3-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi zuluklar va mollyuskalar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#167237
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
3 мавзу паразитология (1)

Oshqozon 
bo‘kasi 
(Gastrophilidae) 
oilasi 
vakillarining 
lichin-kalari 
asosan ot, eshak, karkidon va fillarning oshqozonida para-zitlik qiladi. 
Oshqozon 
bo‘kalarining 
30 
ga 
yaqin 
turi 
bor. 
Gastrophilis avlodiga mansub 6 ta tur bo‘ka lichinkalari O‘zbe-kistonda 
otlarda parazitlik qilib, gastrofilyoz kasalligini kel-tirib chiqaradi. Bu 
parazitlar hayvonlar oshqozonini buzadi, otlar oriqlab ketadi va ularning 
ish qobiliyati pasayadi. 
Parazit tikanboshli chuvalchanglar (Acanthocephala), zuluklar (Hirudinea) va 
mollyuskalar (Mollusca). 
Mavzu rejasi: 
1.
Tikanboshli chuvalchanglarning o‘ziga xos tuzilish belgilari. 


2.
Baliqlarda, parrandalarda va cho‘chqalarda parazitlik qiladigan 
tikanboshli chuvalchanglar va ularning biologiyasi. 
3.
Tikanboshli chuvalchanglarning rivojlanishida ishtirok etadigan oraliq 
xo‘jayinlari. 
4.
Zuluklarning ektoparazitlik qilib hayot kechirishi munosabati bilan 
ularning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari. 
5.
Zuluklarning ko‘payishi va rivojlanishi. 
6.
Zuluklar sinfining tasnifi, ayrim turlarining mahsuldor hayvonlarga 
keltiradigan zararlari. 
7.
Baliqlarda parazitlik qiladigan mollyuskalar. 
Tavsiya etilgan adabiyotlar: 1. 172-181 b.; 2. 250-259 b.; 4. 484-486 b.; 5. 183-186 
b.; 8. 269-274 b. 
Tayanch so‘zlar: akantotsefala, akantor, preakantella, parapodiyalar, selom, 
parenxima, lakunlar, substitutsiya, metanefridiy, gemofilin, girudin, gangliya, 
komissuralar, germafrodit.
Tikanboshli chuvalchanglar yoki skrebniylar (Acanthocephala) tipi vakillari 
ancha ixtisoslashgan chuvalchanglar bo‘lib, hozirgi vaqtda 500 dan ortiq turi fanga 
ma’lum. Ular baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, 
qushlar hamda sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. 
Akantotsefalalar haqidagi dastlabki ma’lumot Redi tomonidan 1684 yilda 
e’lon qilingan. Rudolfi 19 asrning boshlarida skrebniyning 50 ta turini o‘rganib, 
ularni bitta turkumga kiritadi. Leykart bu guruh parazitlarning biologiyasini 
o‘rganib, ular oraliq xo‘jayin orqali rivojlanishini aniqlaydi. 1956-1958 yillarda 
prof. V.I.Petrochenko akantotsefalalarning MDhda uchraydigan turlari, ularning 
tarqalishi, rivojlanish sikli, keltirib chiqaradigan kasalliklarini o‘rganib, "Uy va 
yovvoyi hayvonlar akantotsefalalari" nomli ikki jildlik monografiyasini yaratdi. Bu 
tipga faqat bitta sinf, ya’ni tikanboshli chuvalchanglar (Acanthocephala) sinfi 
kiradi. 
Akantotsefalalarning gavdasi ipsimon, silindrsimon, qopsimon va ovalsimon 
ko‘rinishda bo‘lib, kattaligi 1,5 mm dan 68 sm gacha (Macracanthorhynchus 
hirudinaceus) boradi. Tanasi xartum va haqiqiy tanaga bo‘linadi. Tanasining 
oldingi qismida xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan xartumi, xartum qini va 
bo‘yindan iborat, haqiqiy tana bo‘limida esa hamma qolgan ichki organlari 
joylashgan. Skrebniylarda ovqat hazm qilish organlari reduksiyalangan, shunga 
ko‘ra ular ovqatni butun tana yuzasi orqali diffuziya holda qabul qiladi. Ularning 
xartumi xo‘jayini ichagi devoriga yopishish uchun xizmat qiladi. Xartumdagi 
xitinli ilmoqlarning shakli, katta-kichikligi, soni va joylashish tartib har xil turlarda 
turlicha bo‘lib, skrebniylarning sistematikasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. 
Xartumi juda harakatchan bo‘lib, tez-tez qiniga kirib-chiqib turadi.
Akantotsefalalar ayrim jinsli, odatda urg‘ochilari yirik, xartumlari yaxshi 
rivojlangan. Jinsiy bezlari juft bo‘ladi. Urg‘ochilik jinsiy organlari tuxumdonlar, 
o‘ziga xos tuzilishdagi kompleks chiqaruvchi yo‘llar, bachadon va qindan iborat. 
Erkaklik jinsiy organlari ikkita yumaloq urug‘don, urug‘ yo‘llari, jinsiy bursa, 
qo‘shiluvchi organ (penis) va har xil bezlardan tashkil topgan. Skrebniylarning 


tuxumlari yumaloq va cho‘zinchoq shaklda bo‘ladi. Urug‘lanish asosiy xo‘jayini 
organizmida ketadi. Akantotsefalalar biogelmintlar bo‘lib, bunda umurtqali 
hayvonlar 
asosiy 
xo‘jayin, 
umurtqasiz 
hayvonlar 
(mollyuskalar, 
qisqichbaqasimonlar, hasharotlar) esa oraliq xo‘jayin hisoblanadi. Ular nihoyatda 
serpusht bo‘lib, bitta urg‘ochisi bir kecha-kunduzda 580 mingtagacha tuxum 
qo‘yishi mumkin. Rivojlanishi metamorfozli. Asosiy xo‘jayindan tashqi muhitga 
chiqqan tuxumlarda lichinkalar to‘liq shakllangan bo‘ladi. Oraliq xo‘jayinlari 
shunday tuxumlarni yutib yuborganda tuxumdan lichinka chiqadi. Bu lichinka 
akantor deyiladi. Akantorlar ichak devori orqali tana bo‘shlig‘iga o‘tib, 
rivojlanishni davom ettiradi va navbatdagi rivojlanish davriga, ya’ni preakantellaga 
aylanadi. U ham rivojlanib keyingi yuqumli (invazion) lichinkalik davr, ya’ni 
akantellani hosil qiladi. Ana shunday zararlangan oraliq xo‘jayinlarni har xil 
umurtqali hayvonlar suv va oziq bilan yeb yuborsa, akantotsefalalarni o‘zlariga 
yuqtiradi. Asosiy xo‘jayinlarda akantotsefalalar bir yildan ortiqroq yashaydi. Bu 
sinfning eng keng tarqalgan turlaridan biri cho‘chqada parazitlik qiladigan gigant 
tikanbosh - makrakantorinx (Macracanthorhynchus hirudinaceus) bo‘lib, ular uy va 
yovvoyi cho‘chqalar, burunduq, olmaxon va krotlarning ingichka ichaklarida 
parazitlik qiladi. Bu parazit bilan ba’zan odamlar, maymunlar, qoramollar va itlar 
ham zararlanishi aniqlangan. Ularning erkaklarining uzunligi 7-15 sm, 
urg‘ochilariniki esa 70 sm gacha boradi. Xartumida 36 ta ilmoqlari bor. 
Makrakantorinxning oraliq xo‘jayinlari may qo‘ng‘izi, tilla qo‘ng‘iz, shoxli 
qo‘ng‘iz va go‘ng qo‘ng‘izlarining lichinkalari, g‘umbaklari va imagolari, ya’ni 
voyaga yetganlari hisoblanadi. cho‘chqalar zararlangan qo‘ng‘izlarning 
lichinkalarini, g‘umbak va imago davrlaridagilarini yeb parazitni o‘zlariga 
yuqtiradi. Asosiy xo‘jayini ovqat hazm qilish organida hasharotlar hazm bo‘ladi, 
lichinkalar esa ingichka ichakda xartumini qinidan chiqarib ilmoqlari bilan ichak 
shilliq pardasiga yopishib olib rivojlanadi va jinsiy voyaga yetadi. Invazion 
lichinkaning asosiy xo‘jayin organizmiga tushib to voyaga yetguncha 70-100 kun 
vaqt o‘tadi. 
Tikanboshli chuvalchanglardan ayrim turlari, masalan, Pomphorhynchus 
laevis chuchuk suv baliqlarida, shu jumladan, mo‘ylovdor baliqlar ichagida 
parazitlik qilib, ichak devorini yaralaydi va ko‘plab baliqlar qirilib ketadi. Ayrim 
hollarda mo‘ylovdor baliqlar ichagida parazitlarning miqdori 300 tagacha yetishi 
mumkin. Baliqlarda parazitlik qiluvchi tikanboshlilarning oraliq xo‘jayinlari 
asosan mayda qisqichbaqasimonlar - Gammarus pulex hisoblanadi.
Tikanboshli chuvalchanglardan Polymorphus va Filicolis urug‘larining 
vakillari o‘rdak, g‘oz va boshqa suv qushlarining ichagida parazitlik qilib, ularga 
katta ziyon yetkazadi. 
o‘rdaklarda polimorfuslardan - Polymorphus magnus va Polymorphus 
minutus turlari parazitlik qiladi. Birinchi turi asosan o‘rdaklarning ingichka 
ichagida, ikkinchisi esa yo‘g‘on ichagida parazitlik qiladi. Ularning tanasi 
urchuqsimon, uzunligi 9,2-14,7 mm atrofida. Oraliq xo‘jayinlari yonlab suzar 
qisqichbaqasimonlardan - Gammarus lacustris va Gammarus pulex hisoblanadi.
Filikollis urug‘idan (Filicollis anatus) o‘rdak, g‘oz va boshqa suv hamda 
botqoqliklarda yashovchi qushlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. 


Parazitning 
uzunligi 
6-25 
mm 
atrofida 
bo‘ladi. 
Oraliq 
xo‘jayini 
qisqichbaqasimonlardan suv xo‘tigi (Asellus aquoticus) hisoblanadi. 
Makrakantorinxlar keltirib chiqaradigan kasallik makrakantorinxoz deb 
atalib, MDh mamlakatlarining ayrim mintaqalarida 10 oydan oshgan cho‘chqalar 
ko‘proq kasallanadi. Ayrim vaqtlarda may qo‘ng‘izlari lichinkalari va g‘umbaklari 
skrebniylarning lichinkalari bilan 60 %gacha zararlanadi va har bir hasharotda 130 
tagacha (yuqumli lichinka) akantella bo‘ladi. Bu kasallik bilan og‘rigan 
cho‘chqalarning ishtahasi bo‘lmaydi, qon aralash ichi ketadi, juda ham oriqlaydi. 
Ko‘pincha, kasallangan cho‘chqalar o‘ladi.
Skrebniylar ayrim organlarining tuzilish bilan to‘garak chuvalchanglarga 
o‘xshaydi. Masalan, ularning tana shakli, tana bo‘shlig‘i, muskul hujayralarining 
tuzilishi nematodalarnikiga o‘xshaydi. Shuning bilan bir qatorda ularda kutikulali 
tikanlar bilan xartumining qoplanganligi, ovqat hazm qilish organlarining 
reduksiyalanganligi va boshqa belgilari yassi chuvalchanglarga o‘xshashadi.
Xalqali chuvalchanglar (Annelides) tipi, zuluklar (Hirudinea) sinfiga 400 ga 
yaqin tur kiradi. Ular asosan chuchuk suvlarda, bir qismi esa dengizlarda yashaydi. 
Umurtqali hayvonlar sirtida vaqtincha parazitlik qilib yoki yirtqichlarcha hayot 
kechiradi. Ular asosan qon so‘rib yoki mayda hayvonlar bilan ovqatlanadi. 
Ayrimlari quruklikda yashashga ham moslashgan. Masalan, tropik nam 
o‘rmonlarda, quruklikda - Avstraliya, Janubiy Osiyo, ßponiya va boshqa janubiy 
mamlakatlarda 3-5 smli qonxo‘r jag‘li zuluklar daraxtga yopishgan holda hayvon 
va odam o‘tishini poylaydi va ko‘pincha tashlanib, azob beradi. 
Zuluklar juda ham harakatchan, suv ostida o‘rmalab yoki suvda suzib 
yashaydi. Ularning tanasi yelka qorin tomonga yassilanganligi bilan boshqa xalqali 
chuvalchanglardan farq qiladi. Tanasining oldingi uchida muskulli so‘rg‘ichi 
bo‘lib, uning o‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan. Gavdasining keyingi uchida esa 
juda yaxshi rivojlangan orqa so‘rg‘ichi joylashgan. Orqa so‘rg‘ichining yelka 
tomonida anal teshigi bor. Zuluklar boshqa xalqali chuvalchanglardan ana shu 
so‘rg‘ichlarining bo‘lishi, ularda parapodiyalar, jabralar va boshqa qillarining 
bo‘lmasligi bilan (qillar faqat primitiv turlaridan - qildor zuluklardagina saqlangan) 
keskin farq qiladi. Bundan tashqari zuluklar gavdasining sirtqi xalqalari ichki 
xalqalariga to‘g‘ri kelmaydi, ya’ni sirtqi segmentlari bilan ichki segmentlarining 
mosligi buzilgan. Zuluklarning turli vakillarida har qaysi haqiqiy ichki segmentiga 
3 tadan 5 tagacha tashqi segmentlar to‘g‘ri keladi (tibbiyot zulugida 5 ta tashqi 
segment to‘g‘ri keladi). Zuluklarning sirtqi xalqalanishi, tashqi muhitga moslashish 
xususiyatlaridan bo‘lib, bu qalinlashib ketgan teri-muskul qopchig‘ining 
egiluvchanligini ta’minlaydi. Zuluklar tanasining uzunligi 1 smdan 30 smgacha 
boradi. Laboratoriya sharoitida 1,5 yil davomida 44 smga yetadigan zuluk 
o‘stirilgan. Zuluklar harakatlanganida oldin orqa so‘rg‘ichi bilan biror narsaga 
yopishib olib gavdasini oldinga cho‘zadi, shunda oldingi og‘iz so‘rg‘ichi bilan 
boshqa narsaga yopishib oladi. Bu vaqtda orqa so‘rg‘ichi narsadan ajraladi va 
gavda bosh tomonga qarab tortilib ilmoq kabi egiladi. Shu tariqa ular qadamlab 
harakat qiladi. Ular suzganda butun gavdasi bilan to‘lqinsimon harakat qiladi, 
bunda zuluk tanasining orqa va qorin tomonlari bukiladi.


Zuluklarning haqiqiy ichki segmentlari doimiy bo‘lib, ularning soni 33 ta 
bo‘ladi (qildor zuluklar turkumi vakillarida segmentlar soni 30 ta). Bunda 
gavdasining oldingi 4 ta segmenti og‘iz so‘rg‘ichini tashkil qiladi, 22 ta segmenti 
gavda bo‘limini va 7 ta oxirgi segmentlari qo‘shilib orqa so‘rg‘ichini hosil qiladi. 
Zuluklar turli usulda ovqatlanishi munosabati bilan ularning ovqat hazm 
qilish sistemasi bir qator xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Zuluklarning 
oldingi so‘rg‘ichi tubida ularning og‘zi joylashgan. Og‘izdan so‘ng ovqat hazm 
qilish organining oldingi bo‘limi boshlanadi. Bu bo‘lim ektoderma bilan qoplangan 
bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i, muskulli tomoq va kalta qizilo‘ngachdan iborat.
Xartumli va jag‘li zuluklarning og‘iz bo‘shlig‘i va tomog‘i har xil tuzilgan. 
Masalan, xartumli va jag‘li zuluklarning og‘iz bo‘shlig‘i orqa tomonga qarab 
o‘sgan va xuddi qinga o‘xshab tomoqni o‘rab, sermuskul tomoq xartumchasiga 
aylanadi. Bu xartumchalar alohida muskullar vositasida tashqariga chiqarilishi va 
ichkariga tortilishi mumkin. Bunday zuluklar xartumlari bilan turli hayvonlarning, 
masalan, mollyuskalarning yupqa terisini teshib, ichiga kiritib, oziqni so‘rib 
ovqatlanadi. 
Jag‘li zuluklarning (tibbiyot zulugi) og‘iz bo‘shlig‘ida esa uchta bo‘ylama 
muskulli valiklari bor. Bu valiklarning qirralari bir-biriga qaragan bo‘lib, jag‘ hosil 
qiladi. Qattiq xitinlashgan va muskulli jag‘larning ustki tomonida o‘tkir - 
arrasimon tishchalar bor. Zuluklar ana shu jag‘lari bilan odam va hayvonlarning 
terisini jarohatlaydi. Tibbiyot zulugi shu xilda qon so‘rib ovqatlanadi. 
Zuluklarning tomog‘iga ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘ining chekkasidan bir juft 
bez ochilgan. Bu bezlar ishlab chiqargan modda (so‘lak) gemofilin yoki girudin 
deyiladi. Girudin moddasi odam qoniga ta’sir etib, uni ivib qolishdan saqlaydi. Shu 
sababli tibbiyot zulugidan tibbiyotda foydalaniladi.
Tomoqdan so‘ng kalta va ingichka qizilo‘ngach keladi va u o‘rta ichakka 
ochiladi. Qizilo‘ngachdan kelgan oziq ichakning endodermik o‘rta bo‘limiga 
tushadi. o‘rta bo‘limga jig‘ildon (ko‘pincha o‘rta ichak deb ham ataladi), oshqozon 
va keyingi ichak kiradi. 
Qon so‘ruvchi zuluklarning jig‘ildoni juda rivojlangan bo‘lib, u tarmoqlanib 
yonbosh juft o‘simtalar hosil qiladi. Masalan, tibbiyot zulugi o‘rta ichagida 10-11 
juft yonbosh o‘simtalari bo‘lib, bu o‘simtalarning oxirgi bir jufti yaxshi 
rivojlangan va u ikki yonga joylashgan holda gavdaning keyingi uchigacha 
cho‘ziladi. Oshqozonning (o‘rta ichakning) bu o‘simtalarida zahira qon ivimagan 
holda uzoq vaqt saqalanadi va ichakning pastki bo‘limlariga tushib turadi hamda 
hazm bo‘ladi. Zuluklarda asosan oziq (qon) keyingi ichakda hazm bo‘ladi va 
so‘riladi. Keyingni ichak dum tomonida joylashgan va ektodermadan hosil bo‘lgan 
kalta to‘g‘ri ichakka qo‘shiladi va anal teshik bilan keyingi so‘rg‘ichning tepasida 
ochiladi. 
Zuluklar jinsiy usulda ko‘payadi. Ular germafrodit bo‘lib, jinsiy organlari 
gavdaning 10-12 segmentlarida joylashgan. Zuluklarda ham pilla chiqaruvchi 
belbog‘lik bo‘limi bo‘lib, bu bo‘lim joylashish holati jihatidan jinsiy bo‘g‘imlariga 
to‘g‘ri kelishi bilan kam qilli xalqali chuvalchanglardan farq qiladi. Zuluklarda 
belbog‘lik bo‘limi ko‘payishi paytida sezilarli darajada kattalashadi. Ularning
urug‘lanishi ichki va almashinib urchiydi. 


Zuluklarning erkaklik jinsiy organlari, ya’ni urug‘donlari 4 juftdan 12 
juftgacha bo‘ladi. Tibbiyot zulugida 9 juft urug‘don bo‘ladi va ular o‘zaro 
qo‘shilib ikkita urug‘ yo‘lini hosil qiladigan urug‘ chiqarish kanalchalarini tashkil 
etadi. Erkaklik jinsiy teshigi 10-segmentda joylashgan. 
Zuluklarning urg‘ochilik jinsiy apparati bachadon bilan qinni ulaydigan bir 
juft tuxumdon va tuxum yo‘lidan iborat. Urg‘ochilik jinsiy teshik 11-segmentda 
joylashgan. Urug‘langan tuxumlar belbog‘dan ajralib chiqadigan pillaga qo‘yiladi. 
Bitta pillada 5 tadan 15 tagacha ba’zan esa 30 tagacha tuxum bo‘ladi. Zuluklar 
pillasini suv o‘simliklariga biriktiradi yoki havzalarning tubiga qo‘yadi. Ayrim 
zuluklar pillasini qorin tomoniga yopishtirib olib yuradi. Pillaning kattaligi ham 
har xil zuluklarda turlicha. Tibbiyot zulugi pillasining uzunligi 2 smgacha boradi. 
Tuxumdan chiqqan lichinkalar to zulukka aylanguncha pilla ichida qoladi. 
Lichinkalarning kiprikcha va protonefridiylari bo‘ladi va bu lichinkalar pilla ichida 
zulukchaga aylanadi, so‘ngra pilladan suvga chiqadi. Zuluklar 2-3 yilda voyaga 
yetadi va ular 15-20 yil umr ko‘radi. 
Zuluklar sinfi 2 ta kenja sinfga bo‘linadi. 1. Qadimgi zuluklar 
(Archihirudinea) kenja sinfi. 2. haqiqiy zuluklar (Euchirudinea) kenja sinfi. 
Qadimgi zuluklar kenja sinfiga qildor zuluklar (Acanthobdella) turkumi 
kiradi.
Qildor zuluklar turkumiga faqat 2 ta tur kirib, ular lasos baliqlarida parazitlik 
qiladi. Tana uzunligi 3 smgacha boradigan bu zuluklarda oz qilli xalqali 
chuvalchanglarga xos tashqi belgilari, jumladan bosh tomonidan 2-segmentdan 6-
segmentgacha har bir segmentida 4 juftdan yirik qilchalari bo‘ladi. Ularning 
gavdasi 30 ta segmentdan tashkil topgan. Tanasining oldingi uchida og‘iz 
so‘rg‘ichi yo‘q, faqat dum tomonida kichik so‘rg‘ichi bo‘ladi.
Qildor zuluklarning asosiy vakili Acanthobdella peledina asosan lasossimon 
baliqlarning suzgichlariga yopishib, ularning tana suyuqligi qonini so‘rib 
ovqatlanadi. Ularning bosh qismida joylashgan qillari baliq tanasiga yopishishga 
xizmat qiladi. 
Qildor zuluklarni rus zoologi N.A.Livanov har tomonlama o‘rgangan. Bu 
olimning ko‘rsatishicha, qildor zuluklarning ichki organlarida ham oz qilli 
xalqalilar va zuluklarning xususiyatlari saqlangan, ya’ni bularda ham ikkilamchi 
tana bo‘shlig‘i mavjud. 
Qildor zuluklar Osiyo va Yevropaning shimoliy qismida, ayrim daryo va 
katta ko‘l havzalarida tarqalgan. Ular baliqlarda bahorning oxiri va yoz oylarining 
boshida paydo bo‘la boshlaydi. Bu vaqtda ularning har birining og‘irligi 5-10 mg 
atrofida bo‘ladi. Kuz oxiriga kelib ular voyaga yetadi va og‘irligi 200 mg atrofida 
bo‘ladi hamda o‘z xo‘jayinlarini tashlab ko‘paya boshlaydi. Acanthobdella 
peledina shimoliy o‘lkalarda va Sibir ko‘llarida, Acanthobdella ivanovi esa 
Kamchatka ko‘llarida baliqlarda parazitlik qiladi.
haqiqiy zuluklar kenja sinfi o‘z navbatida 2 ta turkumga bo‘linadi.
1. 
Xartumli 
zuluklar 
(Rhynchobdelida) 
turkumiga 
kiruvchilarida 
xartumchaga aylangan tomog‘i bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu zuluklar turli 
hayvonlarga, ayniqsa, baliqlarga, qushlarga xartumi bilan yopishib, ulardan qon 
yoki tana suyuqligini so‘rib, ektoparazitlik bilan hayot kechiradi. 


Odatdagi baliq zulugi - Piscicola geometra deyarli har doim baliqlarda 
parazitlik qiladi. Bizning havzalarimizda ko‘pincha chig‘anoqli zuluk - klepsina 
(Glossosiphonia complanata) uchraydi. Odatda, ularning uzunligi 3 sm atrofida 
bo‘lib, 
chuchuk suv mollyuskalarining har xil turlarini (shilliqlarni, 
g‘altaksimonlarni va boshqa shilliqqurtlarni) tutib yeydi. chig‘anoqli zuluklarda 
nasl uchun qayg‘urish kuchli rivojlangan. Ular pillalarini gavdasining qorin 
tomoniga yopishtirib oladi va bu vaqtda ona zuluk kam harakat qiladi. U biron 
o‘simlikka so‘rg‘ichlari bilan yopishib, gavdasini tebrantirib turadi. Pilladan yosh 
zulukchalar chiqqanda ham ona zuluk o‘z holatini o‘zgartirmaydi. Odatda yosh 
zulukchalar o‘z so‘rg‘ichi bilan onasining qorin tomoniga yopishganicha bir necha 
kun qoladi va so‘ngra onasidan ajralib, mustaqil hayot kechirishga o‘tadi. Ayrim 
xartumli zuluklarda haqiqiy jabrasi bo‘ladi.
Xartumli zuluklarning ayrim turlari qushlarda parazitlik qiladi. 5 smgacha 
keladigan bu zuluklar suvda suzuvchi qushlarning og‘iz bo‘shlig‘i va nafas 
yo‘llariga yopishib, qon so‘rib yashaydi. Ayrim havzalarda ular g‘oz, o‘rdak va 
boshqa xonaki qushlarda parazitlik qilib, parrandachilik xo‘jaligiga katta zarar 
yetkazadi.
Ba’zi xartumli zuluklar toshbaqa, krab va hatto odamlarda ham parazitlik 
qiladi. Xartumli zuluklar 3 tadan 5 tagacha pilla qo‘yishi mumkin. Bitta zuluk 65 
tadan 611 tagacha tuxum qo‘yadi.
2. Jag‘li zuluklar (Gnathobdella) turkumiga kiruvchilarning ko‘pchiligida 
og‘iz bo‘shlig‘ida jag‘ apparati bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu turkumga kiruvchi 
zuluklarda 5 juft ko‘z va qo‘shilish organi bor. Ular asosan qon so‘rib, ba’zida esa 
mayda umurtqasizlar bilan ovqatlanadi. Yirtqich turlarida jag‘lari kichrayib ketgan. 
Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) jag‘li zuluklar turkumining eng muhim 
vakilidir. Uning og‘iz bo‘shlig‘ida 3 ta jag‘i bo‘lib, har bir jag‘ida 100 ga yaqin 
xitinli tishlari bo‘ladi. 25-30 smgacha uzunlikdagi tibbiyot zuluklari MDhning 
janubida, ya’ni Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, Kavkaz, Moldaviya va Janubiy 
Ukrainaning turli suv havzalarida ko‘plab uchraydi. Tibbiyot zulugi har xil 
umurtqali hayvonlarning qoni bilan ovqatlanadi. Lekin ularning asosiy ozuqa 
manbai bu baqalar va sutemizuvchilardan qoramollar hisoblanadi. Tabiatda 
tibbiyot zulugi uchinchi yili jinsiy voyaga yetadi va bir yilda bir marta yoz oylarida 
pilla qo‘yadi. Laboratoriya sharoitida esa jinsiy voyaga yetgan zuluklarni 12-18 oy 
ichida o‘stirish mumkin va yilning turli fasllarida har 6-8 oy ichida pilla qo‘yishi 
mumkin. Tibbiyot zulugining pillasida 15 tadan 30 tagacha tuxum bo‘ladi. Bitta 
tibbiyot zulugi 10 sm
3
qon so‘rishi va shundan so‘ng 1,5-2 yil ovqatlanmay 
yashashi mumkin. XIX asr oxirlarigacha tibbiyot zulugi xalq tabobatida turli 
kasalliklarga, ya’ni ko‘zning ichki bosimi ortib ketishiga aloqador ko‘z 
kasalliklariga (glaukoma) davo qilishda, miyaga qon quyilganida, gipertoniyada, 
yomon yaralar chiqqanida ko‘p qo‘llanilgan. Masalan, 1940 yillarda Fransiyada 
yiliga 25 mln. dona tibbiyot zulugidan tabobatda foydalanishgan. hozirgi paytda 
ham tibbiyot zulugidan tabobatda ayrim kasalliklarga qarshi, ya’ni qon bosimini 
pasaytirish maqsadida keng qo‘llaniladi. Shuning uchun ham tibbiyot zulugini 
faqat tabiiy suv havzalaridangina ushlash bilan qanoatlanmasdan, balki alohida 
pitomniklarda ham ko‘paytirilmoqda. 


Jag‘li zuluklarga tibbiyot zulugidan tashqari soxta ot zulugi (Haemopis 
sanguisuga) ham kiradi. Uning jag‘lari kuchsiz rivojlangan. Soxta ot zulugi odam 
va sutemizuvchilarning terisini tishlay olmaydi. Ular yirtqichlik bilan hayot 
kechirib, asosan chuvalchanglar, mollyuskalar, itbaliqlar bilan ovqatlanadi. Bu tur 
zuluklar o‘z pillalarini qirg‘oqqa, suv betidan yuqoriroqqa ko‘mib qo‘yadi. 
Markaziy Osiyoning tog‘li hududlaridagi tiniq suvli ko‘l va soylarda uchraydi. 
Jag‘li zuluklarga Nil zulugi yoki ot zulugi (Limnatis nilotica) ham kiradi. Bu 
zararli zuluk Afrikada, Sharqiy Janubiy Yevropada, Markaziy Osiyo va Kavkazda 
ko‘p tarqalgan. Shu avlod zuluklardan Limnatis turkestanica degan turi Markaziy 
Osiyoda (Ashxobod, Samarqand va Toshkent atrofida) uchraydi. Bu zuluklar ot 
yoki mollar suv ichayotgan vaqtida ularning og‘iz bo‘shlig‘i yoki xalqumiga o‘tib, 
yopishib qon so‘radi va hayvonlarga katta zarar yetkazadi. Kuzatishlardan ma’lum 
bo‘lishicha Markaziy Osiyoda 30 %gacha chorva mollari ushbu zuluklar bilan 
zararlanadi.
Odam hovuzdan cho‘kkalab suv ichganida ba’zan suv bilan odamning 
xalqumiga yoki qizilo‘ngachiga ot zulugi o‘tib yopishadi va qon so‘radi. Ular 
girudin moddasi ishlab chiqarib, uzoq muddat qon oqib turishiga sababchi bo‘ladi. 
Umuman, bu zuluklar odamninig burun bo‘shlig‘ida, traxeyasida ham parazitlik 
qilganligi fanga ma’lum. Ularning ayniqsa traxeyaga kirib qolishi xavflidir. 
Zuluklar qon so‘rgan sayin shishib kattalasha boradi va odamning bo‘g‘ilib 
qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday paytda zuluklar jarrohlik yo‘li bilan olib 
tashlanadi yoki 10 %li osh tuzining kuchli eritmasiga tomoqni chayqash yo‘li bilan 
tushiriladi. Ot zulugining jag‘lari juda kichkina, rangi sarg‘ish, och zangori tusda, 
ikki yon tomonida sarg‘ish-qizil yo‘li bor, dum so‘rg‘ichi juda katta. 
Jag‘li zuluklar turkumiga yana tropik nam o‘rmonlarda, quruqlikda 
yashovchi qonxo‘r jag‘li zuluk - Haemodipsa ceylonica ham kiradi. Ular ayniqsa, 
Avstraliya, Janubiy Osiyo, ßponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda keng 
tarqalgan. 3-4 smli bu zuluklar daraxtga yopishgan holda odam va hayvon o‘tishini 
poylaydi va ko‘pincha ularga tashlanib qonini so‘rib azob beradi. 
Mollyuskalar (Mollusca) tipiga 130 mingdan ortiќ tur kirib, 7 ta sinfga 
bo‘linadi. Mollyuskalar orasida ћam ayrim turlari parazitlik ќilib ћayot kechiradi. 
Ular asosan ikki pallali (Bivalvia) va ќorinoyoќlilar (Gastropoda) sinflari ichida 
uchraydi. 
Ќorinoyoќlilar sinfining ayrim vakillari ћar xil parazit chuvalchanglarning
birinchi navbatda so‘rѓichlilar sinfi vakillarining oraliќ xo‘jayinlari ћisoblanadi. 
Shuningdek, ayrim tur tasmasimon chuvalchanglar va nematodalarning rivojlanish 
siklida ћam ќorinoyoќli mollyuskalar vakillari ќatnashadi. 
Ikki pallali mollyuskalardan chuchuk suv marvariddorlari (Margaritifera) va 
tishsizlarning (Anodonta) lichinkalari baliќlarda parazitlik ќilib yashaydi. 
Tishsizlar ayrim jinsli bo‘lib, tashќi ko‘rinishidan erkagi urѓochisidan farќ 
ќilmaydi. Urѓochi tishsiz yetilgan tuxumlarini jabra varaќchalari oraliѓiga ќo‘yadi. 
Erkaklarining spermatozoidlari esa suvga chiќariladi va kirish sifonlari orќali 
urѓochisining tanasiga kiradi. Tuxum jabra yaproќchalari orasida uruѓlanib, bir 
necha kundan keyin ulardan gloxidiy deb ataluvchi lichinka chiќadi. Lichinkaning 
ikki pallali chiѓanoќlarini ќirralari tishchali bo‘ladi. Bunday lichinkalar erta 


baћorda ona organizmidan suvga chiќadi va biroz ћarakatlanib, keyin 
chiѓanoќlarini tishchalari va yopishќoќ bissus ipchalari yordamida turli 
baliќlarning jabrasiga va suzgich ќanotlariga ilashib, parazit ћolda ћayot kechira 
boshlaydi. Natijada zararlangan baliќlar tanasida shishlar paydo bo‘ladi. Terisining 
ostida gloxidiylar bir-ikki oy davomida parazitlik ќilib rivojlanadi va asta-sekin 
kichik baќachanoќќa aylanadi. Keyinchalik baliќning terisini yorib, suv tubiga 
cho‘kib mustaќil ћayot kechiradi. Gloxidiylar ayniќsa baliќlarning jabra 
to‘ќimalarida parazitlik ќilib, ularning nafas olishini ќiyinlashtiradi va natijada 
ko‘plab baliќlar nobud bo‘ladi. 
Ќorinoyoќli mollyuskalar ichida ћam ayrim turlari ninaterililar tipi 
vakillarida parazitlik ќiladi. Ќorinoyoќli mollyuskalar sinfi ichida parazitlari 
asosan oldjabrali ќorinoyoќli mollyuskalar kenja sinfi vakillari ћisoblanadi. 
Topshiriqlar: 1.Tikanboshli chuvalchanglar ustida qaysi olimlar tadqiqot 
ishlarini 
olib 
borishgan? 
2.Tikanboshli 
chuvalchanglar 
boshqa 
parazit 
chuvalchanglardan qaysi belgilariga qarab farqlanadi? 3.Baliqlarda, parrandalarda 
va cho‘chqalarda parazitlik qiladigan tikanboshli chuvalchanglar va ular 
qo‘zg‘atadigan kasalliklarni bayon eting? 4.Tikanboshli chuvalchanglarning oraliq 
xo‘jayinlarini sanab o‘ting? 5.Zuluklarning o‘ziga xos tuzilish belgilarini 
tushuntiring. 6.Zuluklar kimlarda parazitlik qiladi va qanday ziyon yetkazadi? 
7.Zuluklar qon so‘rishga qanday moslashgan? 8. Baliqlarda parazitlik qiladigan 
mollyuskalarning o‘ziga xos belgilarini ko‘rsating? 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin