3-mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning to’la shakllanishi. A. Smit va d. Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari reja



Yüklə 59,15 Kb.
səhifə9/13
tarix02.06.2023
ölçüsü59,15 Kb.
#121931
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3-MAVZU

Tayanch tushuncha va iboralar

A.Smit; «Xalqlar boyligi»; mehnat taqsimoti; «iqtisodiy odam»; egoizm; «ko’rinmas qo’l»; «muomilaning buyuk g’ildiragi»; qiymatning mehnat nazariyasi; sinflar; ishlab chiqarish omillari va daromadlar to’g’risidagi nazariya; unumli va unumsiz mehnat; milliy boylik va «Smit dogmasi»; iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari; mutloq afzallik nazariyasi.


KLASSIK IQTISODIY MAKTABDA MUQOBIL G’OYALARNING MOHIYATI


1. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart sharoitlari.
2. K.Marks va F.Engels iqtisodiy g’oyalarining moxiyati.
3. V.Leninning sosialistik jamiyat iqtisodiyoti to’g’risidagi g’oyalari.
4. Markscha iqtisodiy g’oyalarning tarixiy taqdiri.


1. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari

Angliya, Fransiya, Germaniya kabi Yevropa mamlakatlarida XIX asr boshlaridayoq kapitalistik munosabatlar yetakchilik mavqyeini egallay boshladi. Mashina industriyasi tufayli sanoatning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyos oshdi. Biroq mazkur o’zgarishlar tekis va ravon amalga oshirilmayotganligi xam oydinlasha bordi. 30-40 yillarda vuddistlar va chartistlar (Angliya) harakati, 1831-1834 yy. Lion (Fransiya) va 1844y. Sileziya (Germaniya) dagi to’quvchilar qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi. Mehnatkash xalqning kapitalizmga nisbatan noroziligi va nafrati ko’payib bordi. Ish vaqtining uzunligi, maoshning kamligi, mulkiy va sinfiy tabaqalashuvning kuchayishi, ishsizlik, iqtisodiy inqrozlar noroziliklarning sabablari edi.


Ayni paytda, mehnatkashlarning qashshoqlashuvi jarayonini kuchayishi bilan bir qatorda nisbiy ortiqcha ishlab chiqarish mavjudligi oddiy holga aylanib qoldi. Mavjud ziddiyat va illatlar yechimi A.Smit, D.Rikardo, Sey, Prudon kabilarning tadqiqotlarida o’tkinchi va nojiddiy holda zamonga moslashtirish nuqtai nazaridan talqin etildi. Xayoliy sosialistlar (Sen-Simon, Sharl Furye va R. Ouen) faoliyatida esa, mavjud tuzum negizlarini (xususiy mulkchilik, sinfiy tabaqalashuv) o’zgartirmay jamiyatni isloh qilish yo’li bayon etiladi.
Mavjud tadqiqotlar ishchilarning kapitalistik munosabatlarga nafrati bilan bog’liq muammolar yechimini topishda yetarli bo’lmay qoldi. Bu esa kapitalizm tubdan islox qilish soxasidagi yangi tadqiqotlarni yuzaga keltirdi.
K.Marks va F.Engels asarlarida bunday tadqiqot amalga oshiriladi. V.I.Lenin esa Markscha g’oyani kapitalizm rivojining keyingi bosqichiga bog’lab rivojlantiradi.



Yüklə 59,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin