3-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi zuluklar va mollyuskalar


Kalta mo‘ylov doira chokli ikki qanotlilar (BrachyceraCyclorrhapha)



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#167237
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
3 мавзу паразитология (1)

Kalta mo‘ylov doira chokli ikki qanotlilar (BrachyceraCyclorrhapha) 
kenja 
turkumi 
vakillarining 
tanasi 
kichik, 
mo‘ylov-lari 

bo‘g‘imli, lichinkasining bosh bo‘limi butunlay reduksiyaga uchragan. 
Lichinkasining po‘sti g‘umbakka aylanish davrida tushib ketmasdan bochkasimon 
shaklga kiradi va qotib, soxta pillani hosil qiladi. Bu kenja turkumning 100 
ga 
yaqin 
oilalari 
bor. 
Parazitlari 
va 
kasallik 
qo‘zg‘atuvchilarini 
tashuvchilariga asl pashshalar, se-se pashshalari, kulrang go‘sht pashshalari, qon 
so‘ruvchi pashshalar oila-lari va bo‘kalarning 3 ta oilasi kiradi. 
Asl 
pashshalar 
(Muscidae) 
oilasi 
vakillari 
juda 
keng 
tar-qalgan 
kulrang yoki qoramtir rangli hasharotlar hisoblanadi. Imagosi gul nektari
organik moddalar chiqindilari, axlatlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari 
qon so‘radi. Lichinkalari orasida fi-tofaglari, saprofaglari, yirtqich va 
parazitlari bor. Oilada 400 ga yaqin turi keng tarqalgan. MDHda 1000 ga yaqin 
turi uchraydi. Uy pashshasi (Musca domestica) butun dunyo bo‘ylab keng tarqal-
gan sinantrop hasharotlardan hisoblanadi .
Faqat aholi yashaydigan joy-larda 
uchraydi. Pashsha xartumining kengaygan uchki qismida og‘iz teshigi joylashgan. 
Yumshoqlablari yor-damida suyuq oziqni yalab oladi. Pashshalar qattiq oziq bilan 
ham 
oziqlanishi 
mumkin. Og‘iz apparati 
yalovchi tipda. 1 juft 
qanoti ik-kinchi ko‘krak segmentida o‘rnashgan. Oyoq panjasining tirnoqchasi os-
tida yopishqoq yostiqchasi bor. Shu yopishqoq yostiqchasi tufayli pashshalar juda 
silliq 
sathda 
ham 
o‘rmalab 
yura 
oladi. 
Gavdasi 
tuklar 
bilan 
qoplangan, 
ana 
shu 
tuklarga 
iflos 
narsalar 
osongina 
yopishadi. 
Urug‘langan urg‘ochi pashsha bir yo‘la 120-150 dona tuxumini iflos 
chiqindilarga, ochiq qolgan oziq-ovqatlarga qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan 
chuvalchangsimon lichinkalari chirib kelayotgan organik mod-dalar bilan 
134 
oziqlanadi. Lichinka 3 marta tullab g‘umbakka aylanadi. Uy pashshasining 
g‘umbagi harakatsiz, ovalsimon shaklda. Ma’lum vaqt o‘tgach, g‘umbakdan yetuk 
pashsha chiqadi. Tuxum qo‘yishdan boshlab imago davriga yetguncha o‘rtacha 10-
25 kun kerak bo‘ladi. Pashshalar qorong‘ulikni yoqtirmaydi va doim yorug‘likka 
inti-ladi. Ular oziq-ovqat mahsulotlari, non, qand, murabbo va go‘shtli taomlarga 
qo‘nib, ularni yalab-so‘radi va so‘lagini tushirib, har xil mikroblar bilan 
ifloslantiradi. Pashshada hid bilish va ta’m bilish organlari yaxshi 
rivojlangan. Zarur bo‘lgan oziqni hididan topadi. Ta’m bilish organi oyoq 


panjalarining uchida joylashgan. Bir yilda pashshaning 10-12 avlodi 
rivojlanadi. 
Uy pashshasi ekologik jihatdan odamlar turadigan joy bilan yaqindan 
bog‘liq. Pashsha yotoqxona, oshxona, axlatxona va hojatxona-larda, shuningdek 
transportda uchraydi. Ular bir qancha kasallik-larning qo‘zg‘atuvchilarini 
mexanik ravishda bir joydan ikkinchi joyga olib borib tarqatadi. Uy 
pashshalari iflosliklar orqali ichburug‘, qorin terlamasi (tifi), o‘pka sili, 
vabo, bo‘g‘ma, kuydirgi, kon’yuktivit (ko‘z kasalliklari) va poliomielit kabi 
virus, bakte-riya va boshqa kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini, har xil 
yiringli kasalliklar mikroblarini, bir hujayrali parazitlarning sistalarini va parazit 
chuvalchanglarning 
tuxumlarini 
odamlarga 
yuqti-rishi 
mumkinligi aniqlangan. Akademik Ye.N. Pavlovskiyning ma’lumotiga ko‘ra 
pashshalar 
63 
turdan 
ortiq 
zararli 
mikroorganizmlarni 
tarqata 
oladi. 
Asl pashshalar orasida bir qancha turlari o‘simlik to‘qimalari bilan ham 
oziqlanadi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin