Hisobot ustasi yordamida hisobot yaratish 1. MB muloqot oynasida «Oтчёты» (Hisobotlar) ilovasini tanlang.
2. «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosing.
3. «Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasida kerakli hisobot ustasini
tanlang. Bunda ustaning bajarishi mumkin bo‘lgan ishlari ro‘yxati muloqot
oynasining chap qismida chiqadi.
4. Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi jadval yoki
so‘rovni tanlang.
5. OK tugmachasini bosing.
3. Agar 3-qadamda hisobot ustasi, diagramma ustasi yoki qo’shiluvchi
suratlar ustasi tanlab olingan bo‘lsa, ularga tegishli muloqot darchalarida
chiqadigan ko‘rsatmalarni bajarish lozim. Agar avtohisobot ustalaridan biri tanlab
olingan bo‘lsa, hisobot avtomatik tarzda yaratiladi.
Yaratilgan hisobotga o‘zgartirish kiritish kerak bo‘lsa, buni «Koнструктор» holatida bajarish mumkin.
Hisobot ustasisiz hisobot yaratish 1. MB muloqot oynasida «Oтчёты» (Hisobotlar) ilovasini tanlang.
2. «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosing.
3. «Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasining «Koнструктор» holatini tanlang.
4. Hisobot tuzishda ishlatiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval yoki
so‘rovlarni tanlang. (Agar bo‘sh hisobot yaratish kerak bo‘lsa, hech qanday jadval
yoki so‘rov tanlanmaydi).
5. OK tugmachasini bosing.
Yangi hisobot «Koнструктор» holatining hisobot oynasida paydo bo‘ladi.
Hisobot tuzilmasi. Har qanday hisobot tuzilmasi 5 ta bo‘limdan iborat:
hisobot sarlavhasi, yuqori kolontitul, ma’lumotlar sohasi, quyi kolontitul, hisobot izohlari. Hisobot sarlavhasi hisobotning umumiy sarlavhasini chop etish uchun
ishlatiladi.
Yuqori kolontitulni hisobot murakkab tuzilmali yoki ko‘p sahifali bo‘lganda
kichik sarlavhalarni chop etish uchun ishlatish mumkin.