiqarishni boshqarish funktsiyasini markazlashtirish va operativ 
rejalashtirish. 
Korxona ishining iqtisodiy samaradorligini oshirish ko’p jihatdan o’ziga xos har xil tipdagi 
ishlab chiqarish bilan aniqlanadi va yanada ilg’or texnologiyani joriy qilish va ishlab chiqarishni 
tashkil etish bilan belgilanadi. Masalan, donalab ishlab chiqarishda korxonalarning maxsus qayta 
qurollanishiga ketadigan xarajatlarning tannarxdagi ulushi 1,5-2,5 foizni, seriyali turida 5-6,0 
foizni va ommaviyda esa 8-12 foizni tashkil etadi. 
Korxonalarda qo’llaniladigan ishlab chiqarishning hozirgi zamon usullari quyidagi 
ko’rinishlarda bo’ladi: a) uzluksiz (potok); b) partiyalab va v) donalab ishlab chiqarish. Bularning 
bir-biridan 
farqi 
ish 
joyini 


ixtisoslashtirish darajasi, mehnat buyumlarining ish joyidagi xarakat usuli, Sex va uchastkalarning 
qurilish usullari, ritmlilik va uzluksizlik darajasi bilan belgilanadi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin