«Форма» (Shakl) buyrug‘i yordamida ma’lumotlarni kiriting va
taxrirlash rejimiga o‘ting.
Hisobotlar yaratish Hisobotlar ko‘p jihatdan shakllarga o‘xshaydi. Shuning bilan birga shakllar va
hisobotlar orasida muhim bir farq borki, u ham bo‘lsa hisobotlar faqat
ma’lumotlarni chop etishga mo‘ljallanganligidadir. Ularda ma’lumotlarni chiqarish
uchun boshqaruv elementlariga bo‘lgan zarurat yo‘q. Shuning uchun hisobotlarda
ro‘yxatlardan, ro‘yxatli maydonlardan va boshqa ayrim elementlardan voz kechish
mumkin.
Hisobotlar uchun Jadvallar yoki Shakllar holatini o‘rnatish mumkin emas.
Hisobot uchun faqat «Koнструктор» va «Предварительный просмотр» (Oldindan ko‘rish) holatlarini tanlash mumkin.
Hisobotni yaratish uchun MBning muloqot oynasida «Oтчёты» (Hisobotlar)
ilovasini tanlash va «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosish kerak. Natijada
«Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Uning yordamida hisobotlarni uch xil usul bilan yaratish mumkin. Bular:
avtomatik tarzda, hisobotlar ustasi yordamida yoki qo‘lda, mustaqil ravishda.
Hisobotlar ustasi barcha qiyin ishlarni o‘z zimmasiga olib, hisobotni tez
yaratish imkonini beradi. Hisobotlar ustasi chaqirilgandan so‘ng ekranga
chiqadigan muloqot oynalarida so‘raladigan zarur ma’lumotlar kiritiladi va
foydalanuvchining javoblari asosida hisobot yaratiladi.
«Автоотчет» (Avtohisobot) yordamida hisobot yaratish Avtohisobot hisobot yaratish vositasi bo‘lib, unda bazadagi jadvallar va
so‘rovlardagi barcha maydonlar va yozuvlar chiqariladi. Bunda asosiy qilinadigan
ishlar quyidagilardan iborat.
1. MB muloqot oynasida «Oтчёты» (Hisobotlar) ilovasini tanlang.
2. «Создать» (Yaratish) tugmachasini bosing.
3. «Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasida quyidagi bo‘limlardan
birini tanlang:
— «Автоотчёт: в столбец» (Avtohisobot: ustunli) — har bir maydon
sarlavhasi chap yonida bo‘lgan alohida satrni tashkil etadi.
— «Aвтоотчёт: ленточный» (Avtohisobot: tasmali) — har bir yozuv
maydoni alohida satrni tashkil etadi. Bunda sarlavha har bir sahifaning ustida chop
etiladi.
4. Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi jadval yoki
so‘rovni tanlang.