3.2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy
tizimi
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi
moliyaviy munosabatlarning quyidagi bo‘g‘inlaridan iborat:
•
davlat byudjeti tizimi;
•
davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari,
federativ davlatlarda esa
– federatsiya a’zolarining krediti;
•
maxsus fondlar;
•
davlat korporatsiyalari moliyasi.
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi
(tuzilmasi), eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga)
bog‘liq.
Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki
bo‘g‘indan iborat:
•
davlat byudjeti;
•
ko‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq
okruglari byudjeti).
Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar
o‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining
tarkibiga kirmaydi.
Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo‘g‘indan tarkib
topgan:
•
davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat
byudjeti);
•
federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda – shtatlar byudjeti,
Kanadada
– provinsiyalar byudjeti, GFRda – yerlar byudjeti,
Shveytsariyada
– kantonlar byudjeti va h.k.);
•
mahalliy byudjetlar.
Mahalliy byudjetlar o‘zlarining daromadlari va xarajatlari
bilan federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o‘z
navbatida, davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi.
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy
tizimning yetakchi bo‘g‘inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat
va o‘z-o‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va
vazifalarini
moliyaviy
ta’minlashga
mo‘ljallangan
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va
unday foydalanishning shaklidan iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy
rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning
qonunchilik
hokimiyat
organi
– parlament tomonidan
tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy
tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat davlat byudjetining
mablag‘lariga tayanadi va ular yordamida davlat xarajatlarini
qoplaydi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti ular MDini
qayta taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliyaviy tizimning
bu bo‘g‘ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bo‘lgan qismi
qayta taqsimlanadi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat
bo‘lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90%
gacha va ayrim davrlarda undan ham ko‘proq qismi
shakllantiriladi.
Bozor
iqtisodiyoti
rivojlangan
xorijiy
mamlakatlarda
asosiy
soliqlar
hisoblangan
jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, korporatsiyalarning
foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va
bojxona bojlari davlat byudjetiga biriktirilgan.
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan
xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini
saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga
oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim
etiladi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat
organlariga,
hukumat
maxsus
fondlariga
va
davlat
korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat
moliyaviy tizimning barcha bo‘g‘inlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar ko‘pchiligining davlat
byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defits
iti xos bo‘lib, u
davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining
muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o‘sishiga olib keladi.
Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar
qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari
bilan qo‘shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat.
Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy
tizimning ikkinchi bo‘g‘inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya
a’zolarining
moliyasi
va
federatsiya
a’zolari
hamda
munitsipalitetlarga
tegi
shli bo‘lgan mahalliy byudjetlar,
korxonalar moliyasidan iborat.
Federatsiya a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi masala
har bir mamlakatda o‘ziga xos tarzda yechiladi. Masalan,
AQShda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng
avvalo, sotuv
dan olinadigan soliqlar biriktirilgan bo‘lsa, GFRda
asosiy to‘g‘ri (bevosita) soliqlar bo‘yicha tushumlar – aholidan
olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalardan olinadigan
foyda solig‘i 50%:50% nisbatda federal byudjet va yerlarning
byudjeti o‘rtasida bo‘linadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning uchinchi
bo‘g‘ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va
ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi kredit
munosabatlaridan iborat bo‘lib, unga ko‘ra davlat va
bo
shqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag‘larni qarzga
oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va
mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defitsiti mavjud bo‘lsa, ya’ni
odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamasa
muomalaga chiqariladi.
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb
etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy
maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larning salmog‘i mahalliy
byudjetlarda davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu
byudjetla
r ham doimiy ravishda defitsitli bo‘lib, ular Davlat
byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yo‘li
bilan kerakli mablag‘larni oladi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim
bo‘g‘inlaridan yana biri bu byudjetdan tashqari maqsadli
fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng yirik
byudjetdan tashqari maxsus fondlarning orasida milliy sug‘urta
fondlari alohida o‘rinni egallaydi. Bu fondlar korxona xodimlari
va tadbirkorlarning sug‘urta badallari hamda davlat byudjetidan
beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug‘urta
fondlarining mablag‘lari yosh, nogironlik va boquvchisini
yo‘qotgan hollar bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga, vaqtinchalik
mehnat qobiliyatini yo‘qotgani, homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar
bo‘yicha nafaqalar berishga sarf-lanadi. Bunda mablag‘larning
asosiy qismi yosh bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga yo‘naltiriladi.
Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori
ish haqi va to‘langan sug‘urta badallarining miqdoriga nisbatan
belgilanadi.
Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935-yil qabul
qilingan qonunga binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir
o‘zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kelayapti. Pensiya
ta’minoti tizimi doimiy band bo‘lgan yollanma xodimlar va o‘z-
o‘zi bilan band bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Temir
yo‘l tizimida, federal xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat
organlarida xizmat qilganlar uchun pensiya ta’minotining
maxsus tizimi amal qiladi.
Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy
sug‘urta fondi bo‘lib, bu fond AQSh federal byudjetining tarkibiga
kiradi.
Qarilik bo‘yicha pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan
miqdorda
– 62-64 yoshdan) boshlab to‘lanadi. Pensiyani olish
uchun minimal darajadagi sug‘urta stajiga ega bo‘lmoq lozim,
ya’ni 40 chorak – 10 yil davomida sug‘urta badallarini to‘lash
kerak.
Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug‘urta
qilingan shaxs tomonidan olingan ish haqining o‘rtacha
miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5 yilni
ch
egirgan holda). Pensiyaning o‘rtacha miqdori o‘rtacha
maoshning 40% ini, past darajadagi daromadga ega bo‘lgan
shaxslar uchun esa 60% ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda
pensiya uchun murojaat qilinganda, ana shu narsani
rag‘batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga 0,5% ga ,
ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga
muvofiq ravishda pensiya avtomatik ravishda indeksatsiya
qilinadi. Pensionerning qaramog‘idagilar uchun qarilik
pensiyasining 50% i miqdorida qo‘shimcha to‘lanadi.
AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-
darmon, oziq-ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha
miqdori past kvartira haqi kabi qo‘shimcha imtiyozlarga ega.
GFRda yangi pensiya tizimi 1992-yilning 1-yanvaridan joriy
etilgan. Boshqa yetakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda
ham pensiyaning miqdori o‘rtacha ish haqi va to‘langan sug‘urta
badallarning miqdoriga bog‘liq. Bu yerda davlat pensiya
ta’minoti tizimi yetakchi rol o‘ynaydi.
Italiyada pensiya islohoti 1995-
yilda o‘tkazilgan. Unga
muvofiq o‘zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan.
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo‘lsa-
da, haqiqatda uning darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning
70%i qonunda ko‘zda tutilgan muddatdan oldinroq pensiyaga
chiqadi.
Ayni davrda pensiya ta’minoti xarajatlari YaIMga nisbatan
Ispaniyada
– 7,5%, Avstriyada – 14,8%, Fransiyada – 11,8%,
GFRda
– 10,8%, Buyuk Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi.
Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar
moliyaviy tizimning bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng
va 1945-1950-
yillarda temir yo‘l va havo transporti, energetika
tarmog‘i va boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi
munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. O‘sha paytlarda bu
tarmoqlar texnikaviy jihatdan o‘ta qoloq va raqobatga chidamsiz
edi. Ularni modernizatsiya qilish va yangilash juda katta
miqdordagi mablag‘larni talab etdiki, bu mablag‘lar Davlat
byudjeti, ya’ni soliq to‘lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar
modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg‘or bo‘lishiga
qaramasdan, moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki
zararga ishlaydigan bo‘lib qolaverishdi. Davlat korxonalari
moliyaviy
holati
og‘irligining
asosiy
sababchisi
ular
mahsulotlariga
nisbatan
past
baholar
siyosatining
yurgizilayotganligidir.
O‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar
hukmron doiralarining yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga
k
o‘ra ko‘pgina davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi
va bu narsa davlat mulkining miqdorini keskin kamaytirdi.
Dostları ilə paylaş: |