panjalarining uchida joylashgan. Bir yilda pashshaning 10-12
avlodi
rivojlanadi.
Uy pashshasi ekologik jihatdan odamlar turadigan joy bilan yaqindan
bog‘liq. Pashsha yotoqxona, oshxona, axlatxona va hojatxona-larda,
shuningdek
transportda uchraydi. Ular bir qancha kasallik-larning qo‘zg‘atuvchilarini
mexanik ravishda bir joydan ikkinchi joyga olib borib tarqatadi. Uy
pashshalari iflosliklar orqali ichburug‘, qorin terlamasi (tifi), o‘pka sili,
vabo, bo‘g‘ma, kuydirgi, kon’yuktivit (ko‘z kasalliklari) va poliomielit kabi
virus, bakte-riya va boshqa kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini, har xil
yiringli
kasalliklar mikroblarini, bir hujayrali parazitlarning sistalarini va parazit
chuvalchanglarning
tuxumlarini
odamlarga
yuqti-rishi
mumkinligi aniqlangan. Akademik Ye.N. Pavlovskiyning ma’lumotiga ko‘ra
pashshalar
63
turdan
ortiq
zararli
mikroorganizmlarni
tarqata
oladi.
Asl pashshalar orasida bir qancha turlari o‘simlik to‘qimalari bilan ham
oziqlanadi.
Dostları ilə paylaş: