QISQACHA XULOSALAR
XIX asrning o’rtalarida marksizm iqtisodiy ta’limoti vujudga keldi. Bu ta’limot bo’yicha kapitalizmning o’z davri uchun avvalgi formasiyalarga nisbatan ustunligi ijobiy tomonlari ko’rsatib berildi. qiymatning mehnat nazariyasi asosida ishchilarning ishlab chiqarish vositasidan mahrum qilinishi (yoki kapitalistlar tomonidan egallanishi) natijasida kapitalistlar qo’shimcha qiymat olish yo’li bilan doimo boyib borishar, ishchilarning " ekspluatasiya qilinishi va qashshoqlashib borishi " qonuni ochildi.
XIX asrning oxiri XX asr boshida kapitalizmning monopoliyalashgan davrida leninizm ta’limoti yuzaga keldi, unda marksizm g’oyasi to’ldirildi va rivojlantirildi. Unga ko’ra, kapitalizmning yemirilishi va proletar inqilobi nisbatan past rivojlangan, imperializm zanjirlari bo’sh bo’lgan ayrim mamlakatlarda ham ro’y berishi mumkinligi ko’rsatildi. Bu bashorat XX asr boshida qisman Rossiya, Mongoliya, II Jahon urushidan keyin bir qancha Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida oqlandi. 70 yildan ortiq davom etgan "sosialistik jamiyat qurish" tajribasi esa o’zini to’la oqlamadi.
Tayanch ibora va tushunchalar
Marksning jamiyat rivoji munosabati; qo’shimcha qiymat nazariyasi;
asosiy va aylanma kapital; kapitalning organik tuzilishi; aholi-
ning absolyut va nisbiy qashshoqlashuvi; Monopolistik kapitalizm; "xarbiy kommunizm"; Yangi iqtisodiy siyosat.
Dostları ilə paylaş: |