3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#166775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
3 (3)

Ijtimoiy samaradorlik
shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan 
tadbirlarni amalga oshirishning samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlarini 
yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, soha tovarlarining 
aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, 
kadrlar tayyorlash bo’yicha xarajatlarning o’sishi bilan tavsiflanadi. 
Ushbu samaralar ishlab chiqarishning o’zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan 
mehnat tufayli ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlar tahriflanishini nazarda tutsak, ularni 
ijtimoiy-iqtisodiy samara deb atasak bo’ladi. 
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati uning mezoni va ko’rsatkichlar tizimida aks etadi. 
Mezon masalasi
iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi hisoblanadi. 
Falsafiy ma’noda mezon-bu asosiy o’lchov, muhim farqli belgi, asosiy nuqtai nazardir. SHular 
asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizni ob’ektiv haqiqatligini, to’g’riligini va 
ishonchliligini aniqlash, haqiqatni anglashmovchiliklardan farq qilish mumkin. 
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan oqilona 
foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish 
kerak bo’ladi. Demak, samarani o’lchaganda mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning 
unumdorligini oshirish qabul etiladi

Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi deganda xarajatlar va resurslarning 
ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqdori 
tushuniladi. 
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim turlaridan 
foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo’llaniladi va umuman xalq xo’jaligi


bo’yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish ob’ektlari bo’yicha hisoblab chiqiladi. Bunday 
samaradorlikni aniqlash xarajatlar va resurslar samaradorligi darajasini, samaradorlikning asosiy 
yig’imlarini aks ettiruvchi differentsiyalangan ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadi. 
Bunday ko’rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan mahsulotning mehnat 
sig’imi, material sig’imi, fond sig’imi, kapital sig’imi kiradi. 
Mehnat sig’imi
milliy daromad, sof foyda, yalpi tovar mahsulotning yoki natural shaklda
ifodalangan mahsulot birligiga sarflangan xarajat miqdorini tavsiflaydi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin