3-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi zuluklar va mollyuskalar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#167237
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
3 мавзу паразитология (1)

Kaltamo‘ylov 
to‘g‘ri 
chokli 
ikki 
qanotlilar 
(Brachysera 
-
Orthorrhapha) 
kenja turkumi vakillarining qanotlari kalta va kuchli, 
mo‘ylovlari 3 bo‘g‘imli bo‘ladi. Qurtlarining bosh kapsulasi reduksiyaga 
uchragan. /umbagi yopiq tipda tuzilgan. Imago chiqishi oldidan g‘umbak po‘sti 
bosh ko‘krak ustidan "t" shaklida yirtiladi. Bu kenja turkumga so‘nalar, qitir 
pashshalari oilalari va boshqa ayrim ikki qanotlilar kiradi. Odamlar va 
chorva mollariga, asosan, so‘na-lar oilasining vakillari zarar keltiradi. 
So‘nalar (Tabanidae) 
oilasiga eng yirik qon so‘ruvchi ikki qanotlilar 
kiradi. Tanasining uzunligi 2-3 sm ga yetadi, ko‘zlari yirik qizg‘ish tilla 
rangda tovlanib turadi. Erkagi va yosh urg‘ochisi gul nektari bilan oziqlanadi. 
Urg‘ochi so‘nalar faqat urug‘langandan keyin qon bilan oziqlanishga o‘tib, 
qoramollarga, odam va yovvoyi hayvonlarga hujum qiladi. So‘nalar hayvonlar 
terisini sanchib-yalovchi yoki kesib-yalovchi og‘iz organlari orqali kesib, o‘sha 
joydan chiqadigan qonni so‘rib oziqlanadi va 2-4 kundan so‘ng suv yoki ariq 
bo‘ylaridagi nam tuproqlarga tuxum qo‘yadi . So‘nalar 1 yilgacha yashaydi, ammo 
qon so‘rib olgan urg‘ochi so‘na 1 oygina yashaydi va shu vaqt ichida bitta urg‘ochi 
so‘na ariq bo‘yidagi nam tuproqqa 300 tadan 3500 tagacha tuxum qo‘yadi. 
Tuxumlardan 1-2 haftadan keyin qurtlar chiqadi. Qurtlar 10-11 oygacha 
botqoq-likdagi organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Bu muddat ichida ular 6 marta 


po‘st tashlab, 6 yoshga ki-radi. Bahorda qurtlar g‘umbakka aylanadi.
/umbaklik davri ob-havoga bog‘liq bo‘lib, u 6 kundan 25 kungacha davom etadi, 
so‘ngra 
jin-siy 
voyaga 
yetgan 
qanotli 
so‘na 
uchib 
chiqadi. 
So‘nalar chorva mollariga ko‘plab hujum qilib, ularning mahsuldorligini pasaytirib 
yuboradi. 
Ular 
hayvonlar 
orasida 
tulya-remiya, 
Sibir 
yarasi, tripanosoma kabi kasalliklarni tarqatadi. Ho‘kiz so‘nasi (Tabanus 
bovinus) 
keng 
tarqalgan 
turlaridan 
biri 
hisoblanadi. So‘nalar N.G. Olsufev tomonidan yaxshi o‘rganilgan. Dunyoda 
so‘nalarning 3 mingdan ortiq turi keng tarqalgan, MDHda ularning 200 ga 
yaqin turlari aniqlangan. M.Q. Qodirovaning ma’lumotlari bo‘yicha 
O‘zbekistonda 
so‘nalarning 
49 
ta 
turi 
uchraydi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin