3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


«Справка» ( Ma’lumot) tugmasiga  olib borib bosing.  2. Yangi funksiyani kiritishda  «Мастер функций»



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/67
tarix07.01.2024
ölçüsü0,78 Mb.
#208827
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
3 mavzu Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash

«Справка»
(
Ma’lumot) tugmasiga 
olib borib bosing. 
2. Yangi funksiyani kiritishda 
«Мастер функций»
(Funksiyalar ustasi) 
avtomatik ravishda satr boshiga «=» (teng) belgisini qo‘yadi. 
3. 
«Мастер функций»
(Funksiyalar ustasi) ni chaqirishda katak bo‘sh 
bo‘lmasa, unda katakdagi ma’lumotlar o‘chirib tashlanadi. 
4. 
«Мастер функций»
(Funksiyalar ustasi) ni mavjud bo‘lgan formulaga 
yangi funksiyani kiritishda qo‘llash mumkin. Buning uchun formulani taxrirlashda 
funksiya kiritilishi kerak bo‘lgan joyga kursorni qo‘yish, keyin esa bu kiritishni 
amalga oshirish uchun 
«Мастер функций»
(Funksiyalar ustasi)ni ishga tushirish 
kerak. 


Diagrammalar grafiklar deb ham ataladi. Ular elektron jadvallarning ajralmas 
qismidir.
Diagramma
— sonli jadval ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarni ko‘rgazmali 
namoyish etish usulidir. 
Ma’lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish bajarilayotgan ishni tez 
tushunishga va uni tez hal qilishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda 
katta hajmdagi sonlarni ko‘rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni 
aniqlashda juda foydalidir. 
Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi. Buning uchun ishchi jadval 
varag‘iga kerakli ma’lumotlar kiritiladi, so‘ng diagramma tuzishga kirishiladi. 
Odatda, diagrammalar uchun foydalanilayotgan ma’lumotlar bir joyda joylashgan 
bo’ladi. Ammo bu shart emas. Bitta diagramma ma’lumotlarni ko‘p sonli ishchi 
varaqlar va xatto ishchi kitoblardan ham olishi mumkin. 
MS Excelda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil varianti 
mavjud: 
1. Diagrammani varaqning ichki elementi sifatida bevosita varaqqa qo‘yish. 
(Bu diagramma joriy qilingan diagramma deb ataladi.) 
2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varag’ida diagramma qo‘yish. 
Diagramma varag‘i ishchi kitobning varag’idan bitta diagrammani saqlashi va 
kataklari bo‘lmaganligi bilan farq qiladi.
Agar diagramma varag‘i faollashtirilsa, unda MS Excel menyusi u bilan 
ishlash uchun mos holda o‘zgaradi.
Diagrammani joylashtirish usullaridan qat’iy nazar, diagramma ko‘rish 
jarayonini bevosita boshqarish mumkin. Ranglarni o‘zgartirish, shkala masshtabini 
o‘zgartirish, to’r (setka) chiziqlariga qo‘shimchalar kiritish va boshqa elementlarni 
qo‘llash mumkin.
MS Excel diagrammasi ishchi jadval varag‘ining ma’lumotlari bilan bevosita 
bog‘liq. Ishchi jadval varag’idagi ma’lumotlar o‘zgartirilsa, tezda ularga bog‘liq 
bo‘lgan diagramma chiziqlari ham o‘zgaradi. 
Diagrammalarning bir necha xil turlari mavjud: 
gistogramma, chiziqli, 
doiraviy, grafik shakldagi
va boshqalar. MS Excelda diagrammalarning ixtiyoriy 
turini tuzish mumkin. Ayrim diagrammalar juda murakkab shakllarni ham aks 
ettiradi. Masalan, bargli, halqasimon va x.k.
Diagrammalar hosil qilingandan keyin u o‘zgarmas holatda bo‘lmaydi, balki 
har doim uning shaklini o‘zgartirib turish va maxsus bichimlash atributlarini 
qo‘shish, yangi ma’lumotlar to‘plami bilan to‘ldirish, mavjud ma’lumotlar 
to‘plamini boshqa diapazon kataklardan foydalanadigan qilib ma’lumotlarni 
o‘zgartirish mumkin. 


Boshqa grafik ob’yektlar kabi diagrammalarni bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chirish ham mumkin. Uning o‘lchamlarini, nisbatlarini o‘zgartirish, 
chegaralarini to‘g‘rilash va ular ustida boshqa amallarni bajarish ham mumkin. 
Joriy qilingan diagrammaga o‘zgartirishlar kiritish uchun sichqoncha 
ko‘rsatkichining chap tugmasini ikki marta bosish kerak bo‘ladi. Bunda 
diagrammalar faollashib, MS Excel menyusi diagrammalar bilan ishlash uchun 
kerakli buyruqlarni ko‘rsatadi. Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi 
shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma’lumotlar yoniga 
joylashtirish mumkin. 
Alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi. 
Agarda bir nechta diagramma tuzmoqchi bo‘lsangiz, unda har birini alohida 
varaqlarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning 
«ko‘rinarlilik darajasi» saqlanadi. Bundan tashqari, bu usul ko‘rilgan 
diagrammalarni tezda topish imkonini beradi, chunki bu holda diagramma
varag‘ining muqova yorlig‘iga mos nomlar berish mumkin. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin