Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
•
Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi va unga nisbatan
qanday ta’riflarni berish mumkin?
•
Moliyaviy tizim, dastlab, qanday sohalarga bo‘linadi?
•
Davlat moliyasi va mahalliy moliya qanday bo‘g‘inlardan
tashkil topishi mumkin?
•
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi qanday bo‘g‘inlardan
iborat?
•
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya”
sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida davlat byudjeti o‘z ichiga
nimalarni oladi?
•
Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida davlat byudjeti
o‘z oldida turgan qanday muammolarni hal etishi kerak?
•
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi
belgisi bo‘yicha davlat maxsus fondlarini qanday ikki guruhga
bo‘lish mumkin?
•
Davlat maxsus fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va
mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida qanday
fondlardan iborat bo‘lishi mumkin?
•
Nega davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va
mahalliy moliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi va
unga tegishli bo‘lgan xususiyatlar nimalardan iborat?
•
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizimning
mustaqil sohasi sifatida qanday bo‘g‘inlardan tashkil topgan?
•
Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari
nimalardan iborat?
•
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini
qanday asosiy guruhga ajratish mumkin?
•
Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo‘llab-
quvvatlashning qanday asosiy shakllari mavjud?
•
Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirishning asosiy
ko‘rinishlari haqida so‘zlab bering.
•
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi
moliyaviy munosabatlarning qanday bo‘g‘inlaridan iborat?
•
Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi qanday
bo‘g‘inlardan tashkil topadi?
•
Federativ davlatlarda byudjet tizimi qanday bo‘g‘inlardan
tarkib topgan?
•
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyaviy tizimning
muhim bo‘g‘inlari sifatida davlat byudjeti, davlat krediti, maxsus
fondlar va davlat korporatsiyalari moliyasi qanday xarakterli
xususiyatlarga ega?
Dostları ilə paylaş: |