3-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi zuluklar va mollyuskalar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#167237
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
3 мавзу паразитология (1)

Se-se pashshalari (Glossidae) 
oilasiga 20 ga yaqin tur kiradi. Ular 
tropik Afrikada tarqalgan bo‘lib, afrika uyqu kasalligining qo‘zg‘atuvchilari 

tripanosomalarni 
tarqatadi. 
Ularning 
kattaligi 
6,5-14 
mm bo‘ladi. 
Urg‘ochilari tirik tug‘adi. Bor-yo‘g‘i 1 ta lichinka tug‘adi. Hayoti davomida (3-6 
oyda) urg‘ochisi 6-12 tagacha lichinka tug‘adi. se-se pashshalarining lichinkalari 
tashqariga chiqishi bi-lan tuproqqa tushadi va tezda tuproq ichiga kirib 
g‘umbaklik davriga o‘tadi. 3-4 haftadan keyin jinsiy voyaga yetgan pashshaga 
aylanadi. 
Ular asosan yovvoyi va uy hayvonlarining, shuningdek odam-larning qoni 
bilan oziqlanadi. Keng tarqalgan turlariga Glossina palpalis va Glossina 
morsitans kiradi. Glossina palpalis asosan Afrika qit’asining g‘arbiy mamlakat-
larida tarqalgan. Uzunligi 1 sm dan katta.
Odamlarning uylariga yaqin bo‘lgan 
daryo va ko‘llar qirg‘oqlarida yashaydi. Asosan odam qoni bilan oziqlanadi. 
Shuning uchun ham odam tripanosomoz kasalligini tarqatuvchi manbasi
bo‘lib xizmat qiladi. se-se pashshalari tana-sida tripanosomalar 2-3 oy tirik 
holda saqlanishi mumkin. Glossina morsitans turining hajmi 1 sm dan kichik. 
Asosan Afrika o‘rmonlarida yashaydi. Ko‘proq yirik yovvoyi hayvonlarning 
(antilopalar, buyvollar, karkidonlar va bosh.) qoni bilan oziq-lanadi. Odamga 
kamdan-kam hujum qiladi. Tripanosomoz kasalligidan Afrikada har yili minglab 
odam-lar o‘ladi. Afrikada se-se pashshalariga qarshi ko‘p yillardan beri turli 
pestitsidlar qo‘llanib kelinadi. Lekin bu ishlar ijobiy natijalar bermayapti. 
Aksincha, pestitsidlar bu yerdagi flora va faunaga salbiy ta’sir qilmoqda. 
Volfart pashshasi (Wohlfahrtia magnitica) 
taxin pashshalari oilasiga 
kiradi. U uy pashshasidan kattaroq bo‘lib, gavdasining uzunligi 9-13 mm, rangi 
och kulrang
.
Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Boshida 2 ta yirik 
murakkab ko‘zi va bo‘g‘imli mo‘ylovlari bor. Ko‘k-ragida 1 juft qanoti va 
jizillagichi joylashgan. Volfart pashshasi Janubiy Yevropa va O‘rta Osiyoda keng 
tarqalgan. Mamlakatimizning markaziy va janubiy qismlarida uchraydi. Voyaga 
yetgan volfart pashshasi dashtlarda dalalardagi gullar-ning shirasi bilan oziqlanib 
yashaydi. Ular juftlashgandan keyin 120-200 tagacha tirik lichinka tug‘adi, 


lichinkalarini hayvonlar terisining jarohatlangan joyiga, shuningdek ko‘z, burun, 
og‘iz shilimshiq pardalariga, quloq supralariga kuch bilan sepib o‘tib ketadi. 
Lichinkasi 
juda 
yirik, 
yo‘g‘on, 
chuvalchangsimon 
shaklda. 
Lichinkalarning bosh tomonida xitinli ilmoqlari bor. U ana shu tomoni 
bilan tana teshigiga va to‘qimalariga kirib, tirik to‘qimalar bilan oziqlanib, 
yemira boshlaydi. Yemirilish jarayoni juda tez kechadi. 2-3 kun ichida lichinka 
yara va jarohatni suyakkacha yeb boradi. Bu jarayon qattiq og‘riq hosil qilish 
bilan boradi. Ko‘z-larning shikastlanishi ko‘rlikka olib kelishi mumkin. 
Lichinkalarning o‘sishi va rivojlanishi xo‘jayinning tirik to‘qimalari 
hisobiga boradi, bunda ular 3-4 kun ichida lichinka davrini boshidan 
kechiradi. /umbakka aylanishdan oldin lichinkalar yerga tushadi va tuproqda 
g‘umbakka aylanadi. Butun rivojlanish davri 11-23 kun davom etadi. Volfart 
pashshasi 
yiliga 

marta 
bo‘g‘in 
berishi 
mumkin. 
Lichinkalari miaz kasalligini tarqatadi. Miaz og‘ir kasallik bo‘lib, 
vaqtida oldi olinmasa, ba’zan o‘limga ham olib keladi. Volfart pashshasi 
lichinkalari odamlarga tushishi mumkin. Ular odamning yara joyiga, terisiga, 
ko‘z va burniga tushganida to‘qima-larini yeb tuzalishi qiyin bo‘lgan yaralar 
paydo qiladi.
Demak, odamlar va hayvonlar hayoti uchun volfart pashshasi-ning 
o‘zi emas, balki uning lichinkalari xavflidir. Volfart pashshasiga qarshi kurashish 
uchun avvalo ularning lichinkalari yaradan qisqich bilan terib tashlanadi, yara 
xloroforli suv, xlorofos eritmasi bilan yuviladi. Uy hayvonlari yarasidagi 
lichinkalar qirtishlab olib tashlanadi va yaraga lizol, volfartol, kodoform, 
kseroform, 
kreolin 
surtiladi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin