3-mаvzu: Ishsizlik iqtisodiy sotsiologiya predmeti sifatida. Ish haqi va migratsiya. Reja


Ishsizlikni boshdan kechirish xususiyatlari va ularning omillari



Yüklə 25,89 Kb.
səhifə4/7
tarix17.05.2023
ölçüsü25,89 Kb.
#115304
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Sirtqi

8.Ishsizlikni boshdan kechirish xususiyatlari va ularning omillari. Ishsizlikni boshdan kechirish – keng va integrativ kategoriya hisoblanadi. U o‘zida qo‘yidagi hollarni namoyon qiladi:

  • insonning ishsizlik holati va ishsizlik xavfini tushunib yetish xususiyati;

  • insonning ishsizlikka bo‘lgan qarashi va unga o‘rganish, ko‘nikish xususiyati.

Yosh ishsizlarga nisbatan katta yoshdagi ishsizlarga og‘ir, chunki yoshlarda kasbiy bilim olishg imkoni ko‘proq. Ishsizlik davri erkaklar uchun ayniqsa og‘ir kechadi, chunki ular ishga ma'naviy ehtiyoj va ijtimoiy javobgarlik sezishadi. Yangi ishga kelgan odamga nisbatan ko‘p yillardan buyon shu korxonada ishlab kelgan odamga ishdan bo‘shash juda «alam» qiladi.
Inson ishsiz paytidagi ahvolini baholashda oilaviy daromadini inobatga oladi. Masalan, oila a'zolarining bittasi ishini yo‘qotsa, uning keltiradigan daromadi shu oilaning ishlaydigan boshqa a'zolari daromadi bilan qoplanadi. Lekin daromad topuvchisi bitta bo‘lgan va u ham ishdan bo‘shagan oilaning ahvoli moddiy jihatdan juda murakkablashadi.
Ishchini ishdan bo‘shatilgach, u va ish joyi orasidagi aloqalar uzilishi mumkin. Ba'zida bu hol juda og‘ir kechadi. Amaliyotda buning boshqa varianti ham mavjud – ishchi haqiqatdan ham ishlashni va ish haqi olishni to‘xtatadi, rasman esa korxonaning kadrlar shtatida qolaveradi. Shunday qilib, u sharoit yaxshilanganda avvalgi ish joyiga qaytishi uchun imkoniyat yaratiladi, shu bilan birga inson ushbu korxonadagi ish joyiga raqobat qilish zaruriyatidan xalos bo‘ladi. Bunday tizim unda ishsizlik muhofazalanganiga ishonch uyg‘otadi, korxonaga sadoqatini, ishga rag‘batini oshiradi. Lekin vaqt o‘tgan sayin odam o‘zini ishdan vaqtincha emas,. Butunlay bo‘shatilgandek his qila boshlaydi. Bundan tashqari «vaqtincha bo‘shatilish» tizimi ishchini (yangi ish qidirish o‘rniga) chalg‘itishi, xotirjam qilib qo‘yishi ham mumkin.
Ishchi-xizmatlarning malakali kategoriyalari ishsizlik muammosini o‘zgacha boshdan kechiradilar. O‘qishga ketgan ortiqcha mablag‘, vaqt, kuch sarflarini eslash ular uchun og‘ir kechadi; ijodiy rejalar qilish imkoniyati yo‘qoladi. Ko‘pincha «ta'lim olgan kadrlar» o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishini yo‘qotganidan keyin, ikkinchi mutaxasislik bo‘yicha ta'lim olish uchun na iqtisodiy, na jismoniy jihatdan qodir bo‘ladilar.
O‘z xususiyatlariga ko‘ra odamlar ishsizlikni har xil qabul qiladi. Ba'zilar hayotiy tajribasini va ijtimoiy qodirlik qobiliyatini yuqori baholab, barcha hayotiy muammolarini yechishga tayyor ekanligini ta'kidlaydilar, ayrimlar esa bu borada aksincha holat kuzatiladi.
Faoliyatsizlik omili ham muhim ahamiyatga ega. Ishsiz qolish ehtimoli bor ba'zi ishchilar yangi ish qidirishni, ba'zilari esa moslashish oson bo‘lgan ish joyining topilishini, ahvol yaxshilanishini kutishni afzal ko‘radilar. Ba'zilar ishsizlik maqomini olishdan uyalib, ishsizlik nafaqasidan sal ko‘proq haq olib bo‘lsa ham, ishlashni afzal ko‘rsalar, ayrimlar esa kam ish haqi olgandan ko‘ra, ishsizlik nafaqasi olishni ma'qul biladilar. Odamlar har xil bo‘lgani uchun mehnat daftarchasidagi ishsizlik haqidagi yozuvga ham har xil qaraydilar.
Tabiiyki, bo‘shatilgan ishchilar guruhidagilarning bo‘shatilgan ba'zilari o‘zlarini o‘zlari kabilarga nisbatan yaxshi his qilishlari mumkin. Guruhiy ishsizlik ko‘pincha «g‘avg‘oli», «shovqinli» xarakterga va ochiq, nizoli norozilik shakllariga ega.
Ishsizlikning qanday kechishi nafaqa olish jarayonining qiyin yoki osonliligi bilan ham bog‘liq. Ishsizlarning mehnat birjalari va bandlik markazlariga bo‘lgan munosabati ham har xil. Ular mehnat birjalarini kuchli, yangi va yaxshi ish beradigan, yordam ko‘rsatadigan kuchli yoki «oddiy» odamlarning muammolariga befarq qaraydigan, yordam ko‘rsatmaydigan va o‘ziga jalb etmaydigan ishlarni taklif etadigan tashkilot sifatida qaraydilar.
Ishsizlikni boshdan kechirish xususiyatlari har xil tur va toifadagi odamlarning ijtimoiy-psixologik darajasini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi. Bu xususiyatlarni ish beruvchi o‘zining kadrlar bo‘yicha qabul qiladigan qarorlarida hisobga olishi lozim.

Yüklə 25,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin