3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


 Ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/58
tarix20.10.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#65646
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
7-mavzu

 
3.2. Ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimi 
Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi (MB) deganda real dunyoning konkret 
ob’yektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamini tushunish mumkin. Lekin ma’lumotlar 
hajmi oshib borishi bilan ularni tahlil qilish, umumlashtirish, qayta ishlash 
masalalarini hal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob’yekt va 
ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo‘li bilan hal qilinadi. Ob’yekt – 
bu mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob’yektlarga tegishli bir qator 
ma’lumotlar borki, ularning to‘plami MB bo‘la oladi. Masalan, har bir institut yoki 
fakultet – bu ob’yektlar bo‘lsa, ulardagi talabalar haqidagi ma’lumotlar to‘plami 
MBga misol bo‘la oladi. 
Har qanday jiddiy MBning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. 
MBni loyihalovchining asosiy vazifasi ob’yektlar va ularni tavsiflovchi 
parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rnatishdan iborat. 
MBni yaratish jarayonida foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo‘yicha 
tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni 
(tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qiladi. Bu ishlarni 
ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina bajarish mumkin. 
Strukturalash – bu ob’yektlar va ma’lumotlarning o‘zaro bog‘lanishini 
tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. 
1-misol: Strukturalanmagan ma’lumotlar. 
Shaxsiy ish N 45493; Hamrayev Karim Ermatovich; tug’ilgan sana 1979 yil 1 
fevral; Shaxsiy ish N 45498; Boqiyev Dilmurod Rahmatullayevich; tug‘ilgan sana 
1985 yil 5 dekabr; Shaxsiy ish N45595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug’ilgan 
sana 1984 yil 15 may. 
 
2-misol: Strukturalangan ma’lumotlar. 
Shaxsiy ish 
№ 
Familiyasi 
Ismi 
Otasining ismi 
Tug’ilgan 
sana 
45493 
Hamrayev 
Karim 
Ermatovich 
01.02.79 
45498 
Boqiyev 
Dilmurod 
Rahmatullayevich 
05.12.85 
45595 
Zokirov 
Anvar 
Rashidovich 
15.05.84 
Zamonaviy MB texnologiyasida MBni yaratish, unga xizmat ko‘rsatish va 
foydalanuvchilarni MB bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy vositalar 


yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy vositalar majmuasi ma’lumotlar 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin