Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo‘g‘inlarga
bo‘linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta
taqsimlashda,
daromadlarni
shakllantirish
va
ulardan
foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-
birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi.
Moliyaviy tizimning har bir sohas
i va bo‘g‘iniga pul fondlari va
daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga
xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan,
korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni
yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YaIM bir
qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga
Moliyaviy tizim
Xo
‘jalik yurituvchi
subyektlar moliyasi
Davlat moliyasi va
mahalliy moliya
Tijorat korxonalari va
tashkilotlari moliyasi
Moliyaviy vositachilar
moliyasi
Notijorat tashkilotlar
moliyasi
Davlat
byudjeti
Byudjetdan tashqari
davlat
Maqsadli fondlari
Davlat
krediti
xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning
markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar,
tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta
taqsimlanadi.
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya”
sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida davlat byudjeti o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:
•
respublika byudjeti;
•
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlar.
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va
shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa
viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va
shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga
bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar
tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat,
tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti
tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar
byudjetidan tashkil topadi.
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o‘z
oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
•
daromadlar asosini mustahkamlash;
•
byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo‘lishini
ta’minlash;
•
modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni
innovatsion usulda rivojlanish xarajatlariga ustuvorlik berish;
•
soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘lish
tartibini qayta ko‘rib chiqish negizida mahalliy byudjetlar
daromad bazasini kengaytirish;
•
byudjet defitsiti darajasini kamaytirish;
•
byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako-
millashtirish;
•
G‘aznachilik tizimi ishini takomillashtirish, byudjet
mablag‘laridan samarali foydalanish ustidan nazoratni
kuchaytirish va h.k.
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari (davlat
maqsadli fondlari) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda
tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu
fondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi
yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli
manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu
ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va
boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni
qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va
ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan
shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning
uchun ham ularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va
mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi
maqsadga muvofiqdir.
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi
belgisi bo‘yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini
quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin:
•
ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat
maxsus fondlari;
•
tarm
oqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat
maxsus fondlari.
Ayrim hollarda hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat
maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin.
Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va
mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
•
Respublika yo‘l fondi;
•
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus
hisobvarag‘i;
•
Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi;
•
O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya
fondi.
Davlat maxsus fondlari tarkibida katta miqdordagi
mablag‘larning to‘planganligi sharoitida davlat moliyaviy
nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foyda-
lanishga va suiistemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy
resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish
maqsadida ularni davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya
qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga jamlangan
fondlarning maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib
qolishi ta’minlanishi lozim.
Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy
moliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga
xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalb
qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari
bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy
shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida
shaklidan iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga
oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham
maydonga chiqadi.
Davlat kreditida mablag‘larni qarz oluvchi sifatida
davlatning hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning
kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy
shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil)
bo‘lganda, ancha torroq bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga
qaramasdan,
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
byudjetdan
moliyalashtirish ha
m qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq
asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat
xarajatlarining davlat o‘z daromadlari bazasini kengaytirish
imkoniyatlariga nisbatan yuqori su
r’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq
bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan
byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-
biri bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliyaviy
tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini
to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng ma’noda
hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy
bank tizimini ham o‘z tarkibiga qo‘shmog‘i lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizimning
mustaqil
sohasi
hisoblanadi.
Uni
boshqacha
nomda
mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi
deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida
daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir-oqibatda
davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta
taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet
fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida
byudjet mablag‘larining katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan
moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida
korxonalarning
joriy
va
investitsion
faoliyatlarini
moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar
moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan
tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish, mulkka
egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish
shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga
egadir. Bir vaqtning o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari
moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy
resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning
umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliyasining ahvoli
bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining
faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga
muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan
qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy
rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka
ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi
mustaqil ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra
foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni
shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslar
idan, ya’ni bank
kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va
boshqa vositalardan foydalangan holda investitsiyalar uchun
zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar.
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod
bo‘lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy
natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan.
Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab
tuzilmadan iborat bo‘lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat
ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes
sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sohalari ham
mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga
yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari
ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo‘lgan va
nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan notijorat sektori
ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining
yuqori sur’atlarda tez o‘sib borayotganligi, bir tomondan,
jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayonlarining rivojlanishi
va
ikkinchi
tomondan,
bozor
iqtiso-diyotining
ijtimoiy
yo‘naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz uchun
xarakterlidir) bilan bog‘liq.
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish
ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda
ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga
ijtimoiy, xayr-
ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv,
sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini
himoya qilish, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni yechish,
yuridik xizmatlar ko‘rsatish va shunga o‘xshash boshqa
maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi.
Notijorat tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan maqsadlar xilma-xil
bo‘lganligi uchun bu sohaning juda keng va rang-barang bo‘lishi,
tabiiydir. Notijorat sohaning bir guruh korxonalari, asosan, o‘z
a’zolarining
iqtisodiy
manfaatlariga,
ma’lum
toifadagi
shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu
sohasi
2
, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining
ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham
yuritiladi
3
.
Turli ma
mlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va
iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat
sektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq,
qator miqdoriy ko‘rsatkichlarning tahlili bu sektorning taraqqiy
topayotganligidan dalolat beradi. Notijorat soha holatini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
•
Dostları ilə paylaş: |