3-mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning to’la shakllanishi. A. Smit va d. Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari reja


D.Rikardo ta’limotining ahamiyati



Yüklə 59,15 Kb.
səhifə8/13
tarix02.06.2023
ölçüsü59,15 Kb.
#121931
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3-MAVZU

5.D.Rikardo ta’limotining ahamiyati

D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti to’g’risida funadamental fikrlar berdi. Iqtisodchi J.S.Mill bilan do’stona munosabatda bo’lgan.


Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to’laroq tushundi, uning fikrlari nisbatan teran bo’lib, klassik iqtisodni nihoyasiga yetkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi. Uning dastlabki «Oltin ajdahosi to’g’risida uch xat» (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag’ishlandi. 1824 yilda yozilgan «Milliy bank tuzishning rejasi» asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi.
Rikardo umrining oxirgi 4 yilini Angliya parlamenti a’zosi sifatida o’ziniig iqtisodiy g’oyalarini amalga oshirish uchun sarfladi. Parlamentda «non qonunlari»ni bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, erkin savdo va erkin matbuot, yig’ilishlar erkinligini qo’llovchi no’tqlar bilan chiqqan. 1821y. u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil etilgan.
U Smitning g’oyalarini qo’llash bilan birga uni to’ldirdi va qarshi fikrlarni ham ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-birlariga qarama-qarshi ekanligini ochib berdi, ma’lumki Smitda bu manfaatlar bir edi, Rikardo yer egalarining manfaati ishchi va kapitalistlarnikiga qarshi deb uqtiradi.
Rikardodagi bu o’zgarishlarga tarixiy, iqtisodiy va sosial omillar mavjud, ulardan eng muhimi shuki, XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlarida Angliyada sanoat to’ntarilishi ro’y berdi va bu jarayon asosan nihoyasiga yetkazildi. Oqibatda Angliya ko’p yillar davomida «dunyo fabrikasi» nomini oldi, sanoat ayniqsa tez o’sdi, ishchilar soni ortdi, shaharlar ko’paydi, lekin mehnatkashlarning qashshoqlanishi va ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi, ya’ni differensiasiya yuz berdi. Mashina sanoatining rivoji tufayli ish kuni 12-13 soatgacha o’zaydi, mehnat sharoiti esa yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo’shimcha qismiga aylandi, xalq ommasi ko’rashga otlandi, ludditlar (mashina sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga o’t qo’yildi. Ammo sanoat inqilobi davrida proletariat xali yagona, uyushgan sinfga aylanmagan edi. Kapitalizm esa rivojlanayotgan tuzum edi, burjuaziya-soxibkorlar ham feodalizm qoldiklariga qarshi chiqib, progressiv rol o’ynagan edi.
Rikardoning 1815 yilda yozilgan «Nonga bo’lgan past bahoning kapital foydasiga bo’lgan ta’siri to’g’risidagi tajriba» nomli pamfletida sinflarning iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi qisqa, ammo lo’nda tarzda bayon etilgan. Uning asosiy xulosalari quyidagilardan iborat: agar iqtisodiyot rivoji o’z holiga qo’yilsa, aholining o’sishi va kam unumdor yerlarga ishlov berishga o’tilishi tufayli qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bahosi oshib boradi. Buning barcha foydasi yer egalari bo’lgan lendlordlarga o’tadi. Vaholanki kapitalga bo’lgan foyda normasi pasayadi. Bundan esa ishchilar ham ziyon ko’radi, chunki ularning mehnatiga talab pasayib boradi. Xo’sh, bu tendensiyaning oldini olish mumkinmi? Xususan, xorijdan arzon don import qilish kerak, demak, bundan «Non qonunlari»ni bekor qilish kerak degan xulosa chiqariladi (Angliyada non va donga yuqori baho qo’ygan maxsus qonun bor edi, uni «Non qonunlari» deb atalardi, bu qonunlar 1830 yilda to’la bekor qilindi). Rikardo parlament a’zosi sifatida doim erkin savdo uchun ko’rash olib bordi. Tarix bu g’oyaning to’g’riligini amalda isbotladi.
XVIII asrning oxirida (1789-1794 yillar) Farbiy Yevropadagi eng yirik burjua inqilobi Fransiyada ro’y berdi. Bu inqilob mamlakatdagi feodal munosabatlarga to’la barham berdi va kapitalizm (bozor)ning tez rivoji uchun yo’l ochib berdi, ammo bu o’zgarishlar tekis va ravon amalga oshmadi. Sanoat to’ntarilishi mashina industriyasini boshladi. Kapitalistik munosabatlarning bir qancha pozitiv tomonlari bilan birga anchagina negativ oqibatlari ham ko’rina boshladi. Ana shunday sharoitda klassik maktab vakillari yaratgan ta’limotlarni har tomonlama to’ldirish va qayta ko’rib chiqishga kirishildi, bu jarayon Fransiya, Angliya va AKShda XVIII asr oxiri - XIX asr 1-yarmida ro’y bera boshladi. Bu davrdagi ta’limotlarga xos xususiyat shu ediki, ularda barcha iqtisodiyot kategoriyalari to’laligicha emas, balki qisman, ya’ni ularning ayrimlari olinib, tadqiq qilindi. Fransiyada Sey, Bastia, Angliyada Maltus, Senior, AKShda Keri va boshqalar klassik iqtisodiy maktabni qayta ko’rib chiqish, uni to’ldirish, zamonga moslash istaklari bilan o’ziga xos ta’limotlar yuzaga kela boshladi.


XULOSA

XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to’la shakllandi, bu britaniyalik olim A.Smit tomonidan amalga oshirildi. Bu tasodifiy voqyea bo’lmay shu davrda Angliyada obyektiv shart-sharoitlar mavjud edi: burjua inqilobi manufakturadan fabrikaga o’tilishi, agrar islohot, kapitalning dastlabki jamg’arilishi, sinfiy va mulkiy differensiasiya va boshqalar. Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqyea va jarayonlarning mohiyati asosan to’g’ri talqin etib berildi. Yangi burjua jamiyati har tomonlama obyektiv asosda taxlil qilinib, uning progressiv tomonlari ko’rsatib berildi. Xususiy mulkning abadiyligi va daxlsizligi qo’llab-quvvatlandi.


Klassik maktab vakillari inson hohishiga bog’liq bo’lmagan obyektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunlar iqtisodiy tizimda tabiiy turg’unlikni ta’minlashga, o’z-o’zini boshqarishga qodir ekanligi tan olinadi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo’llanadi. «Ko’rinmas qo’l» yordamida avtomatik iqtisodiyot erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish qobiliyatiga egadir.
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoyillari aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to’g’ri ko’rib chiqilgan. Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo emas, balki mamlakatlar o’rtasida ham katta naf keltirishi isbotlab berildi (D.Rikardo), mutloq va nisbiy ustunlik prinsiplari ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish sohasidan qat’iy nazar (sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va hizmat...), mehnat jamiyat boyligining asosi ekanligi aniqlandi. Jamiyatning sinfiy tuzilishi asosan to’g’ri ko’rib chiqildi, ular o’rtasida keskin qarama-qarshilik yo’qligi ko’rsatilgan, bu jamiyatda iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli iqtisodiy inqirozlar inkor etildi.
Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo’lgan qiymat, pul, baho, foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to’la va to’g’ri ta’rif berilgan. Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bekamu-ko’st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan. Quyidagi A.Smitning mamlakat milliy boyligini ko’paytirish omillari chizmasi keltirilgan.



Yüklə 59,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin