3-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi zuluklar va mollyuskalar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#167237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
3 мавзу паразитология (1)

ОDAM VA HAYVONLARDA
PARAZITLIK QILUVChI HAShAROTLAR 
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlarning umumiy tasnifi.
Parxo‘rlar, bitlar, qandalalar, burgalar va ikki qanotlilar turkumlari vakillarining
tuzilishi, 
ko‘payishi, 
zarari 
va 
ularga 
qarshi 
kurash 
choralari
.
HAShAROTLAR 
(INSECTA) 
sinfi 
vakillari 
yer 
yuzida juda keng 
tarqalgan bo‘lib, xilma-xil tabiiy sharoitlarda hayot kechi-rishga moslashgan. 
Hasharotlar sinfi traxeya bilan nafas oluvchilar (Tracheata) kenja tipi, 
bo‘g‘imoyoqlilar 
(Arthropoda) 
tipiga 
kiradi. 
Hasharotlar sinfiga 1,5 mln. dan ortiq tur kiradi. Hasharot-lar orasida 
odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hamda turli kasalliklar tarqatuvchi 
turlari 
ham 
ko‘plab 
uchraydi. 
Hasharotlar 
orasida 
ayniqsa 
bitlar, 
burgalar, 
ko‘pchilik 
ikki 
qanotlilar, qandalalar, parxo‘rlar turkumlari vakillari odam va mahsuldor 
hayvonlarda parazitlik qilib, har xil xavfli kasal-liklarni qo‘zg‘atadi va 
tarqatadi. 
quyida 
ana 
shunday 
hasharotlar 
to‘g‘risida 
ma’lumotlar 
keltiriladi. 
Parxo‘rlar 
(Mallophaga) 
turkumi 
vakillari 
qanotsiz 
bo‘lib, 
qushlarning 
va 
qisman 
sutemizuvchilarning 
parazitlari 
hisoblana-di. 
Parxo‘rlarning tanasi bir oz yassilashgan, ko‘zlari o‘z navbatida reduksiyaga 
uchragan. Og‘iz apparati kemiruvchi tipda, parazitlik hayotiga maxsus 
moslashgan. Oyoq panjalari 1-2 bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, bitta yoki ikkita 
“tirnoqcha” bilan tugallanadi. Parxo‘rlar o‘zlarining tuzilishi bilan bir 
tomondan pichanxo‘rlarga o‘xshasa, ikkinchi tomondan bitlarga o‘xshab ketadi. 
Parxo‘rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida yoki terida parazitlik 
qilib hayot kechiradi. Ularning ayrim turlari hatto yirik qushlarning og‘iz 
bo‘shlig‘ida uchrab, ularning endoparazitla-riga aylangan. Parxo‘rlar soch, tuk, 
jun, pat va parlar orasida erkin harakat qilish qobiliyatiga ega. Tuxumlari 
qopqoqchali bo‘lib, pat-larga, sochlarga, junlarga yopishtirib qo‘yiladi. Bunday 
119 
tuxumlardan tez muddat ichida lichinkalar paydo bo‘ladi. Lichinkalar o‘z 
tuzili-shiga ko‘ra voyaga yetganlariga o‘xshab ketadi, faqat o‘lchamlari va teri 
pigmentlari bilan farq qiladi. Parxo‘rlarning umumiy rivojla-nishi 3-4 
haftani o‘z ichiga oladi. Ular asosan teri epidermisi, patning ayrim 
qismlari, teridan ajraladigan mahsulotlar hiso-biga, shuningdek, yaralardan 
ajraladigan 
moddalar 
hisobiga 
oziq-lanadi. 
Ular o‘zlari yashayotgan 
organizmni 
juda 
ham 
bezovta 
qiladi, 
buning 
evaziga 
hayvonlarning 
mahsuldorligi 
kamayadi. 
It va mushuklarning junxo‘rlari jun ostida yashab, parazitlik qilish 
bilan birga, ba’zan ayrim tur parazit chuvalchanglarning tuxumlarini ham 
tarqatadi. 


Parxo‘rlarning 2600 ga yaqin turi ma’lum, shulardan 300 ga yaqin turi 
sutemizuvchilarda, 
qolganlari 
esa 
qushlarda 
parazitlik 
qiladi. 
Ulardan 
taxminan 400 ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan. 
Parxo‘rlar turkumi o‘z navbatida 2 ta kenja turkumga va bir nechta oilaga 
bo‘linadi. Haqiqiy parxo‘rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo‘rini misol 
qilib olish mumkin. Pat va junxo‘rlar ken-ja turkumiga esa tovuqlarning 
bosh parxo‘ri va kaptar parxo‘rini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, ularga 
kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o‘rdak parxo‘ri, it, mushuk va boshqa 
sutemizuvchilarda 
uchray-digan 
junxo‘rlarni 
ham 
ko‘rsatish 
mumkin. 
Kimyoviy preparatlardan foydalanib parxo‘rlarga qarshi kurash olib boriladi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin