3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/58
tarix20.10.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#65646
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
7-mavzu

yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MBning tuzilmasini, yozuvlar esa unda 
joylashgan ma’lumotlarni tashkil etadi. 
Maydonlar – MB tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma’lum 
xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning 
uzunligidir. Maydon uzunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi. 
Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan 
tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo – ustunning sarlavhasida aks 
ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. 
Agar imzo berilmagan bo‘lsa sarlavhada maydon nomi yozib qo‘yiladi. Тurli 
tipdagi maydonlar turli maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo‘ladi. 
Maydonlarning xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz: 
1. 
Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi 
kerak. 
2. 
MEMOkatta o‘lchamli matn maydoni. Belgilar soni 
65535 dan oshmasligi shart. Oddiy matn va MEMO maydonida hisob 
ishlarini bajarib bo‘lmaydi. 
3. 
Sonli maydon. Sonli ma’lumotlarni kiritishga xizmat 
qiladi va hisob ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 
va 16 baytli bo‘lishi mumkin. 
4. 
Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va vaqtni 
bichimlangan holda saqlab qo‘yish imkonini beradi (masalan 01.03.10 
20:29:59). 8 bayt o‘lchamga ega. 
5. 
«Pul birligi» nomi bilan ataluvchi maydon. Bu 
maydondan hisob-kitob ishlarini yuritishda foydalaniladi.
6. 
Hisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt uzunlikka va 
avtomatik ravishda ma’lum songa oshib borish xususiyatiga ega. 
Ushbu maydondan yozuvlarni nomerlashda foydalanish qulaydir. 
7. 
Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon. Bu maydon 
«Rost» (True) yoki «Yolg‘on» (False) qiymatni saqlaydi. Maydon 
o‘lchami 1 bayt. 
8. 
OLE nomi bilan yuritiluvchi maydon. Bu maydon MS 
Excel jadvalini, MS Word hujjatini, rasm, ovoz va boshqa shu kabi 
ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida saqlaydi. Maydon o‘lchami 1 
G baytgacha. 
9. 
Gipermurojaat maydoni. Bu maydon belgi va sonlardan 
iborat bo‘lib, biror fayl yoki saytga yo‘l ko‘rsatadi. 


10. 
 Qiymatlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan maydon. Bu 
maydon bir qancha qiymatlardan iborat bo‘lgan ro‘yxatdan tanlangan 
aniq bir qiymatni saqlaydi. 
Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv 
orqali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda alohida maydon – 
O’xshashi yoq maydon bo‘lishini ta’minlash kerak.
O’xshashi yoq maydon – bu qiymatlari takrorlanmaydigan maydondir. 
Misol sifatida talabalar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar 
bazasining bir qismini keltiramiz: 
Maydon nomi 
Maydon xususiyati 
Maydon hajmi 
Тalabaning bazadagi o‘rni 
Hisoblagich maydoni 
4 bayt 
Тalabaning F.I.Sh. 
Oddiy matnli maydon 
255 belgi 
Тalabaning tug‘ilgan joyi 
Oddiy matnli maydon 
255 belgi 
Тalabaning tug’ilgan vaqti 
Sana va vaqt maydoni 
8 bayt 
Тalabaning kursi 
Qiymatlar ro‘yxatidan 
iborat bo‘lgan maydon 
Тalabaning rasmi 
OLE nomi bilan 
yuritiluvchi maydon
1 Gbayt 
Тalaba haqida qisqacha 
ma’lumot 
MEMO- katta o‘lchamli 
maydon
65535 belgi 
 
Avvalo ma’lumotlar bazasini yaratish bosqichlarini aniqlab olaylik. Bunda 
quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1. Muammoning qo’yilishi. Bu bosqichda MBni yaratish uchun masala 
shakllantiriladi. Unda bazaning tarkibi, nima uchun ishlatilishi, yaratish maqsadi 
batafsil bayon etiladi. Shuningdek, ushbu MBda qanday turdagi ishlarni bajarish 
mo‘ljallanayotganligi (tanlash, qo‘shish, ma’lumotlarni o‘zgartirish, hisobotni 
ekranga chiqarish yoki chop etish va hokazo) sanab o‘tiladi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin