Ishlab chiqarish samaradorligi Samaradorlik - bu foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat
qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish
kerak.
Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki
resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, Samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan
ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o’zaro nisbatidir.
natija natija S = ---------------- = ---------------------------------------------------- xarajatlar mexnat, moddiy va moliyaviy resurslar Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini farqlaydilar. Samaradorlikni
iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo’lish shartli bo’linish hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish
jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan natijalarning hammasi
iqtisodiy va ma’lum ma’noda ijtimoiy samara deb aytish mumkin.
Bu yerda shuni eslatib o’tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning sunhiy
bo’linishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan tashqarida bo’lmagani
kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo’lmaydi. Demak, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.
CHunki amalga oshirilgan har bir ish ayni vaqtda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko’rsatadi. Masalan,
mahsulot ishlab chiqarish, boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini
oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara material, mehnat, pul va boshqa resurslarni
tejash tufayli erishilgan miqdor, vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini
tejash, ish vaqtining zoe ketishini kamaytirish, mablag’lar oborotini tezlashtirish, mahsulot
yetishtirish hajmini o’stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi.