Zaxkashlar (Ceratopogonidae) oilasi vakillari qon so‘ruvchi ikki qanotlilar
ichida eng maydasi hisoblanadi (0,5-4 mm). Bosh qismi biroz katta, unda 1 juft
murakkab ko‘zlari joylashgan. Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda. Qanotlarida
dog‘lar va tuklari bor. Oyoqlari uzun va tirnoqli bo‘ladi.
Bu hasharotlar zax,
sernam joylarda, unchalik katta bo‘lmagan suv havzalarida, ko‘l va hovuz
suvlarida,
botqoq
joylarda
yashaydi.
Shuning
uchun
ular "mokres", ya’ni zaxkash deb aytiladi. Hozirgi vaqtda zaxkashlarning 4000 ga
yaqin turi ma’lum. Ular asosan Sibir va Uzoq Sharqda, O‘rta Osiyo, Shimoliy va
Janubiy Amerikada hamda Tinch okeanining ko‘pgina orollarida keng tarqal-gan.
O‘zbekistonda 60 dan ortiq turi uchraydi. Urg‘ochi zaxkashlar juftlashib bo‘lgach
qon so‘radi va har xil sernam joylarga, hatto oqmas ko‘lmak suvlarga 40 dan 120
tagacha, o‘z hayoti davomida esa 350 tagacha tuxum qo‘yadi. Oradan 3-6 kun
o‘tgach, ulardan ipsimon ko‘rinishidagi 0,5 mm uzunlikdagi lichinkalar chiqadi.
Lichinkaning bosh qismi qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Lichinkalari ko‘lmak suv yoki
nam tuproqlarda 25-30 kun yashab, 15 mm uzunlikda bo‘ladi va 3 marta tullab
g‘umbakka aylanadi. Oradan 3-5 kun o‘tgach, g‘umbakdan qanotli hasharotlar
chiqadi. Shunday qilib, zaxkashlar-ning tuxum qo‘yishidan to jinsiy voyaga
yetishiga qadar 60 kun o‘tadi. Bir yilda zaxkashlar 2-5 marta avlod berishi
mumkin. Zaxkashlarning urg‘ochisi har xil issiqqonli hayvonlar, odam va
sudralib yuruvchilarning qonini so‘rib oziqlanadi. Ular ertalab va
kechqurunlari faol qon so‘radi. Chaqishidan teri qichiydi, teri ostidagi
to‘qimalar shishib ketib, hayvon qattiq bezovtalanadi, junlari to‘kilib
oriqlay
boshlaydi.
Bundan
tashqari,
zaxkashlar
bir
qator
infeksion,
invazion, virusli va boshqa kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi.
Tulyaremiya, qo‘ylardagi virus va otlar-dagi o‘lat kasalliklari, onxotserkoz,
gemosporidioz,
filyarioz,
yapon
ensefaliti
shular
jumlasidandir.