Nafas olishi uchun tanasi-ning oldidagi o‘tkir ilmoqlari, tana tuklari va
fermentlar bilan hayvon terisini teshadi va atmosfera havosi bilan nafas
ola boshlaydi. Oradan 20-30 kun o‘tgach, lichinkalar 2-marta tullab uchinchi
lichinkalik davriga o‘tadi. Keyinchalik lichinkalar shishdagi teshikdan
tashqariga chiqib yerga tushadi. Yerda g‘umbakka aylanib, 3-5 hafta ichida
g‘umbakdan
qanotli
bo‘ka
chiqadi
(64-rasm).
Uning og‘iz apparati yaxshi rivojlanmagani uchun oziqlanmaydi. Shuning
uchun qanotli bo‘kalarning umri juda qisqa bo‘lib, ular bir necha kun yashaydi
va
shu
davrda
juftlashib,
urg‘ochilari
mol
terisiga
tuxum qo‘yishga ulguradi. Urg‘ochi bo‘kalar tuxum qo‘yish uchun yaylov-lardagi
qoramollarga kelib qo‘nganda, ular chaqmasa ham mol juda bezovtalanadi va
o‘tlamay qo‘yadi. Ko‘pincha mollar bo‘ka tufayli yaylovlardan qocha boshlaydi.
Bo‘ka lichinkalari O‘z-bekiston sharoitida hay-vonlarning bel-yelka teri ostida
noyabr oyidan aprel oyigacha bo‘ladi. Natijada hayvonning ana shu
joy-larida tugunchalar vujudga keladi. So‘ngra tugun marka-zida teshikchalar
paydo bo‘-lib, undan yiring va boshqa moddalar chiqib turadi. Teri osti bo‘kalari
hayvonlarni juda bezovta qiladi, ularning mahsuldorligi pasayib ketadi. Mollar
oziqlanmay qo‘yishi natijasida ozib ketadi. Lichinkalar mollarning terisini teshib,
sifatini buzadi. Ayrim hollarda teri osti bo‘kalarining lichinkalari odamda ham
parazitlik qilishi mumkin. Lichinkalar ko‘zga tushganda, odam ko‘r bo‘lib qolishi
mumkin. Bo‘kalar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi kompleks
chora-tadbirlar
qo‘llaniladi.
Birinchi
navbatda,
kasal-langan
mollar
davolanadi. Buning uchun lichinkalar tugunlardan qo‘l bilan siqib chiqariladi
yoki tugundagi lichinkalarga qarshi dori yuborilib o‘ldiriladi. Hayvon
tanasidagi bu tugunlar bir vaqtda paydo bo‘lmaydi. Shuning uchun davolash har
10 kunda takrorlanib turiladi. Lichinkalarni siqib chiqargandan keyin
o‘rniga yod erit-masi surtish, shuningdek, lichinkalarni qirib tashlash kerak.
Mollarga bo‘kalar yuqmasligi uchun yoz va kuzda ularning teri-siga har 20-
25 kunda sistemali ta’sir qiladigan har xil dorilar purkaladi. Qanotli bo‘ka
hujumidan saqlanish uchun kunning isigan vaqtida mollarni binolarda
saqlash va ularni kechasi hamda ertalab o‘tlatish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: