V.N.Myasishchevninr munosabatlar psixologiyasida bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarining yoritilishi
V.N.Myasishchev (1892-1973)-rus psixologi, shaxs munosabatlari konsepsiyasininr ijodkori. Mazkur konsepsiyaga kupa, shaxsning asosini uning atrof olamga va о‘z-о‘ziga bо‘lgan munosabatlar tizimi tashkil etadi. Munosabatlar tizimi inson ongida atrof voqelikning aks ettirilishi natijasida paydo bо‘ladi, uning о‘zi ham voqelikni aks ettirishning shakllaridan biridir. V.N.Myasishchev insonning rivojlanishida faoliyatning rolini kamsitmagan xolda odamlar uptasida hamkorlik, о‘zaro yordamni talab kiluvchi munosabatlar tarkib topmagan takdirda faoliyatning о‘zi asosiy psixik sifatlarining shakllanishida neytral jarayon bо‘lib kolishi mumkin, degan xulosaga keladi. Psixologlar uptasidagi 6axs-munozaralar natijasida shu narsa ma’lum buldiki, munosabatni faoliyat yoki harakat sifatida talkin etib bо‘lmaydi, xatto, munosabat kо‘p jihatdan harakatga teskaridir. Birinchidan, munosabat maqsadra ega bо‘lmaydi va u ixtiyoriy bо‘lishi mumkin emas; ikkinchidan, munosabat jarayon emas, u fazo va vaqtga chegaralanmagan; uchinchidan, munosabat maxsus tashqi madaniy vositalar bilan amalga oshirilmaydi, u umumlashma shaklda о‘zlashtirilishi mumkin emas. Munosabat har doim individualdir. Birok munosabat harakat bilan chambarchas bog‘liqdir. U harakatni keltirib chiqaradi, о‘zi ham harakat davomida shakllanishi va о‘zgarishi mumkin. Munosabat harakat manbai ham, natijasi ham bо‘lishi mumkin, ammo bо‘lmasligi ham mumkin. Chunki munosabat har doim ham tashqi faollikda namoyon bо‘lmaydi.Kolaversa, inson ayni damda yoki umuman mavjud bо‘lmagan faqat uning о‘z ongida mavjud narsalarga ham qandaydir mynoca6atda bо‘lishi mumkin.
V.N.Myasishchevning ta’kidlashicha, munosabat subyekt va obyekt mavjud bо‘lgan joyda vujudga keladi. Odamning psixologik munosabatlari uning obyektiv vokelik bilan bо‘lgan ongli aloqalarini ifodalydi. B.N.Myasishchev mazkur voqelikning 3 kategoriya sini ajratib kо‘rsatdi; 1) tabiat xodisalari va narsa-buyumlar olami; 2) odamlar va ijtimoiy xodisalar; Z) subyektning о‘zi. Tabiatni idrok etish kо‘p jihatdan ijtimoiy tajriba ta’siriga tobe bо‘ladi, odamning о‘ziga bо‘lgan munosabat uning boshqalarga bulgamn munosabati va boshqalarning unga bо‘lgan munosabati bilan belgilanadi. Shu sababli psixologik munosabatlar tizimida V.N.Myasishchev odamning boshqa odamlar bilan bо‘lgan munosabatlari birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. V.N.Myasishchevning ta’kidlashicha, odamning atrof voqelikka bо‘lgan munosabatining turlariga extiyojlar, emotsiyalar, qiziqish va e’tiqod kiradi.
V.N.Myasishchev о‘z ilmiy qarashlarida munosabatning bilish jarayonlari bilan bо‘lgan aloqasini yoritib berishga uringan. Idrok voqelikni hissiy aks ettirish shaklidir. Idrokning mustaxkamligifaol ijobiy munosabatni talab kiladi, obyektga nisbatan befarq munosabat xukmron bо‘lgan sharoitda idrok jarayoni ham beqaror bо‘ladi. Idrokning tanlovchanligi ham turli obyektlarga nisbatan inson turlicha munosabatda bо‘lishi bilan bog‘liqdir. Biron ma’lumotni mustaxkam eslab kolish ham unga bо‘lgan qizikish va emotsional munosabatga bog‘liqligi kо‘plab tajribalarda о‘z tasdig‘ini topgan. Tafakkur voqelikii bilvosita aks ettiradi, ammo tafakkurning mantikiy shakli bо‘lgan xukmlarda ham shaxsiy munosabat ifodalanadi. Shu tufayli aynan bir xodisa xaqidagi har xil insonlarning xukmlari bir biridan farqlanishi mumkin.
Insonning rivojlanishi masalasini ham V.N.Myasishchev munosabatlarning shakllanishi bilan chambarchas bog‘laydi. Kuzatishlar va tabiiy eksperimentlarning kо‘rsatishicha, shartsiz reflektor refaollik paydo bо‘ladi. Ikki yoshdayoq xali unchalik beqaror bо‘lmasa-da, bolada uning muayyan narsa va xodisalarga bо‘lgan munosabatini ifodalovchi«xoxlayman-xoxlamayman» , «kerak-kerak emas» , "qiziq-qizik emas» kabi sо‘zlar jurligida amalga oshiriladigan reaksiyalarni kuzatish mumkii. Eng muximi, bola reaksiyasining mazmuni ishlatayotgan sо‘zlarining mazmuni bilan hamoxangdir. Ikki-uch yoshdan boshlab bolalar ancha anik namoyon buluvchi tanlovchan munosabatlarni namoyon etadilar. Bu munosabatlar orasida ota--onasiga, bolalarga, tarbiyachilarga, о‘yinlarga bо‘lgan munosabat, ayniqsa, yorkin namoyon bо‘ladi. Munosabatlarning ayrim xususiyatlari bu yoshdayoq xarakterning sifatlari mustaqillik, tashabbuskorlik, muloqotchanlik va boshqalarda namoyon bо‘ladi. Ushbu yosh davrida munosabatlar vaziyat bilan bog‘liqligi va tez о‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Munosabatlarning xarakteri va rivojlanish darajasi mazkur yosh davrida birinchi navbatda kattalar tomonidan belgilanadi. Maktab yoshi davrida bolaning voyelik bilan bо‘lgan munosabatlari yanada murakkablashadi va turli - tuman bula boshlaydi. Munosabatlar tizimida yangilik - oiladan tashkari majburiyatlar va majburiy о‘quv faoliyatining paydo bо‘lishi yuz beradi. Bu davrda munosabatlar tizimi obyektiv zarurat talablari bilan belgilanadi. Shu tarika nazariy qarashlariga kupa, V.N.Myasishchev insonning psixik rivojlanishi uning atrof vokelik va eng avvalo boshqa odamlar bilan bо‘lgan munosabatlari tizimining murakkablashib, kengayib borishiga bog‘liq, bо‘ladi, degan g‘oyani ilgari suradi.
Shunday qilib, rus psixologlari - L.S..Vigotskiy, A.N.Leontyev, V.N.Myasishchev ilmiy qarashlarining qisqacha taxlili shuni kо‘psatadiki, ushbu olimlarning izlanishlarida inson psixik tarakqiyoti masalasi markaziy о‘pin egallagan. Har bir olim о‘z ilmiy yondashuviga ega bо‘lgan bо‘lsa-da, ularning barchasini psixik taraqkiyotning manbalari va qonuniyatlarilari bilan bog‘liq muammolarni о‘rganish rus psixologlarining ushbu muammolarni о‘rganish soxasida qо‘lga kiritgan yutuklariri psixologiya fanining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining taraqqiyoti uchun xizmat qildi va qilib kelmokda.
Dostları ilə paylaş: |