3-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi zuluklar va mollyuskalar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#167237
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
3 мавзу паразитология (1)

kontaminatsiya 
yo‘li 
bilan 
odamga 
o‘lat 
yuqishi 
mumkin. 
2. Mexanik yo‘l bilan, masalan, bemor bilan yaqin aloqada bo‘l-ganda, 
bemorning chiqindilari va hatto havo-tomchi orqali ham o‘lat kasalligi yuqishi 
mumkin. O‘lat kasalining qo‘zg‘atuvchisi uzoq vaqtgacha noaniq bo‘lgan. 1893-
1894 yillarda fransuz olimi sersen va yaponiyalik olim Kitasato (bir-birini 
bilmagan holda) o‘lat kasalining qo‘zg‘atuv-chisi chuma tayoqchasi - Pasteurella 
pestis 
ekanligini 
aniqladilar. 
1896 
yili 
Hindistonda 
ishlayotgan 
rus 


shifokori V.A. Xavkin o‘lat kasaliga qarshi zardob ishlab chiqib, uni o‘zida 
sinab ko‘radi va bu zardob yaxshi natija berishini aniqlaydi. 1897 yili M. 
Ogata va 1898 yili Zimond o‘lat kasalining tarqalishida burgalar ishtirok 
etishini tajribalar asosida isbotladilar. Rus shifokori D.K. Zabolotniy 
(1887 y.) o‘lat kasalining manbai sutemizuvchilardan kemiruvchilar turkumi 
vakillari ekanligini aniqladi. Insoniyat tarixida o‘lat kasali yer yuzidagi aholini 3 
marta juda kata ofatlarga olib kelgan. Birinchi marta 542 yili Misrda o‘lat kasali 
paydo bo‘lib, qisqa vaqt ichida Suriya, Kichik Osiyo va Konstantinopolga tarqaldi, 
4 oy davomida har kuni 10 minglab aholining yostig‘ini quritdi. Bu epidemiya 
"Yustiniana" chumasi nomi bilan tarixda qolgan. Ikkinchi marta 1334 yili 
dastlab Osiyoda yangi chuma epidemiyasi kelib chiqadi. Bu kasallik har xil 
yo‘llar (asosan savdo-sotiq karvonlari) bilan Hindiston, Kichik Osiyo, 
Konstan-tinopol, keyinchalik Arabiston orqali Afrika va O‘rta dengizga 
tarqaladi. 1348 yili Kipr orolining aholisi to‘lig‘icha qirilib ketadi. 2-3 
yil ichida bu ofat butun Yevropa qit’asiga tarqaladi, natijada Yevropa 
aholisining to‘rtdan bir qismi (25 mln. kishi) qirilib ketadi. Italiya 
aholisining yarmi halok bo‘ladi. Bu ofat tarixga "qora o‘lim" nomi bilan 
ma’lum. Uchinchi marta 1894 yili chuma Gong-Kongda boshlanib, Osiyo 
mamlakatlarining deyarli ham-masiga tarqaladi. Bu epidemiyadan aholining 
60-90% o‘lgan. Hozirgi vaqtda o‘lat kasali asosan Osiyo, Afrika va Janubiy 
Amerikaning 
tropik 
mintaqalarida 
tez-tez 
uchrab 
turadi. 
Burgalar 
faqat 
odamlar 
o‘rtasida 
yuqumli 
kasalliklarni 
tar-qatib 
qolmasdan, balki kemiruvchilar, yirtqichlar va uy hayvonlari o‘rtasida ham 
ularning qonini so‘rish orqali yuqumli kasalliklarning mikroblarini sog‘ 
hayvonlarga 
va 
odamlarga 
o‘tkazadilar. 
Bur-galardan 
saqlanishning asosiy yo‘llaridan biri sanitariya-gigiena qoidalariga rioya 
qilishdir. Molxonalar, odam turadigan joylarni toza saqlash, undagi pol va 
to‘shamalarni vaqti-vaqti bilan kar-bolning 2-5% li eritmasi bilan 
dezinfeksiya qilish, devor va pol tirqishlarini kerosinga ho‘llangan latta 
bilan yuvish lozim. Dala sharoitida kemiruvchilarga qarshi kimyoviy dorilar 
(xlorpikrin, 
piretrum) 
sepish 
kerak. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin