3-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi zuluklar va mollyuskalar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#167237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
3 мавзу паразитология (1)

Bitlar 
(Anoplura) 
turku-mining 
vakillari 
faqat 
sut-emizuvchilar 
sinfi 
vakillarida parazitlik qilib yashaydigan qon so‘ruvchi ektoparazitlardir. 
Bitlarning 300 ga yaqin turi bor. MDHda 40 ga yaqin turi uchraydi. 
Bitlarning tanasi dozoventral tomonga qarab yassilangan. Bosh qismida 
og‘iz apparati, sezgi organlari joylashgan. Ko‘zlari oddiy, ayrimlarida esa 
ko‘zlari umuman bo‘lmaydi. Bir juft 3-5 bo‘g‘imli kalta mo‘ylovlari sezish 
a’zolari vazifasini bajaradi. Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Bir 
juft maksillalar, gipofarinks va pastki lab uzun nina shaklida bo‘lib, xartumchaning 
ichida joylashgan. Bit chaqqanda og‘iz a’zolari xar-tumchadan tashqariga chiqib
terini jarohatlaydi va qon so‘radi. So‘lak bezlarining mahsuloti qon ivishiga 
qarshilik ko‘rsatadi. Tananing ko‘krak qismi bir-biriga qo‘shilib ketgan 3 ta 
segmentdan tuzilgan bo‘lib, 3 juft yurish oyoqlariga ega. Qanotlari bo‘lmaydi. 
Oyoqlari tirnoqlari bilan tugaydi. Hasharotning jinsiga qarab oxirgi qorin 
segmentining shakli turlicha bo‘ladi. Urg‘ochi bit qor-nining oxirida o‘roqqa 
o‘xshagan 1 juft o‘simtasi bo‘ladi. Jinsiy teshigi sakkizinchi qorin 
segmentida joylashgan. Erkaklarining jinsiy teshigi to‘qqizinchi segmentda 
joylashgan. Demak, bitlarda jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘rinadi. Urug‘lanishi 
ichki, rivojlani-shi chala metamorfozli. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 3 marta 
tullab imagoga aylanadi. Bitlarning tuxumi sirka deyiladi. Bitlar ixtisoslashgan 
parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o‘ziga xos biti bo‘ladi. Bu turkumga 

ta 
oila 
kiradi: 
1. 
Gematopidlar (Heamatopidae) 
oilasi vakillarining ko‘zi yo‘q, tanasi 
tukchalar 
bilan 
qoplangan, 
faqat 
quruqlikdagi 
sutemizuvchi-larda 
(primatlardan tashqari) parazitlik qiladi. Fil, ot, cho‘chqa, qoramol, quyon va 
bug‘u bitlari shular jumlasiga kiradi. Bu bitlar parazitlik qilish bilan 
birga 
kuydirgi, 
cho‘chqalarda 
o‘lat 
kasalligini 
ham 
tarqatadi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin